Fizikani o’qitish metodikasidan” kurs ishi mavzu: mexanika boʻlimlarini oʻqitish metodikasi t oshkent 2022 mundarija


Dinamika bo‘limi asosiy mazmunining tahlili va uni o‘rganish usullari


Download 0.79 Mb.
bet7/11
Sana14.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1002710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi guli

2.2. Dinamika bo‘limi asosiy mazmunining tahlili va uni o‘rganish usullari
Dinamikaning qonunlari mexanikaning muhim qismidir. Nyuton klassik mexanikasi mohiyatiga ko‘ra, dinamika qonunlarini o‘z ichiga oladi va uning asosiy nazariyasini tashkil etadi. Bundan dinamika qonunlarini o‘rganishning ahamiyati kelib chiqadi. Dinamikani o‘rganishni boshlayotgan har bir o‘quvchida harakat to‘g‘risida va uning kuchlar bilan bog‘liqligi haqida ma’lum hayotiy tasavvur bor. Massa tushunchasi bilan o‘quvchilar maktabgacha davrda hayotiy tajribalarida qisman tanish bo‘ladilar. Asosan massa tushunchasi bilan VI sinfda tanishadilar. Nyutonning II qonuni jismning massasi, ikki jism o‘zaro ta’sirini xarakterlaydigan kuch va o‘zaro ta’sirlashuvda jism olgan tezlanish orasidagi bog‘lanishni ifodalaydi. Shu bilan birga jismning inertlik o‘lchovi bo‘lgan massaning mohiyatini ochishga imkon beradi. Massa jism inertlik xossasini ifodalashni tajribada namoyish qilib ko‘rsatish muhimdir: katta massaga ega bo‘lgan jism o‘zaro ta’sirlashuv natijasida kichik tezlanish oladi, kichik massaga ega bo‘lgan jism katta tezlanish oladi. Buni amalga oshirishda o‘quvchilarga savollar berilsa, o‘quvchilar turmushda ko‘rib yurganlariga tayanib to‘g‘ri fikrlay oladilar. Masalan, 40 km/soat tezlik bilan kelayotgan massasi 200 t bo‘lgan vagonni to‘xtatish osonmi yoki o‘shanday tezlik bilan ketayotgan 200 kg bo‘lgan mototsiklnimi?
Albatta berilgan savollarga o‘quvchilar to‘g‘ri javob beradilar, ammo uni tajribada namoyish qilib ko‘rsatish, ya’ni massa jism inertligining o‘lchovi ekanligini amalda isbotlab ko‘rsatish ilmiy ahamiyatga ega. Buning uchun biz teng hajmli (temir, allyuminiy, yog‘och) parallelopiped shaklidagi jismlarni olib, ularni bir xil buyoq bilan buyab (uni qanday materialdan yasalganligini yashirish uchun) nomerlab, qiya novdan dumalab to‘shayotgan sharni yo‘liga birin-ketin quyib, dumalayotgan shar nomerlangan teng hajmli jism-to‘siqlarni qay birini ko‘proq masofaga siljita oldi?-degan savol o‘quvchilarga berilsa, ular to‘g‘ri javob bera olmaydilar.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling