Fizikani o’qitish metodikasidan” kurs ishi mavzu: mexanika boʻlimlarini oʻqitish metodikasi t oshkent 2022 mundarija


Download 0.79 Mb.
bet8/11
Sana14.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1002710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi guli

Massa tushunchasi. Jism inertligining ham sifat, ham miqdor o‘lchovi bo‘lib, jismlar o‘zaro ta’sirlashganda massasi katta jism (tinch turgan bo‘lsa) kam tezlanish oladi, harakatda bo‘lsa u o‘zining harakat holatini ko‘proq davom ettirishga intiladi, deb xulosa chiqariladi. Shundan so‘ng o‘quvchilarning hayotda ko‘rganlari asosida jism massasini aniqlash (o‘zaro ta’sirlashuvda uning deformatsiyalanish kattaligiga, tezlanishga, bosib o‘tgan yo‘liga taqqoslash va Etalon massaga taqqoslab massalarni o‘lchash bilan aniqlash) usullariga diqqati tortiladi. Bunda o‘quvchilarda inertsion massa haqida tushuncha shakllanadi. Demak tabiatdagi barcha moddiy jismlar massaga ega bo‘lishi, shu bilan har qanday massaga ega bo‘lgan inertlik, tortishish xossasiga egaligi haqida tushuncha beriladi.
Massa tushunchasi chuqur falsafiy tushuncha bo‘lib, materiya tushunchasi bilan bog‘liq holda fazo, vaqt va harakat tushunchalariga borib taqaladi. Massa tushunchasi-materiyaning ba’zi asosiy xossalarini aks ettiradi. Buni biz u yoki bu fizik tadqiqotlarda namoyon bo‘lishida ko‘ramiz:
1.Jism inertlik o‘lchovi sifatida Nyuton qonunlarida namoyon bo‘ladi-,
2.Jismlar orasidagi tortishish o‘lchovi eqanligi butun olam tortishish qonunida ko‘rinadi
3.Harakatdagi jism energiyasining o‘lchovi bo‘lishi bilan birga (polvonlar, bokschi, shtangachilar musoboqasida hisobga olish) massa bilan energiyaning orasidagi bog‘lanish: E=Dmc2 da massaning harakat tezligiga bog‘liq holda o‘zgarishi haqida fikr yuritiladi
4.Elektromagnit jarayonlarning tavsifi elektromagnit massa ( ) sifatida aks etadi.
5.Elementar zarralar strukturali bog‘lanishining xarakteris-tikasi (massalar defekti-tinchlikdagi massaning materiya tuzilishi bilan bog‘liqligini tavsiflashda)
6.Jismdagi zarralar sonining o‘lchovi sifatida klassik atomizm, kimyoda, halq xo‘jaligida moddiy noz ne’matlar ishlab chiqarishda;
7.Turli tuman hodisalarni matematik tilda yozishda pro-porsionallik koeffitsiyentining bo‘lishi. Masalan, formulada massa jism olgan a-tezlanishi bilan ta’sir etuvchi kuch orasidagi bog‘lanishni ifodalashda proporsionallik koeffitsiyenti rolini o‘ynashda xizmat qiladi.
Bu sohada qilingan ishlarga asoslanib, massa tushunchasini fizika o‘qitishda qanday izohlash, tushuntirish masalasiga to‘xtalamiz:
1.Massa tushunchasini aniqlash.
2.Massa tushunchasining boshqa tushunchalar bilan bog‘liqligini (mareriya, harakat, o‘zaro ta’sir, fazo, vaqt, energiya, ish va h.k) aniqlash.
3.Massa tushunchasini olamning fizik manzarasi taraq-qiyoti nuqtai nazaridan tahlil qilish.
4.Massani metodologik jihatdan tushuntirish yoki e’tiborga olish shu kungacha mavjud bo‘lgan metodik va ilmiy adabiyotlarda bir muncha qiyinchiliklar mavjudligini ko‘ramiz (Massa-materiya miqdori yoki modda miqdori). Klassik atomistikada massani bir jinsli o‘zgarmaydigan zarralar miqdori deb qilingan talqin hozir ham ba’zi o‘qituvchilar bayonida uchraydi yoki KHK va ALni bitirib o‘qishga kirgan ba’zi o‘quvchilar javobida kuzatiladiki, bu tushuncha xatodir.
Dinamika qonunlarini o‘qitishda jism harakatining o‘zgarish sabablarini bilish o‘quvchilarda dialiktik tasavvurning shakllanishida qulay zamin yaratadi. Dinamikaning asosi-Nyuton qonunlari. Inertsiya qonuni bu Nyutonning “Natural filosofiyaning matematik asoslari” (1687-yil) kitobida keltirilgan harakat qonunlaridan birinchisidir. Nyutonning har bir qonuni, xususan, birinchi qonun ham mustaqil ahamiyatga ega. Ba’zan birinchi qonun ikkinchisidan kelib chiqqan degan mulohaza ham uchratiladi. Bu muloxaza tashqi kuch ta’sir etmaganda, F=0 bo‘lganda tezlanish nolga teng, ya’ni jism tekis va to‘g‘ri chiziqli harakat qiladi yoki tinch holatda bo‘lishga asoslangan. Ammo, harakat birinchi qonunning ahamiyati bunga olib kelmaydi. Bu qonunni o‘rganishda ma’lum bo‘lgan qiyinchilik an’anaga aylanib qolgan ta’riflashdir. “Agar jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa, u tinch turgan bo‘lsa, tinch holatning to‘g‘ri chiziqli tekis harakatlanayotgan bo‘lsa, o‘zining to‘g‘ri chiziqli tekis harakat holatini saqlaydi”- deyiladi.
O‘zaro ta’sir tushunchasi fizika kursining asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, barcha o‘rganiladigan hodisa, jarayonlarning zamirida yotadi. O‘zaro ta’sirni yaxshi tushunmaslik tabiatda sodir bo‘luvchi hodisalarning ro‘y berishini bilmaslik, undan g‘ayriqonuniy xulosalar chiqarishga olib kelishi mumkin. Ba’zi metodik adabiyotlarda o‘zaro ta’sir tushunchasi hodisalarni tahlil qilishda to‘g‘ri yoritilmaydi. Ko‘p hollarda tabiatda o‘zaro ta’sir tushunchasi o‘rniga tabiatda kuch bilan almashtirilib yuboriladi. Tabiatda bo‘ladigan barcha hodisalar fizik maydonlar vositasida ro‘y beradi. O‘qitish jarayo-nida o‘zaro ta’sirlarning mohiyati fizik maydonga bog‘liqligi ochilmay qoladi. Tortishish, yadroviy, elektr jarayonlardagi mavjud maydonning roli, maydon orqali o‘zaro ta’sir ro‘y berishi ochilmas-dan qoladi. O‘zaro ta’sir tushunchasini to‘g‘ri shakllantirish butun fizika kursini ilmiy asosda o‘rganishga imkon yaratiladi. Chunki barcha fizik hodisa va o‘zgarishlarning asosida o‘zaro ta’sir yotadi. Fizik hodisalar tabiatda turli-tuman ko‘rinishda uchrashini ilmiy nuqtai nazardan tushuntirish uchun o‘zaro ta’sir tushunchasini yaxshi bilish kerak bo‘ladi.
Har qanday moddiy ob’ekt murakkab tuzilishga ega bo‘lishi bilan birga xilma-xil ichki ham tashqi o‘zaro ta’sirda ishtirok etadi. Chunki barcha jism va ob’ektlar tabiatda yakka, ajralgan holda bo‘lmasdan barchasi bir-biri bilan bog‘langan, o‘zaro aloqador bo‘ladi. O‘zaro ta’sirlashuvdan tashqarida bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlashmaydigan bironta jismni topolmaymiz. Jamiki moddiy jismlar boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro ta’sirlashuvda o‘zini namoyon qiladi, ya’ni mavjudligini bildiradi. Demak, tabiatda materiyadan bo‘lak, o‘zaro ta’sirlashmaydigan hech narsa bo‘lmaydi. Materiya turlarining o‘zaro ta’siri barcha harakatlarning manbai ekanligiga alohida e’tibor bermoq kerak. Atom yadrosining tuzilishi nuklonlararo pion o‘zaro ta’sirga, atomning tuzilishi elektron qobiq bilan yadro orasidagi elektromagnit o‘zaro ta’sirga, kristallning tuzilishi modda atomlari orasidagi o‘zaro ta’sirga, Quyosh sistemasining tuzilishi-Quyosh bilan sayyoralararo gravitatsion o‘zaro ta’sirga asoslangan. Materiyaning barcha tur tuzilishlariga tegishli bo‘lgan elementar zarralarmi, atom molekulami yoki jismlar, kosmik jismlar, yoki yulduzlar majmuimi, galaktika yoxud metaga-laktikami, baribir bularning barchasida o‘zaro ta’sir namoyon bo‘ladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling