Fizikani o’qitish metodikasidan” kurs ishi mavzu: mexanika boʻlimlarini oʻqitish metodikasi t oshkent 2022 mundarija


Download 0.79 Mb.
bet3/11
Sana14.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1002710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi guli

Tezlik. O‘quvchilar tezlik tushunchasi bilan VI sinfda harakatning muhim xarakteristkasi sifatida tanishadilar. Bu tushuncha VII sinfda oydinlashtiriladi va rivojlantiriladi. Tezlik tushunchasini o‘rganish o‘quvchilardan mavhum fikrlashni talab qiladi. Fizik va matematik tushunchalarni shakllantirish jarayonida bu tushuncha katta rol uynaydi. O‘quvchilar tomonidan tezlikning to‘g‘ri tushunlishini, keyinchalik matematik analizning asosiy tushunchalarini shakllantirishda fizikada esa har qanday fizik kattalikning, ya’ni quvvatdan tortib to elektr va magnit maydon-larining vaqt bo‘yicha o‘zgarish tezliklarini tushuntirishda katta rol o‘ynaydi. Ayni vaqtda, o‘quvchilarning politexnik saviyasini kengaytirish uchun ham xizmat qiladi. Shuning uchun tezlik tushunchasini shakllantirish metodikasi jiddiy e’tibor talab qiladi. O‘quvchilarning kundalik kuzatishdan olgan dastlabki tasavvur-lariga qaramay bu tushunchani shakllantirishda albatta sinfda bajariladigan tajribalar juda zarur. (Masalan, bolalar o‘yinchoq aravachalarning tezligini aniqlash). Shundan so‘ng mavhum fikrlash borasida dastlabki qadam qo‘yilishi mumkin. Masalan quyidagi ikki jismdan qaysi biri katta tezlikda harakatlanadi: 5 sekundda 20 metr yo‘l yuradiganimi yoki 2 sekundda 10 metr yo‘l yuradiganini, degan savol berish kerak.
Tezlik tushunchasini shakllantirishda muhim qadam uni birligini aniqlash. Aniq masala yechishda tezlik ya’ni tezlik birligi soatiga necha km bo‘ladi. Tezlikni boshqa birliklarda ham ifodalash mumkinligini aniqlashtirib tezlikning asosiy birligi 1 m/s ekanligini aytiladi. Shuningdek, o‘quvchilar ongida o‘rtacha va oniy tezlik tushunchalarini ham shakllantirish lozim.
O‘rtacha tezlik. Bu kattalik ko‘chishning sodir bo‘lgan vaqtiga nisbati orqali yoki jism bosib o‘tgan yo‘l uzunligining shu yo‘lni bosib o‘tish uchun ketgan vaqtga nisbatidan aniqlanadi. O‘quvchilarga jism butun vaqtning birinchi yarmida 10 m/s tezlik bilan ikkinchi yarmida 20 m/s bilan harakatlangan degan shart bilan o‘rtacha tezlikni tanishishni taklif qilish mumkin. Bu holda o‘rtacha tezlik 15 m/s.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling