Sanoat texnologiya


Download 0.65 Mb.
bet1/8
Sana18.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1210477
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9--1


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK- IQTISODIYOT INSTITUTI
SANOAT TEXNOLOGIYA” fakulteti “KIMYOVIY TEXNOLOGIYA” kafedrasi Himoyaga ruxsat berildi

«STF» fakulteti dekani
Axmedov Sh
« » 2015 yil
«KT» kafedrasi mudiri
dots.O.Panjiyev
« » 2015 yil



BITIRUV
MALAKAVIY ISHI

MAVZU: AMMONIY NITRAT ISHLAB CHIQARISHDA AKKUSTIK GRANULYATOR QURILMASINI TAKOMILLASHTIRISH


(Q=37500 KG/S).


Bajardi: KT-472 guruhi talabasi Usanov S.

Rahbar: dots. Ro`ziyeva Z


AMMONIY NITRAT ISHLAB CHIQARISHDA AKKUSTIK GRANULYATOR QURILMASINI TAKOMILLASHTIRISH
(Q=37500 KG/S).


Reja:


Kirish.



  1. Umumiy qism.




    1. Ammiakli selitra ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy asoslari

    2. Ammiakli selitra ishlab chiqarishning chet ellardagi texnologiyalari 1.3.Kam energiya sarflash orqali ammoniy nitrat olish.


  1. Texnalogik qism.

    1. Ammiakli selitra ishlab chiqarish texnologik jarayoni




    1. Moddiy balans.




    1. Issiqlik balansi.




  1. Mexnat muhofazasi.

  2. Atrof – muhit muxofazasi.

  3. Iqtisodiy qism. Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar. Ilova.

Kirish


Azotli о‘g‘itlar ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yilguncha faqatgina Chili selitrasi — NaNOz qishloq xо‘jaligida о‘simliklar uchun mineral ozuqa sifatida ishlatib kelingan.
Xozirgi paytda kimyo sanoati korxonalarida turli xildagi azotli о‘g‘itlar ishlab chiqarilmokda.
Azotli о‘g‘itlarning asosiy turlari: ammiakli (ammiak), ammoniyli (ammoniy tuzlari — fosfat, sulfat, xlorid va boshqalar), ammoniy nitratli, nitratli (nitrat kislotaning kalsiyli, kaliyli, natriyli selitralari) va amidli (karbamid — (NN2)2SO, kalsiy sianamid — Sa(SN)2 va boshqalar) о‘g‘itlar xisoblanadi.
Bundan tashqari bu tuzlar asosida aralash va murakkab о‘g‘itlar, suyuq azotli о‘g‘itlar — ammiak va ammiakli suv, aminlar va boshqa tuzlarning suvli eritmalari ishlatiladi.
Ushbu bobda ozuqa sifatida faqatgina bir komionentli — azotli о‘g‘itlar xaqida sо‘z yuritiladi.
Ammmoniyli va nitratli tuzlarning kо‘pchiligi hamda karbamid suvda yaxshi eriydi. Ulardagi azot о‘simliklarga yaxshi о‘zlashadi (ayniqsa, N03- ning tuproqda xarakatchanligi yuqori bо‘ladi).
Ammoniyli о‘g‘itlar uchun xom ashyo sifatida ammiak, nitratli о‘g‘itlar uchun esa nitrat kislotasidan foydalaniladi. Ular esa atmosferadagi bexisob miqdordagi azotdan olinadi.
    1. Ammiakli selitra ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy asoslari


Ammoniy nitrat (NH4)2N03 ni ammiakli selitra deb ham yuritiladi. Ma’lumki, ammoniy nitrat — ammiak va nitrat kislotasining о‘zaro ta’sirlashuv jarayonida hosil bо‘ladi. Shuning uchun avvalo nitrat kislota hosil bо‘lish jarayoni bilan tanishishimiz zarur. Azotning vodorod bilan ta’siri natijasida ammiak sintez qilinadi:
N2+ZN2 2NNz





Ammiak sintezi issiqlik effekti, xarorat va bosimga bog‘liq, bо‘ladi.
Odatda past bosimli (10-15 MPa), о‘rta bosimli (25-bOMPa) va yuqori bosimli (60-100 MPa) jarayonlar ma’lum. Xarorat esa 400-500°S oralig‘ida bо‘ladi. Bu jarayon katalizatorsiz juda sust kechadi.Amaliy ishlab chiqarishda о‘rta bosimli jarayon temir katalizator (promotorlari: A12O3, K2O va SaO) lar ishtirokida olib boriladi. Kontakt jixozidan chiqayotgan gaz tarkibida 14-20% ammiak bо‘ladi. U sovutilishi natijasida ammiak kondensatsiyalanadi, azot-vodorodli aralashma siklga qaytariladi. Xozirgi vaqtda quvvati 150 dan 1500 t/kunli sintez qolonnalari ishlatilmoqda.
Nitrat kislotasi esa ammiakning oksidlanishi natijasida hosil bо‘ladi. Bu jarayon azotning oksidlanish darajasi о‘zgarishi bilan sodir bо‘ladi:
Sanoat korxonalarida suyultirilgan nitrat kislota olinadi. Bunda quyidagi jarayonlar sodir bо‘ladi:

      1. Ammiakning azot oksidigacha kontaktli oksidlanishi:

4NNz + 502 = 4NO + 6N20 + 907,3 kj

      1. Azot oksidining dioksidgacha oksidlanishi:

2NO+02=2N02+124kj

      1. Azot dioksidning suv bilan absorbsiyasi:

Z NO2 + N20 = 2N NOz + N0 + 136,0 kj
Bu jarayonda platina va uning temir, marganets, kobalt va о‘z guruxidagi metallar oksidlari bilan kotishmalari ishlatiladi.
Agar katalizator ishlatilmasa (xarorat 900°S dan yuqorida), ammiak erkin xolatdagi azotgacha oksidlanadi xolos:
4NNz + 302 = 2N2 + 6N20 + 1269,1 kj
Ammiakni katalitik oksidlash natijasida azot oksidining hosil bо‘lish unumini 98% gacha yetkazish mumkin.
Jarayonni ishlab chiqarish korxonalarida atmosfera bosimida 700-800°S xaroratda, yuqori bosim esa 800-900°S xaroratda olib boriladi. Xavo — ammiak aralashmasida 1,25 mol 02 ga 1 mol NN3 berilishi kerak. Reaksiya tezligini va azot oksidining miqdorini oshirish uchun amalda O2;NN3 miqdoriy nisbati 1,7-2,0 oralig‘ida olinadi.
Odatda suyultirilgan nitrat kislotasi (47-50% li) olish quyidagi turlicha sistemalarda olib borilishi mumkin: 1) atmosfera bosimida; 2) yuqori bosimda; 3) kombinatsiyalashgan, ya’ni ammiakni oksidlash jarayoni (3-4)*10 Pa bosimda, N0 ni
oksidlash va N02 ni suv bilan absorbillash jarayonlari esa (8-12)* 10 Pa bosimda va odatdagi xaroratda olib boriladi. Bosimni 1 MPa ga kо‘tarish orqali 60-62% li nitrat kislotasi olish mumkin.
Ammiakli selitra ishlab chiqarish texnologiyasini bayon etishdan avval bu modda xaqida batafsil ma’lumotga ega bо‘lish zarur.
Ammiakli selitra (NN4NO3) asosan о‘simliklar uchun mineral ozuqa sifatida ishlatiladi. U atmosfera bosimida va —50°S dan 169,60S gacha xarorat oralig‘ida besh xil kristallik shaklida bо‘ladi. NN4NO3— N2O izotermik diagrammasida (2.1-rasm) ammoniy nitratning I-1U turli kristall shakli uchun xarorat oraliqlari kо‘rsatilgan. U 169,6°S da suyuqlanadi va U-shakli esa-16,9°S; dan quyi xaroratdagina tо‘g‘ri
bо‘ladi. Kristall shakllarining о‘zgarish chegarasi hamda xarorati ammiakli selitraning namligi va tarkibidagi qо‘shimchalar miqdoriga bog‘liq bо‘ladi. Ammoniy nitrat suvda yaxshi eriydi. Uning 100°S xaroratdagi eruvchanlik koeffitsiyenti 1000 kg N2O da 10000 kg dan ortiqroq NH4NO3 ga tengdir. Ammoniy nitratning suvli eritmasini kristallanish xaroratidan yuqorirokda bug‘latilsa, tamoman suvsiz suyulgan tuzga aylanadi. U о‘ta gigroskopik modda xisoblanadi 30°S xaroratda tо‘yingan eritmasi (70,2% li) ning yuzasidagi bо‘g‘ bosimi -2,46 KPa (yoki 18,5 mm.sim.ust.) atrofida, gigroskoiik nuqtasi esa 60% atrofida bо‘ladi. Bunda xavoning nisbiy namligi 60% dan yuqori bо‘lganda u namlanib qoladi. Ammoniy nitrat gigroskopikligi va uni xavodan nam tortish tezligi unga eruvchan noorganik tuzlar qо‘shilganda ortib boradi. Masalan, 1,2% magniy nitrat qо‘shilsa, ammoniy nitratning gigroskopik nuqtasi 8-12% gacha pasayadi, nam tortish tezligi esa oshadi.
Suvda yaxshi eruvchanligi, eruvchanlik koeffitsenti yuqoriligi, gigroskopikligi va polimorf о‘zgaruvchanligi sababli ammoniy nitrat kristallari о‘zaro yopishib, qattiqlashib qoladi. Sepiluvchanligi yо‘qolib, uni ishlatish qiyinlashadi.
Ammoniy nitratning yopishqoqligini kamaytirish uchun:

  1. Mahsulot tarkibida juda oz miqdorda (0,2%) suv qolguncha bug‘latiladi, donadorlanadi va sovutiladi. Bunda 32, 30S dan quyi xaroratda turg‘un, (stabil) bо‘lgan uning 1U-shakli hosil bо‘ladi.

  2. Mahsulot kristallanguncha turli qо‘shimchalar qо‘shiladi. Bunday qо‘shimchalar sifatida magnezit yoki dolomitni nitrat kislotada parchalash yо‘li bilan olingan magniy nitrat, kalsiy va magniy nitratlari, fosforit yoki apatitni nitrat kislotada parchalash orqali hosil qilingan mahsulotlar, diammoniyfosfat, ammoniy sulfatlardan foydalaniladi. Bunda magniy nitrat Mg (NOz)2N2O kristallogidratini hosil qilib, ammoniy nitratning II-shaklini III-ga о‘tishini sekinlashtiradi va II-shaklini IV-ga metastabil о‘tishini va donalar mustaxkamligini ta’minlaydi.

Qotmagan mahsulotga erimaydigan moddalarni qо‘shish esa donalarning mayda kristall struktura xolida qotishiga, zichligi oshishi va mustaxkam bо‘lishiga yordam beradi.

  1. Mahsulot donalariga sirtaktiv moddalar bilan ishlov berilib, gidrofob qatlam hosil kilinadi. Buning uchun naftalin-formaldegid (NF) ning 40% li eritmasi ishlatiladi. Mahsulot polietilen yoki qog‘oz qoplarga solinib, og‘zi maxkam tiqiladi.




1.1.1- rasm. NN4NOz ning suvda eruvchanligi.
Kristallar shakli: I — kubsimon; II — tetragonal; III — rombik-monoklenik; IV
— bilromidal rombik; V — tetragonal.


Ammoniy nitrat 110°S xaroratdan yuqorida parchalana boshlaydi: NN4NOz → N Nz(g) +N N Oz(g) - 174,4 kj
Bu reaksiya sekin sodir bо‘ladi. Masalan, 1650S xaroratda bir sutka davomida
massa jixatdan 6% miqdori parchalanadi. Namlik ortishi bilan parchalanish tezligi ham ortadi. Xarorat 200-270°S da parchalanish tezligi yanada ortadi:
NN4NOz -> N20(g) + 2N20(g) + 36,8 kj
Xarorat 400-500°S gacha tez kо‘tarilsa, parchalanish reaksiyasi portlash bilan sodir bо‘ladi:


NN4NOz -> N2 + 2N2O + 0,5O2 + 118 kj
Amalda 3000S, xarorat portlashga sabab bо‘ladi. NN4NOz ning mineral kislotalar va yengil oksidlanuvchi (moylovchi va boshqa organik moddalar kabi)
qо‘shimchalar ishtirokida portlashi tezlashadi. Toza xolatda esa zarbaga chidamli, lekin yopik muxitda qizdirish natijasida portlashi mumkin. Portlash xususiyatini kamaytirish maksadida unga karbamid (0,05-0,1%), kalsiy karbonat, magniy karbonat va boshqa qо‘shimchalar qо‘shilishi mumkin.
Ammoniy nitratdan portlovchi moddalar ishlab chiqarish xom ashyosi sifatida ham foydalaniladi. Bunda yogoch kukuni va organik materiallar, ammonallar (alyuminiy kukunli aralashmalari) va boshqalar qо‘shiladi.
Bunday aralashmalar detonator ishtirokida portlatiladi. Davlat standarti buyicha donadorlangan ammiakli selitraning yuqori sifatli A va B kategoriyali (oliy nav) va 1- kategoriyali (1-nav) turlari mavjud. Qishloq xо‘jaligida va sanoatda qо‘llaniladigan ammiakli selitra tarkibida NN4NOz ning miqdori 98% dan kam emas. B markali ammiakli selitraning oliy navida 34,4% N, 1-navida esa 34,0% N bо‘ladi. Suv (namlik) esa sulfat va sulfat-fosfat qо‘shimchali ammiakli selitrada 0,2% dan kо‘p emas (B markali 1-navda esa 0,3% dan kо‘p emas). Suv tо‘tuvchi qо‘shimcha 0,3% bо‘lsa, bu miqdor 0,6% ga yetishi mumkin. Yuqori sifat kategoriyali A va B markali ammiakli selitra tarkibidagi qо‘shimchalar miqdori: kalsiy va magniy nitrat SaO (Mg0) xisobida 0,2-0,5%, fosfatlar (RAP) R2O5 xisobida 0,5-1,2%, ammoniy sulfat 0,3-0,7%, ammoniy sulfati va fosfatlari 0,4-0,6% bо‘ladi. B markali 1-navda esa qо‘shimchalar miqdori meyorlanmaydi. Ammiakli selitra 10% li suvli eritmasining rN muxiti barcha navlarda: sulfat-fosfat qо‘shimchasi bо‘lsa 4,0 va boshqa qо‘shimchasi bо‘lsa 5,0 ga teng bо‘ladi.
Ammiakli selitraning donadorlik tarkibi: A markada 1-3 mm li donachalar 93% dan kam emas; B markada 1-4 mm li donachalar 95% dan kam emas (shuningdek barcha yuqori navlarda 2-3 mm li donachalar 50% dan kam emas). Barcha navlarda 1 mm dan kichik donachalar 4% dan ortiq emas.
Ammoniy nitrat donachalarining statik mustaxkamligi: A marka uchun 5 N, B marka uchun 7 N va 1-nav uchun 5 N bо‘ladi. Sepiluvchanligi har ikkala marka uchun ham 100% bо‘ladi. Buning uchun 5 qop ammiakli selitra 1 m balandlikdan yerga tashlanadi, teshiklari 5 mm bо‘lgan elakdan 1 minutda tо‘la о‘tishi kerak.
Ammiakli selitra yong‘inga xavfli bо‘lib, isitgichlardan xoli bо‘lgan xonalarda saqlanadi. Boshqa moddalar bilan birgalikda saqlanmaydi va bir joydan boshqa joyga tashilmaydi.

    1. Download 0.65 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling