Fizikadan masalalar to’plami (O. Ya. Savchenko) dinamika
Download 61.8 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqO.Ya.Savchenko (Impuls . Massa markazi) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kinematika va Dinamika
- @IPhO_Uzbekistan Tarjimon va muharrir : Lutfulloyev Shukurullo Olimpiadachilar uchun kanallar : @UzbPhysics_Team va @UzbPhysicist
FIZIKADAN MASALALAR TO’PLAMI (O.Ya.Savchenko) DINAMIKA Assalomu alaykum . Ushbu qiziqarli va murakkab masalalar to’plamining to’liq tarjimasi yo’q bo’lganligi uchun shu kitobni to’liq tarjima qilishga kirishdik. Kinematika va Dinamika bo’limini ancha qismini Jumaniyazov Temur va Rustam Sayfinov fiziklar tomonidan tarjima qilingan.Foydalanish chog’ida biz tomonimizda tarjimada kamchiliklari haqida xabar berishingizni iltimos qilib qolamiz. Kitob masalalarini maroq bilan ishlashingizni tilab qolamiz. Telegramdagi kanalimiz : @IPhO_Uzbekistan Tarjimon va muharrir : Lutfulloyev Shukurullo Olimpiadachilar uchun kanallar : @UzbPhysics_Team va @UzbPhysicist 2.2. Impuls.Massa markazi 2.2.1. m massali jism v tezlik bilan harakat qilmoqda , 2m massali jism 2v tezlik bilan unga tik ravishda harakat qilmoqda. Ikkala jismga bir xil kuch ta’sir etmoqda. Agar kuch ta’siri to’xtagandan so’ng birinchi jism qarama-qarshi yo’nalishda 2v tezlik bilan harakatlangan bo’lsa , ikkinchi jimning tezligini toping? 2.2.2. Gorizontal tekislikda dastlab tinch turgan jism arqon yordamida doimiy F kuch bilan tortila boshladi. ∆𝑡 vaqtdan so’ng bu kuch to’xtatildi. Agar u kuch ta’siri to’xtaganidan so’ng 3∆𝑡 vaqt o’tgach to’xtagan bo’lsa, unga ta’sir etgan ishqalanish kuchi nimaga teng ? 2.2.3. Kosmik kema o’z yo’nalishini 𝛼 burchakka o’zgartirib impulsi p ni avvalgidek saqlab qolishi kerak .Buning uchun tortish kuchi F bo’lgan dvigatel qanday eng qisqa vaqt davomida ishlatishi kerak va dvigatel o’qini qanday yo’naltirish kerak ? 2.2.4*. Mass-spektrometr da manbadan chiqqan zaryadlangan zarrachlar oqimi dastlab to’rdan L masofadan joylashgan 𝐷 1 hisoblagich yonidan erkin uchib o’tdi. To’rning orqasida zarrachaga to’rga perpendikular yo’nalgan F elektrostatik kuchlar ta’sir etadi. Zarrachalar to’rdan orqaga qaytib uchib chiqadi va to’rdan shunday masofada turgan ikkinchi hisoblagich yonidan o’tadi . Uchib chiqayaotgan zarrachlarning tezligi manbaning kuchlanishiga bog’liq bo’lib, lekin uning aniq qiymati ma’lum emas.Kuchlanishni o’zgartirib, hisoblagichlar qayd etgan vaqtlar farqining eng kichik qiymati ∆𝑡 aniqlanadi. Zarrachalarning massasi qanday ? Agar manba bir necha xil zarrachalar chiqarsa ularning massasini qanday aniqlash mumkin? 2.2.5*. M massali qumi bo’lgan yashik ishqalanish koeffitsenti 𝜇 bo’lgan gorizontal tekislikda yotibdi. Vertikalga 𝛼 burchak ostida m massali o’q uchib kelib deyarli bir onda uning ichiga kirib qoladi. O’q yashikka kelib deyarli bir onda uninng ichiga kirib qoladi. O’q yashikka kelib tushgandan qancha vaqt o’tgach yashik to’xtaydi? Qanday shart bajarilsa u umuman siljimaydi? 2.2.6. Opa-singillar siliq muz ustida konkida turibdi. Kattasi kichiginii itarib yubordi . Ikkalasi harakatlana boshladi, lekin kichigining kattasiga nisbatan tezliigi katta. “Endi meni navbatim ’’- dedi kichigi. Lekin bu safar ham ilgaridek katta opasiga nisbatan xuddi shuncha marta tezroq harakat qildi.Buning sababi nimada? 2.2.7. Yerdan turib kuzatilganda ikki yulduzlii sistemalar tarkibiga kiradigan hamroh yulduzlarning faqatgina radikal tezligini aniqlash mumkin(ya’ni yer-yulduz chig’iga proyeksiyasi).O’lchashlarda ikki yulduzli sistemaning hamroh yulduzlar tezliklari 𝑣 1 va 𝑢 1 larning qiymatlari olinadi. Bir yildan so’ng ularning tezlikalari 𝑣 2 va 𝑢 2 ga teng bo’ldi. Bu ikki yulduzli Sistema tarkibidagi hamroh-yulduzlarning massalari nisbatini aniqlang. Nima uchun qayta o’lchash bir yoki yarim yildan so’ng o’tkazilsa hisoblanishlar o’zgaradi? 2.2.8. Odanm ikki gorizontaal roliklarga mixlangan rezina lenta ustidan yugurishga qaror qildi,uning ishqalanishi yo’q. Birinchidan ,bu imkonsiz bo’lib tuyuladi : odam magnitni lenta yoki roliklarga uzata olmaydi,chunki ularning umumiy implusi nolga teng. Odam o’z joyida qoladimi? 2.2.9*. 𝑚 1 massali jismga 𝑚 2 massali jism 𝜈 tezligda uchib keladi.Jismlarning o’zaro ta’sirdan kelib chiqadigan kuch vaqtga chiziqli ravishda bog’liq bo’lib 𝑡 0 vaqt davomida nolda 𝐹 0 qiymatigacha o’sadi va keyin 𝑡 0 vaqt davomida bir tekisda nolgacha kamayadi. Barcha harakatlar bir to’g’ri chiziqda sodir bo’ladi deb faraz qilib, o’zaro ta’sirdan keyin jismlarning tezligini aniqlang? 2.2.10. Raketaning so’nggi qismidan ajralishidan oldin kosmik kemaning tezligi 𝜈 ga teng edi . So’nggi qism ajralgandan so’ng, uning tezligi 1,01 𝜈 ga etdi, ajratilgan qism kemaga nisbatan 0,04 𝜈 tezlik bilan uzoqlashadi.Agar kemaning massasi 𝑚 0 bo’lsa, oxirgi bosqichning massasi qancha? 2.2.11. Boshlang’ich tezligi v bo’lgan proton to’g’ridan –to’g’ri dastlab trench turgan geliy yadrosiga uriladi . Ular eng yaqin kelganda zarralarning tezligi qanday? Geliy yadrosining massasi proton massasidan 4marta kata. 2.2.12. Snayard traektoriyaning eng yuqori nuqtasida ,to’pdan gaorizontal bo’yocha L uzoqlikda ikkita bir xil bo’lakka parchalandi.Ulardan biri boshlang’ich raketa traektoriyasi bo’ylab to’pga qaytdi.Ikkikinchi shard qayerga tushadi ? 2.2.13. Arterilliyachi to’pdan dushman lageriga qarab m massali yadro bilan otadi. Baron Myunxauzen, massasi 5 m bo’lgan, to’pdan chiqib ketgan yadro ustida o’tiradi. U dushman lageriga boradigan yo’ling qancha qismida piyoda yurishi kerak? 2.2.14. Massasi 𝑚 1 bo’lgan zarra 𝜈 tezlik bilan , 𝑚 2 massali tinch turgan jism bilan to’qnashadi va unda 𝑢 tezlik bilan tezlikni boshlang’ich harakat yo’nalishiga to’g’ri to’rtburchak ostida qaytadi. 𝑚 2 massali tezligini toping? 2.2.15. Tinch holatdagi neytron parchalanishi paytida proton, elektron va neytron hosil bo’ladi. Proton va neytron hosil bo’ladi. Proton va elektron impluslari 𝑝 1 va 𝑝 2 , ular orasidagi burchak 𝛼 . Neytrino impluslarni aniqlang. 2.2.16. Radioktiv yadro massalari 𝑚 1 , 𝑚 2 , 𝑚 3 bo’lgan uch qisimga parchalanadi, natijada ularga mos ravishida 𝑣 1 , 𝑣 2 , 𝑣 3 o’zaro perpendikulyar tezliklariga ega bo’lgan bo’lsa, parchalanishdan oldin yadroning tezligi qanday bo’lgan edi ? 2.2.17. Massasi 𝑚 1 bo’lgan kosmonavtlar 𝑚 2 massali kosmik kemaga yengil sim orqali yaqinlashmoqda. Dastlab kema va kosmonavt harakatsiz bo’lib, ular orasidagi masofa l ga teng . Kema va kosmonavt uchrashgunicha har biri qanday masofani bosib o’tishadi ? 2.2.18. Ikki zaryadlangan m va 2m massali zarralar teng modulli impulslarga ega bo’lib, bir vaqtning o’zida A va B nuqtalaridan bir-birlari tomon uchishadi.Zarralar faqatgina o’zaro ta’sirlashadi.Rasmda ko’rsatilgan 2m massali zarrachaning trayektoriyasidan foydalanib, m massali zarraning tryektoriyasini tiklang. 2.2.19.Kosmik stansiya radiusi R va massali 𝑚 2 bo’lgan silindirdan iborat. Massasi 𝑚 1 bo’lgan kosmonavt stansiya sirti bo’ylab harakatlana boshladi.Kosmonavt trayektoriyasini va stansiya markazining trayektoriyasini aniqlang. Dastlab kosmonavt va stansiya stansionar holatda edi. 2.2.20.Quyidagi jismlarning massa markazini aniqlang: Download 61.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling