Sanoat texnologiya


Download 0.65 Mb.
bet7/8
Sana18.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1210477
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9--1

Atrof-muhit muhofazasi (yangi varaqdan)



Neft-gaz sanoatining jadal rivojlanishi zahiraning keskin kamayishiga, shuningdek, atmosfera havosining SO2 gazi bilan ifloslanishiga olib kelmoqda va buning natijasida butun insoniyat global isish, suv toshqinlari, yer osti silkinishlari va boshqa ekologik falokatlardan aziyat chekmoqda. Demak, ekologik talab va meyorlarga amal qilish inson faoliyatining asosiy shartlaridan biriga aylanib bormoqda.


Ekologik muammolarni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bо‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi kо‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liq. Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik falokatning g‘oyat xavfli zonalaridan biri vujudga kelganini ochiq aytish mumkin. Vaziyatning murakkabligi shundaki, u bir necha о‘n yillar mobaynida ushbu muammoning inkor etish natijasida emas, balki mintaqada inson hayot faoliyatining deyarli barcha sohalari ekologik xatar ostida qolganligi natijasida kelib chiqqandir.
О‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda quyidagi asosiy muammolar mavjud:


Yerning cheklanganligi va uning sifat tarkibi pastligi bilan bog‘liq xatar tо‘xtovsiz ortib bormokda.

Suv zahiralarini keskin taqchilligi hamda ifloslanganligi katta tashvish tug‘dirmoqda. Respublikamizning daryolari, suv omborlari va hatto yer ustki suvlari ham har taraflama inson faoliyati ta’siriga uchramoqda.


Orol dengizining qurib borish xavfi keskin muammo, aytish mumkinki, milliy kulfat bо‘lib qoldi. Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik falokatlardan biridir.
Havo bо‘shlig‘ining ifloslanishi ham Respublikada ekologik xavfsizlikka solinayotgan tahdiddir.
Atmosferada uglerod yig‘indisining kо‘payib borishi natijasida о‘ziga xos keng kо‘lamda issiqxona effekti vujudga keladi. Oqibatda yer havosining о‘rtacha harorati ortib bormoqda.
Bu muammolarni hal qilish maqsadida davlatimiz tomonidan bir qator Qonunlar qabul qilinib, ular Respublikamizdagi ekologik ahvolni yaxshilashga qaratilgandir. 1992 yil 9 dekabrda О‘zbekiston Respublikasi «Tabiatni muxofaza kilish tо‘g‘risida»gi ; 1993 yil 6 mayda «Suv va suvdan foydalanish tо‘g‘risida»gi; 2002 yil 5 aprelda «Chiqindilar tо‘g‘risida»gi Qonunlar qabul qilindi.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbaalarga asosan sanoat korxonalari, transport, issiqlik elektrostansiyalari, chorvadorlik komplekslari kiradi. Bu manbaalarning har biri о‘ziga xos maxsus ifloslantiruvchilarni hosil qiladi. Masalan, plastmassani qayta ishlash korxonalari, gaz-chang
chiqindilari tarkibida destruksiya jarayoni natijasida hosil bо‘ladigan stirol, fenol birikmalari, uglerod oksidlari, etilen, uglevodorodlar va boshqa moddalar bо‘lishi mumkin. Atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar uzluksiz, vaqti-vaqti bilan va bir zumda katta miqdorda kelib tushishi mumkin. Chiqindilarni bir zumda havoga kelib tushishi avariya holatlarida, portlashlarda, qattiq chiqindilarni kuydirish yо‘li bilan zararsizlantirilganda kuzatiladi.
Havoni gazlardan tozalash


Havoni gazlardan tozalashda tо‘rt xil usul qо‘llaniladi.

1. Absorbsiya usuli – gazlarni suyuq moddalarda yutib olish. Absorbent sifatida suv, ishqor eritmalari, ammiakli suv ishlatiladi. Tuzilishi jihatidan absorbentlar yuzali nasadkali, barbotajli turlarga bо‘linadi.



  1. Adsorbsiya usuli – gazlarni g‘ovaksimon qattiq jismlarda yutib olish, adsorbentlar sifatida aktivlangan kо‘mir, tuproq, silikagel, siolitlar, alyumogel ishlatiladi.

  2. Katalitik usul yordamida havoning tarkibidagi zaharli gazlarni zaharsiz moddalarga aylantiriladi.

  3. Termik usulr yuqori harorat ta’sirida (900-10000 S) havoning tarkibidagi gaz aralashmasi yoqilg‘i bilan birgalikda kuydirib yuboriladi.

Ishlab chiqarish jarayoni va chiqarilayotgan mahsulotlarning atrof muhitga zararli ta’sirini chegaralovchi talablar:

  • Ishchi bо‘lim va atmosferaga portlashdan xavfli va zararli gazlarni chiqishini oldini olish maqsadida texnologik apparatlar va kommunikatsiya uskunalari germetik zich yopiladigan bо‘lishi kerak;

  • Yengil alangalanuvchi suyuqliklarni haydash uchun salnikli zichlantiruvchi о‘rnatilgan yuqori mustahkamlikka ega nasoslardan foydalaniladi;

  • Oqova suvlarni chiqarib tashlashda doim laboratoriya nazorati о‘rnatilgan bо‘lishi kerak;

  • Texnologik jihozlardan zaharli va yong‘inga qarshi moddalarni kanalizatsiya sistemasiga chiqarish hatto avariya holatida ham qat’iyan taqiqlanadi. Apparatlarni tо‘kib bо‘shatishda faqat suv tо‘kiladi, neft mahsulotlari yoki reagentlar emas;

- Himoya klapanidan SPPK dan avariya holatidagi tо‘kish fakat xavfsiz joyga amalga oshiriladi. Himoya klapanidan SPPK dan chiqadigan oqovalar balandligi apparat ishchi maydonidan 5 m dan kam bо‘lmagan va yer sathidan esa 6 m dan kam bо‘lmagan balandlikda joylashishi kerak;

  • Zaharli ingridiyentlarni chiqarib tashlovchi va tarqatib yuboruvchi ventilyatsion moslamalar balandligi sanoat maydonchalarida ruxsat etilgan konsentratsiya darajasidagi zaharli moddalar konsentratsiyasini ta’minlab berishi kerak;

  • Havoni ifloslantirmaslik maqsadida apparat va kommunikatsiyalarni ta’mirlashdan avval, ularni mahsulotlardan butunlay bо‘shatish kerak;

  • Sovutgichlardan chiqadigan qaytarma suv neft mahsulotlari va reagentlardan xoli bо‘lishi kerak;

  • Kompressor xonalarida havo muhiti avtomatik portlashdan avvalgi konsentratsiya signalizatorlari bilan nazorat qilinishi kerak.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling