Fizikafanida n nazoratishlari va laboratoriyala r
Download 119.17 Kb.
|
8-Sinf NI va Lab (Muxtarova Dildoraxon)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javoblar: Bahosi: ________ Tekshirdi :_________________ 2-Laboratoriya ishi Purjina bikirligini aniqlash Ishning maqsadi
- 3Laboratoriya ishi Sirpanish ishqalanish koeffisentini aniqlash Ishning maqsadi
- - Laboratoriya Ishi Mavzu
- Ishning natijalari: Xulosa: Bahosi: ___________ Tekshirdi:__________________________ 4 – Laboratoriya ishi
- Kerakli jihozlar
- 5 – Laboratoriya ishi Mavzu: Eng oddiy elektromagnit yig`ish va uni ishlashini o`rganinsh. Ishning maqsadi
- Xulosa: Bahosi: ___________ Tekshirdi:__________________________
Ishning natijasi:
Javoblar: Bahosi: ________ Tekshirdi :_________________ 2-Laboratoriya ishi Purjina bikirligini aniqlash Ishning maqsadi: Eng oddiy dinamometr prujinasining bikirligini aniqlash orqali jismlarning deformatsiyasi va bikirligi haqida tasavvurlarni kengaytirish, elastiklik kuchi haqida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash. Kerakli jihozlar: Shtativ, eng oddiy dinamometr, yuklar to’plami, millimetrli qog‘oz. 2-rasm Ishni bajarish tartibi1. Prujinadan dinamometr yasash uchun shkalasiga millimetrli qog‘oz yopishtiring. 2. Dinamometrni shtativga 2-rasmda ko‘rsatilgani dek mahkamlang. 3. Dinamometr ko’rsatkichining boshlang’ich vaziyatini shkaladagi millimetrli qog‘ozga belgilang. 4. Dinamometr ilgagiga m1 massali yukni iling, uning tasirida prujinaning Δl1 uzayishini o‘lchang va natijani jadvalga yozing. 5. Massalari m2 va m3 bo‘lgan yuk uchun ham prujinaning Δl2, Δl3 cho‘zilishlarini o‘lchang va natijalarni jadvalga yozing. 6. Dinamometrga osilgan har bir yuk uchun prujinaga ta’sir etgan tashqi kuchlarni Ft=mg formula bo‘yicha hisoblang va natijalarni jadvalga yozing (g = 10 m/s2 deb oling). 7. Har bir o‘lchangan Δl1, Δl2, Δl3 va hisoblangan Ft1, Ft2, Ft3 natijalarni k = Ft /Δl formulaga qo‘yib, k1, k2, k3 prujinalar bikirligini hisoblang va natijalarni jadvalga yozing. 8. ko‘rt= ( k1+ k2+ k3)/3 formula bo’yicha prujina bikirligining o’rtacha qiymatini hisoblang va natijani jadvalga yozing.
Javoblar: Bahosi: ________ Tekshirdi :_______________ №3Laboratoriya ishi Sirpanish ishqalanish koeffisentini aniqlash Ishning maqsadi: yog’ch chizg’ich ustida sirpanayotgan taxtachaning ishqalanish koeffitsiyentini aniqlash yordamida sirpanish ishqalanishga oid bilimlarini mustahkamlash. Kerakli jihozlar: uzun yog’och chizg’ich, ilgakli taxtacha, dinamometr, tarozi, tarozi toshlari. Ishni bajarish tartibi 1. Tarozida taxtachaning massasini o’lchang va jadvalga yozing. 2. P = mg formuladan foydalanib, taxtachaning og’irligini toping. 3. Taxtachaga dinamometrni ilib, uni chizg’ich bo’ylab tekis sirpantiring va dinamometrning ko‘rsatishini Fi(s) sirpanish ishqalanish kuchiga teng deb olib, uni jadvalga yozing. 4. 121-betdagi (4) formuladan foydalanib, sirpanish ishqalanish koeffitsiyentini hisoblang. 5. Taxtacha ustiga avval 100 g li, so’ngra 200 g li tarozi toshlarini qo’yib, tajribani takrorlang. Ular uchun ham sirpanish ishqalanish kuchini toping. Natijalarni jadvalga yozing. 6. μo‘rt = (μ1 + μ2 + μ3)/3 formuladan foydalanib, sirpanish ishqalanish koeffitsiyentining o’rtacha qiymatini hisoblang va natijani jadvalga yozing.
Javoblar: Bahosi: ________ Tekshirdi :_____________________________ - Laboratoriya Ishi Mavzu: Otkazgichlarni ketma – ket va parallel ulashni o’rganish. Ishning maqsadi: o’tkazgichlar ketma-ket ulanganda ulardagi tok kuchi va kuchlanish tushuvini o’rganish. Kerakli jihozlar: tok manbai, turli qarshilikka ega bo’lgan ikkita rezistor , milliyampermetr, voltmetr, kalit va ulovchi simlar. Ishni bajarish tartibi: O’tkazgichlarni ketma-ket ulash. 71- rasmda tasvirlangan elektr zanjirni yig’ing. Voltmetr birinchi rezistorning uchlariga ulanadi. Kalit ochiq holda qoldiriladi. Tok manbaining iste’molchilarga kuchlanish beruvchi murvati 4 V holatiga qo’yiladi. Kalit ulanadi. Rezistordan o’tayotgan tok kuchi va uning uchlaridagi kuchlanish o’lchanadi. Olingan natijalar jadvalga qayd qilinadi. Kalit uziladi. Voltmetrni birinchi rezistordan uzib, uni ikkinchi rezistor uchlariga ulang. Kalit ulanadi. Ikkinchi rezistordan o’tayotgan tok kuchi va uning uchlaridagi kuchlanish o’lchanadi. Olingan natijalar jadvalga qayd qilinadi. Kalit uziladi. Ketma –ket ulangan rezistorlarning uchlariga voltmetr ulanadi. Kalit ulanadi. Rezistordan o’yayotgan tok kuchi va uning uchlaridagi kuchlanish o’lchanadi. Olingan natijalar jadvalga qayd qilinadi. Kalit uziladi. Tok manbaining iste’molchilarga kuchlanish beruvchi murvati V holatiga qo’yiladi va tajriba takrorlanadi. Tajriba natijalari asosida ketma – ket ulangan iste’molchilar uchun asosiy qonuniyatlarning bajarilishini tekshiring. K || mA Ishning natijalari: Xulosa: Bahosi: ___________ Tekshirdi:__________________________ 4 – Laboratoriya ishi Mavzu: Iste’molchi (lampochka)ning elektr quvvatini aniqlash. Ishning maqsadi: istemolchilarni quvvatini tok kuchi va unga qo`yilgan kuchlanish orqali aniqlash. Kerakli jihozlar: tok manbai, turli qarshilikka ega bo’lgan ikkita rezistor, milliampermetr, voltmetr, kalit va ulovchi simlar. Ishni bajarish tartibi: Tok manbai, lampochka, ampermetr, voltmetr va kalitdan iborat zanjir yig`ing. Yig`ilgan elektr janjirining sxemasini chizing. Kalitni ulang va sekundomerni ishga tushuring. Ampermetr va voltmetr ko`rsatkichlarini aniqlang va jadvalga yozing. formula bilan lampochkadagi tokning quvvatini hisoblang va jadvalga yozing. Kalitni uzing, ayni vaqtda, sekundomer tugmasini topib, uni to`xtaning. Lampochkaning qancha vaqt yonib turgan vaqtini jadvalga yozing. formula yordamida sarflangan elektr miqdorini hisoblang va jadvalga yozing. Tajribani 3 marta takrorlang. Natijalarni jadvalga yozing. formula orqali lampochkaning o`rtacha quvvatini hisoblang. Olingan natijalarni lampochkaga yozilgan quvvat bilian taqqoslang. Natijalarni tahlil qiling va hulosa chiqaring. || A
5 – Laboratoriya ishi Mavzu: Eng oddiy elektromagnit yig`ish va uni ishlashini o`rganinsh. Ishning maqsadi: eng oddiy elektromagnit qurilmasini yi`gish va uning ishlashini sinab ko`rish. Kerakli jihozlar: tok manbai, reostat, kalit, ulovchi simlar kompast, g`altak, temir o`zak. Ishni bajarish tartibi: Tok manbai, reostat, g`altak va kalitdan iborat elektr zanjir yig`ing. Yig`ilgan elektr zanjirini sxemasini yig`ing. Zanjirni ulab, kompast yordamida g`altak qutblarini aniqlang. Kompastni g`altakning oqi bo`ylab magnit maydon ta’siri keskin kamayguncha undan uzoqlashtiring. G`altakning ichiga temir o`zak qo`yib, elektromagnit strelkasiga ko`rsatayotgan ta`sirin kuzating va xulosa chiqaring. Xulosalaringizni daftaringizga yozing. Xulosa: Bahosi: ___________ Tekshirdi:__________________________ Download 119.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling