Refraktometrik tadqiqotlar
Download 230.71 Kb.
|
6-Taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-MA’RUZA REFRAKTOMETRIK TADQIQOTLAR Reja
- Takrorlash uchun savollar
- Asosiy va qo’shimcha o’quv adabiyotlar Asosiy adabiyotlar
- Qo’shimcha adabiyotlar
O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi Farg’ona politexnika instituti Kimyo texnologiya fakulteti “Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi katta o’qituvchisi Ergashev Azizbek Avazxon o’g’lining REFRAKTOMETRIK TADQIQOTLAR Mavzusidagi ma’ruzasi 6-MA’RUZA REFRAKTOMETRIK TADQIQOTLAR Reja: 1.Refraktometriyani yog’lar kimyosi va ishlab chiqarishni nazoratida qo’llash. 2.Moyli urug’, kunjara va shrot tarkibidagi moy miqdorini aniqlash. 3.Shrot tarkibidagi benzinni aniqlash. 4.Yod sonini aniqlashda refraktometriyadan foydalanish. Tayanch so’z va iboralar Absolyut sindirish ko’rsatkichi, amaliyotda suyuq va qattiq modda, uchglisteridlarda fazoviy izomerlanish, atmosfera bosimi, yod sonini. Har qanday moddaning asosiy xususiyatlaridan biri u orqali o’tayotgan yorug’lik oqimining birlamchi yo’nalishini o’zgartirish xususiyatidir. Yorug’lik nurini sindirish qobiliyati uni bir fazadan ikkinchi fazaga o’tishdagi tezligining o’zgarishiga bog’liq. Har bir muhit absolyut sindirish ko’rsatkichi (n) bilan harakatlanib, bu kattalik yorug’likning vakuumda tarqalish tezligining muhitda tarqalish tezligiga nisbati bilan aniqlanadi. Umumiy ko’rinishda bu qonun quyidagicha keltirilishi mumkin: Sin i1 /Sin i 2=n21=n2/n1 Bunda, i1-nurning tushish burchagi i2-nurning bir muhitdan ikkinchi muhitga o’tishdagi sinish burchagi. Sindirish ko’rsatkichini modda tabiatiga bog’liqligi shu modda molekulalarining yorug’lik oqimi to’lqini ta’sirida deformatsiyalanishi (polyarlanishi) bilan tushuntiriladi. Bu xodisa esa molekula tuzilishiga bog’liq. Masalan, to’yinmagan yog’ kislotalar qo’shbog’larining bir-biriga nisbatan yaqinlashishi sindirish ko’rsatkichining oshishiga olib keladi. S18:2 (9,12) uchun nD50=1,4588 bo’lsa, S18:2 (9,11) uchun nD50=1,4727 Uchglisteridlarda fazoviy izomerlanish va glisterid simmetriyasi ham ularning sindirish ko’rsatkichiga ta’sir qiladi. Masalan, stis-olein uchun nD50=1,4495 bo’lsa, trans-olein (elaidin) uchun nD50=1,4478. Yog’ kislotalar to’yinmaganlik darajasi ortgan sari sindirish ko’rsatkichi ham ortib boradi. Masalan, S18:1 uchun nD20=1,4582; S18:2 uchun nD20=1,4699; S18:3 uchun nD20=1,4780. Sindirish ko’rsatkichi va yod soni orasidagi empirik bog’liqlikdan foydalangan holda moylar va yog’larning yod sonini aniqlashning ko’plab formulalari tavsiya qilingan: Y.s.=[nD20-1,4626-0,05(nD20-1,4806)]104 Bu formulasini moyning sindirish ko’rsatkichi nD20>1,4806 bo’lgandagina qo’llash mumkin. Y.s.=[nD20-1,4626+0,08(1,4806-nD20)].104 Bu formula esa nD20<1,4806 bo’lsa qo’llanilishi mumkin va hokazo. n D= n1D+0,00007K + 0,0003N - 0,00025F bunda, n1D – xom moyning o’lchangan sindirish ko’rsatkichi. K - erkin yog’ kislotalar miqdori, %; N - sovunlanmaydigan moddalar miqdori, %. F – fosfatidlar miqdori, % Tashqi muhit ta’siriga va modda agregat holatiga bog’liq bo’lmagan kattalik solishtirma refrakstiyadir (r). Bu kattalik modda sindirish ko’rsatkichi (n), zichligi (p) va molekulalar polyarlanishi bilan quyidagi nisbatda bog’langan: Bunda, NA-Avogadro soni, M-moddaning molekulyar og’irligi. Molekulalarning polyarlanishi faqatgina ularning tuzilishiga bog’liq bo’lmay, balki tushayotgan yorug’likning to’lqin uzunligiga Shuning uchun turli to’lqin uzunligiga ega bo’lgan nurlarning sinish ko’rsatkichi ham har xil bo’ladi. Bu bog’liqlik solishtirma refrakstiya kattaligi uchun ham o’rinlidir. Takrorlash uchun savollar: 1.Refraktometriya asoslari 2.Amaliyotda qo’llanilishi 3.Sindirish ko’rsatkichining tashqi muhitga bog’liqligi qanday? 4.Sindirish ko’rsatkichining modda tabiatiga bog’liqligi 5.Lipidlar tadqiqotida refrakstiometriyaning qo’llanilishi Asosiy va qo’shimcha o’quv adabiyotlar Asosiy adabiyotlar Emma Chiavaro. Differential Scanning Calorimetry: Applications in Fat and Oil Technologiy. CRC Press. USA 2014. 272 p. Frank D.Gunstone.The Chemistry of Oils and Fats.-Uk: Blackwell publishing Ltd, 2004-288p. ТютюнниковБ.Н. Химия жиров. Учебник. M:. Пищeваяпром-сть ,1975-448ст. Qo’shimcha adabiyotlar Mirziyoeв SH.M. “Buyuk kelаjаgimizni mаrd ва olijаnoб xаlqimiz bilаn birgа qurаmiz”, Toshkent. “O’zbekiston”, 2017, 488 b. Mirziyoeв SH.M. “Qonun ustivorligi ва inson mаnfааtlаrini tа’minlаsh-yurt tаrаqqiyoti ва xаlq fаrovonligininggаrovi” 48 b, T. “O’zbekiston”, 2017 yil. Кичигин В.П. Технология и технохимический контроль производства растительных масел. Учебное пособие М,..Изд.Пищ, пром 1976. Руководста по технологии получения и переработки растительных масел и жиров. Под. Редакция А.Г. СергееваЛ.Учебное пособие.: ВНИИЖ1книгии 1,2с. 1967.-1042с. Лобораторный практикум по химия жиров. Учебное пособие./Арутнунян Н.С., E.П.идр.-ГИOРД, 2004-с. O.Микеш. Лабораторное руководство хромотографическим снжним методам, Учебное пособие.-M.:Mир, 1992.-783ст. Y.Qodirov “Yog’larni qayta ishlash texnologiyasidan“Laboratoriya mashg’ulotlari. O’quv qo’llanma.T.Cho’lpon nnmiu, 2005.-168b. Download 230.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling