Fizikaviy kimyo 11- labaratoriya ishi. Mavzu: Bimolekulyar reaksiyalarning xususiy va umumiy tartiblarini aniqlash
Download 16.79 Kb.
|
Fizikaviy kimyo 11- labaratoriya ishi. Mavzu Bimolekulyar reaks-fayllar.org
Javoblar
1. Reaksiya tartibi-reaksiya tezligi moddalar konsentratsiyasining qanday darajasiga bog'liqligini ko'rsatuvchi son. Agar mA+ nB ---> qC Yuqoridagi reaksiya tezlik ifodasini: V=kC A m C
n ko'rinishda bo‘lsa va m va n laming yig'indisi (m + n) shu reaksiyaning tartibi deyiladi. Reaksiya o‘z tartibiga ko'ra, nolinchi, birinchi, ikkinchi, uchinchi va ko‘p tartibli bo'lishi mumkin. Agar NH 4 Cl+ H
0 = NH 4
gidroliz reaksiyasini ko'rib chiqadigan bo'lsak, bu reaksiya suyultirilgan eritmada boradi, deb faraz qilamiz. U holda V= k • C NH4Cl C H2O
bo‘ladi, demak, bu reaksiya ikkinchi tartibli reaksiya deb hisoblash mumkin. Aslida, bu reaksiyaning tezligi faqat tuzning konsentratsiyasiga bog'liq bo‘ladi. Shuning uchun bu birinchi tartibli reaksiyadir. Agar reaksiya davomida reaksiya tezligi o‘zgarmasa, ya‘ni V = const bo‘lsa, bu „nolinchi tartibli reaksiya“ deyiladi. Bunday reaksiyalar qatoriga, qattiq modda sathiga yutilgan modda ishtirokida ro‘y beradigan reaksiyalar kiradi. 2. Reaksiyada to‘qnashayotgan molekulalar soni reaksiya molekulyarligi deyiladi. Reaksiya molekulyarligini parchalanish, birikish, o‘rin olish, izomerlanish va boshqa reaksiyalarga qo‘llash mumkin. 3. Kimyoviy o'zgarishlar ro‘y berishida reaksiyada ishtirok etuvchi moddalar molekulalarining o‘zaro to'qnashuv jarayonlarda qatnashayotgan molekulalar soniga qarab reaksiya monomolekular (bir), bimolekular (ikki), trimolekular (uch) va ko‘pmolekular turlariga bo'linadi. Monomolekular reaksiyalarda kimyoviy o'zgarishda bitta moddaning bitta molekulasi ishtirok etadi: A --> C+D Monomolekular reaksiyalarga ko'pchilik parchalanish reaksiyalari misol bo'ladi: N2O5 --> NO2+ NO + O2 CaCO3—> CaO + CO2 Bimolekular reaksiyalarda bir vaqtning o'zida 2 ta molekula o'zaro ta’sirlashadi, boshqacha aytganda, reaksiya sodir bo'lishi uchun reaksiyaga kirishuvchi modda 2 ta molekulasining o'zaro to'qnashuvi ro'y beradi: A +B ---> AB Bimolekulyar reaksiyalarga ko‘proq birikish reaksiyalari kiradi. Masalan,H2 + I2 ->2HI Yuqoridagilarga ko'ra, reaksiyaning molekularligini aniqlash uchun reaksiyaga kiruvchi moddalar oldidagi koeffitsiyentlarini bilish kifoyadek ko'rinadi. Haqiqatda esa, har bir kimyoviy o‘zgarish bir necha o'zaro „ketma-ket“ yoki „parallel“ boruvchi reaksiyalami o‘z ichiga oladi. Shu sababli har doim ham reaksiyaning molekularligini aniqlashda bunday yo‘l tutib bo'lmaydi. Uchmolekular reaksiyalaming borishida bir vaqtda 3 ta molekulalaming o'zaro to'qnashishi sodir bo'ladi: A + B + C -> D Tabiatda azot molekulasi ishtirokida ozon gazining hosil bo'lishi bunga misol bo'ladi: 02 + O + N2 --->03 + N2 Bu reaksiyada azot molekulasi kislorod molekulasi va atomi ta’sirida ajralib chiqadigan ortiqcha energiyani „yutib“ oluvchimodda vazifasini o'taydi. Aks holda, bu energiya qaytadan03 -> 02+ O ning hosil bo'lishiga olib keladi. 4. Reaksiya tartibini aniqlashning quyidagi integral usullari mavjud: yarim ajralish vaqti usuli, o‘rniga qo‘yish usuli, Ostvald-Noyes usuli va boshqalar. Download 16.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling