Fizikadan masalalar ishlash


Masalalarni yechishda eksperiment


Download 171.62 Kb.
bet3/5
Sana27.03.2023
Hajmi171.62 Kb.
#1299279
1   2   3   4   5
Bog'liq
АХРОРГА

Masalalarni yechishda eksperiment ikki xil ma'noda ishlatiladi. Birinchisi, berilgan masalalarning javobini topish uchun, albatta, eksperiment o'tkazish kerak. Ikkinchisi, masalada berilgan bog'lanishlarni aniqlash uchun yoki berilgan kattalikning son qiymatini topish uchun eksperiment o'tkaziladi. Kerakli natijani olish uchun esa, zarur matematik hisoblash qo`llaniladi.
Masala: Qiya tekislik ustiga qo’yilgan brusokning dinamometr yordamida qiya tekislik bo’ylab harakati davomidagi FIK ni aniqlang.



1-rasm.


ISHNI BAJARISH TARTIBI

1. Qurilmani1-rasmdagidek o’rnating.


2.Yukning brusok bilan birgalikdagi og’irligi P ni dinamometr yordamida o’lchang.
3. Rasmda ko’rsatilgandek dinamometr yordamida brusokni tekis harakatga keltiring. Shu holatda dinamometr ko’rsatishini yozib oling.
4. ŋ= 100
formula yordamida FIK ni aniqlang.





h, sm

L, sm

P, N

F, N

η

1
















2
















3


















Grafik usulda berilgan masalalar ham ikki turga bo`linadi. Birinchi turida masala grafik ko’rinishda beriladi. Uni tahlil qilish va kerakli amallarni bajarish orqali javobi topiladi. Ikkinchi turida, odatdagiday sharti berilgan masala chiqariladi, javobi esa ikki kattalikning bog'lanishini ifodalovchi funksional grafik tuzish orqali topiladi.
Masala: Grafikda shtrixlab ko’rsatilgan yuza son jihatdan qanday fizik kattalikka teng bo’ladi?






A) bikrlik
B) mexanik ish
C) quvvat
D) massa



Masala: Yengil avtomobil egrilik radiusi 70 m bo’lgan qavariq ko’prikdan o’tmoqda. Ko’prik o’rtasida avtomobil tezligi qancha bo’lganda, haydovchining og’irligi ikki marta kamayadi?

Berilgan:
R=70 m
P=mg/2
υ=?








Yechish: qavariq ko’prik ustidagi harakat aylananing bir qismi bo’ylab qilingan harakatdir. Bunda avtomobil moduli markazga intilma tezlanishning qiymatiga teng bo’lgan tezlanish bilan harakat qiladi: .
Avtomobil ko’prikning eng yuqori nuqtasida bo’lgan paytda bu tezlanish vertikal bo’ylab pastga yo’naladi. Shuning uchun bu nuqtada haydovchining og’irligi quyidagiga teng bo’ladi:
.
Masala shartiga ko’ra . Bundan avtomobilning tezligi

Javob: 18,5 m/s .
Ayrim hollarda masalaning shartida son qiymatlar yetarlicha berilmay qolgan bo’ladi. Bularga berilishi to'la bo’lmagan masalalar deyiladi. Yetishmaagan son qiymatlari jadvallardan, qo'llanmalardan yoki boshqa manbalardan olinadi. Bunday masallarga talabalar hayotda juda ko'p duch kelishadi. Shuning uchun bunday masalalarni ishlash, ular uchun juda foydalidir.

Download 171.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling