Fizikaviy elektronika asoslari (amaliyot 10 soat) 1-dars


Download 0.74 Mb.
bet2/4
Sana05.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1431830
1   2   3   4
Bog'liq
2 5427087810135855882

Komparatorlar

  • Komparator - atamasi taqqoslash jarayoni yoki taqqoslash amalini bajaruvchi vositalari uchun qo‘llanildi. Odatda deyarli barcha o‘lchov asboblari shu tamoyilda ya’ni, o‘lchanadigan kattalikni uning etaloni bilan solishtirish orqaligina o‘lchovni amalga oshiradi.
  • Massalan, toshli tarozilar, elektrik potensiometrlar, uzunlik o‘lchovchi lineykalar va h.k.

Komparatorlar

  • Ish tamoyiliga ko‘ra komparatorlar mexanik, elektrik va optik komparatorlarga bo‘linadi. Bizning vazifamiz elektronikada qo‘llaniladigan komparatorlarni xususan kuchlanish komparatorlarini o‘rganishdan iborat.

Rasmda komporatorlarning standart belgilanishi keltirilgan. komporatorlar qo‘llanilishi bo‘yicha ancha universal bo‘lib ko‘pgina elektron zanjirlarda qo‘llaniladi.

  • Rasmda komporatorlarning standart belgilanishi keltirilgan. komporatorlar qo‘llanilishi bo‘yicha ancha universal bo‘lib ko‘pgina elektron zanjirlarda qo‘llaniladi.
  • Masalan komparatorlar asosida taymer, multivibrator va hatto yorug‘lik diodlari uchun drayver ham yig‘ish mumkin.
  • 1-1OUT birinchi komparatorning chiqishi, 2- 1IN- birinchi komparator-ning birinchi invertirlovchi kirishi,
  • 3- 1IN+ birinchi kompara-torning ikkinchi invertirlamay-digan kirishi,
  • 4-Yer, 5-ikkinchi komparatorning ikkinchi invertirlamaydigan kirishi,
  • 6-ikkinchi komparatorni birinchi invertirlovchi kirishi,
  • 7- ikkinchi komparatorning chiqishi,
  • 8-ta’minlash manbai musbat qutbi.
  • Kuchlanish komparatori namunasi

Elektr zanjirlari. Analogli zanjirlar.

Elektr zanjirlari.

  • Elektr zanjiri — elektr energiyasi manbalari, isteʼmolchilari va ularni bir-biriga tutashtiruvchi oʻtkazgichlar majmuidir.
  • Elektr zanjiri tarkibiga ulagichlar, kalitlar, saqlagichlar, oʻlchash va nazorat asboblari hamda boshqa elektron asboblar ham kiradi.
  • Elektr zanjiri yordamida elektr energiyasi uzatiladi, tarqatiladi hamda kuchlanishi pasaytiriladi yoki oshiriladi.
  • Elektr zanjirlari (AC) o’zgaruvchan tok va o’zgarmas tok (DC) zanjirlarga bo’linadi.
  • Asosan elektr signallarini qabul qilish, qayta ishlash, uzatish, kuchaytirish uchun tuzilib, aktiv va passiv komponentlardan iborat zanjirga elektron zanjirlar deb ataladi.
  • Elektron zanjirlar qarshiligi qo’yilgan kuchlanishga bog’liq bo’lmasa chiziqli zanjir, qarshiligi kuchlanishga bog’liq bo’lsa nochiziqli zanjir deyiladi.
  • Elektron zanjirlar qarshiligi qo’yilgan kuchlanishga bog’liq bo’lmasa zanjir volt amper tavsifnomasi chiziqli qonuniyatga bo’ysunadi. Diod va tranzistorlar kabi aktiv komponentlar qarshiligi qo’yilgan kuchlanishga bog’liq va volt amper tavsifnomasi nochiziqli shaklga ega bo’ladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling