Sanoat texnologiya
Download 0.65 Mb.
|
9--1
TEXNOLOGIK QISMAmmiakli selitra ishlab chiqarish texnologik jarayoni Nitrat kislotasini ammiak gazi bilan neytrallash natijasida ammoniy nitrat, ya’ni ammiakli selitra hosil qilinadi: NNz(g) + NNOz(s) =NN4Oz(k) + 144,9 kj Bu geterogen sistema ekzotermik jarayon bо‘lib, katta tezlik bilan boradi va kо‘p miqdordagi issiqlik ajralib chiqadi. Sanoatda bu issiqlikdan reaksiya natijasida hosil qilingan eritmaning konsentratsiyasini oshirishda unumli foydalaniladi. 47-60% li nitrat kislotasini ammiak gazi bilan neytrallash natijasida ammoniy nitrat eritmasi hosil bо‘ladi. Bu eritmani bug‘latishda neytrallanish issiqligidan foydalaniladi. Bunda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori nitrat kislotasining konsentratsiyasiga tо‘g‘ri proporsional ravishda bog‘liq bо‘ladi. Olinadigan eritmadagi ammoniy nitrat miqdori reaksiya uchun olingan nitrat kislotasi konsentratsiyasiga proporsional о‘zgaradi hamda neytrallanish issiqligidan foydalanilganda uning eritmadagi miqdori oshib boradi (2.1.1 - rasm). 10O 105 110 kJ 1 mol NN4 NOz ga 2.1.1rasm. Nitrat kislotasini gaz xolidagi ammiak bilan neytrallash issiqligi — (atmosfera bosimi va 18°S da) NN03, % 2.1.2-rasm. Eritmadagi NN4NOz miqdorining reaksiya uchun olingan NN03- konsentratsiyasiga bog‘liqligi (700 S) 1 — reaksiya issiqligidan foydalanilganda (issiqlik yо‘qotilishii 3% atrofida); 2 — issiqlikdan foydalanilmagan xolda. Reaksiya muxitidan issiqlikni chiqarib turish faqatgina undan unumli foydalanishgina emas, balki reaksiyadan unumli foydalanish uchun ham zarurdir. Chunki, issiqlik oshib borgan sayin nitrat kislotasi va ammoniy nitratning parchalanish jarayonlari sodir bо‘lib, azotning yо‘qotilishiga sabab bо‘ladi. Bu esa issiqlikdan neytrallash jarayonida foydalanishni murakkablashtiradi. Natijada yangi texnologik sharoit va jixozlarni yaratish majburiyatini tug‘diradi. Ilk bora ma’lum bо‘lgan usullarda reaksiya issiqligidan foydalanilmas va ammoniy nitrat eritmasi suvli sovutgich orqali о‘tib, neytrallash jixozi (reaktor) va ammiak yutgich (absorber) oralig‘ida aylanar edi. Keyinchalik bu usul о‘rnini boshqasi egalladi, ya’ni eritma neytrallash jixozidan vakuum-bug‘latgichga beriladigan bо‘ldi. Bu usulda neytrallash 180-200°S xarorat va 0,35-0,6 MPa bosimda olib boriladi. Bug‘latish esa atmosfera bosimida yoki undan pastroq bosimda о‘tkaziladi. Bunda hosil bо‘lgan bо‘g‘ bug‘latiladigan ammoniy nitrat eritmasining konsentratsiyasini 75-80% dan 95-99% gacha vakuum-jixozida bug‘latish uchun ishlatiladi. Bu usullarning barchasi eritmani reaksiya muxitida qaynab ketishdan saqlaydi. Bizda qо‘llaniladigan usullarda reaksiya issiqligidan foydalanishda neytrallash jixozining о‘zi ishlatiladi. Bunda neytrallanish bilan bir paytda eritma qaynaydi va bо‘g‘lanadi. Bunday jixozni neytrallanish issiqligidan foydalanuvchi (NIF) deb ataladi . Ilgarilari sanoatda 47-57% li nitrat kislotasi ishlab chiqarilar edi. NIF da neytrallash natijasida 62-83% NN4NOz eritmasi olinar va undan 98,7% li ammoniy nitrat suyuqlanmasini hosil qilish uchun uch bosqichli vakuum-bо‘g‘latgichdan foydalanilgan. Bu jarayonda NIF da hosil bо‘lgan bug‘ va qо‘shimcha bug‘dan samarali foydalanilgan. Suyuqlanmani donadorlash jarayoni esa diametri 12-16 m va balandligi 30-35 m bо‘lgan kislotabardosh g‘isht bilan qoplangan, sovuq xavoning qarama-qarshi oqimidan foydalanuvchi temir-betonli minorada amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish quvvati sutkasiga 450-600 tonna ammiakli selitra bо‘lgan, eskirgan bunday qurilmalar xozirda ham ayrim korxonalarda ishlatilmoqda. XX asrning oltmishinchi yillaridan boshlab 58-60% li nitrat kislotasi ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yilgan. Sо‘tkasiga 1360-1575 tonna mahsulot ishlab chiqariladigan ammiakli selitra (AS) qurilmalari ishlab kelmokda. Bunday qurilmalar AS-67, AS—72 va AS-72M (takomillashgan) yuqori texnik darajada ishlangan, avtomatlashgan, samarali usul va sharoitlar barpo qilingan bо‘lib, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Ular jixozlarining joylashishi, tuzilishi, texnologik tartibi bilan о‘zaro farqlanadi. AS-67 qurilmasida sulfat qо‘shimcha (eritmaga sulfat kislota) qо‘shish, AS-72 da — sulfat-fosfat qо‘shimcha qо‘shish va AS-72M da esa magnezial (magniy nitrat) qо‘shish bilan amalga oshiriladi. Texnologiyada asosiy jixoz NIF xisoblanadi (2.1.3.-rasm). NIF -72 OZX18N11 va 12XN10T markali zanglamaydigan pо‘latdan tayyorlangan bо‘lib, ikkita silindrik qismdan: ostki reaktor sismi (f= 1,6 m) va ustki seperatsiya qismi (F= 3,8 m) dan iborat. Umumiy balandligi 10 m ni tashkil etadi. 2.1.3.- rasm. NIF jixozi: (N-10 m): 1-pastki neytrallagich qobig‘i (f-1,6 m); 2-reaksiya stakani (F=1.2 m); (N=4.3 m); 3-titanli ammiak purkagich; 4-nitrat kislota purkagich; 5-girdoblagich; 6-reaktor kobigi; 7-qalpokli tarelka; 8-tо‘rli tomchi tutgich. Reaktor qismida qobiq 1 ning ichida reaksiya stakani 2 (F=1,2 m, N = 4,3 m) bо‘lib, ostida teshiklari bо‘ladi. Reaktor ostiga titan purkagich 3 va 4 orqali ammiak va nitrat kislotasi purkaladi. Purkagich teshigida ammiak oqimining tezligi 30-50 m/sek bо‘ladi (3 mm diametli 6650 ta teshik bor). Nitrat kislotasining oqim tezligi esa 2-3 m/sek ga yetadi (purkagichda 1,5 mm diametrli 2160 ta teshik bor). Hosil bо‘lgan NN4NOz eritmasidagi ma’lum miqdor suv reaksiya issiqligi ta’sirida bug‘lanadi. Natijada kо‘taruvchi kuch hosil bо‘ladi va bug‘-suyuq, emulsiya girdoblagich 5 orqali reaksiya stakani yuqorisiga sochiladi. Buning natijasida bug‘- suyuq aralashma о‘zaro ajraladi. Ajralgan suyuqlik jixoz qobig‘i va reaksiya stakani orasidagi tirqish orqali reaktor tubiga tushadi. Stakanga uning ostki teshigidan kiradi (tirqishda ham bug‘lanish davom etadi). Reaksiya muxitida reagentlar juda qisqa muddat (0,5-1 sek) bо‘lishi sababli nitrat kislotasi va ammoniy nitratning parchalanishi hamda ularning erkin azot xolatida yо‘qolishi juda oz bо‘ladi. Jixozning yuqori qismida separator 6 bо‘lib, tomchili bug‘ 0,6 m/sek tezlikda kо‘tarilib, tо‘rtta barbotaj qalpoqli tarelkali 7 da yuviladi. pastidagi 2 ta tarelkada nitrat kislotasi bilan kislotaligi oshirilgan 20-25 % li hosil bо‘lgan NN4NOz eritmasi yordamida bug‘ ammiakdan yuviladi. Yuqoridagi ikkita tarelkada esa tomchili bug‘ kondensati yordamida hosil bо‘lgan NNOz bug‘i va NN4NOz eritmasi tomchilaridan yuviladi. Tomchilardan tamomila xoli bо‘lishni qaytargich 8 da amalga oshiriladi. Yuvindilar NIF ga qaytariladi. 2.1.4-rasm. Kombinatsiyalangan bug‘latgich jixozi N-16m (08X22N6T): 1-qobiq.-quvurli qism; 2-konsentratsiyalash qismi (F-2,8m, N-6m); 3-teshikli tarelkalar; 4- issiqlik kiritish quvurlari (F-28m, N-6,4m); 5-tozalash qismi; (F-3,81); 6-turli tomchi qaytargich; 7-teshikli tarelkalar. NIF da olingan ammoniy nitratning konsentrlangan (-90%) eritmasini kombinatsiyalangan bug‘latgich jixozida bug‘latib bu tuzning suyuqlanmasi olinadi (5-rasm). Bu jixoz 08X22N6T markali pо‘latdan tayyorlangan bо‘lib, uning umumiy balandligi 16 m tashkil etadi va asosiy qobiq-quvurli (F= 2,8 m, N = 6,4m) qismi NN4NOz eritmasini bug‘latishga xizmat qiladi. Eritma unga quvurlarning ichki devoridan oqib tushadi. Issiqlik manbai sifatida foydalaniladigan 1,3-1,5 MPa bosimli bug‘ni quvurlararo bо‘shliqqa beriladi va issiq (180°S) xavo quvurlar ichida tomayotgan eritmaga qarshi yuboriladi. Xavo esa jixozning konsentratsiyalovchi qismi 2 (F=2,8 m, N-6 m) ostidan kiradi va unda joylashgan 5 ta teshikli (elakli) tarelkalar 3 dan о‘tib boradi. Konsentrlash qismining yuqorisidagi uchta tarelkalarida issiqlik beruvchi ilonizi quvurlar bо‘ladi. Bu jarayonni amalga oshirishda xavoning namligi 20 g/kg dan oshmasligi lozim. Konsentrlash qismidan xarorati 175-185°S bо‘lgan 99,7% li NN4Oz suyuqlanmasi oqib tushadi. Jixozning yuqori tozalovchi qismi 5 da (F=3,8m) ikkita teshikli (elakli) tarelka 7 lar bо‘lib, yuqorisidagi tarelka kondensat bilan, ostki tarelka esa ammoniy nitrat eritmasi bilan yuvilib turadi. Ular kirayotgan NN4NOz eritmasini qisman bug‘latish va bug‘-xavo aralashmasini yuvishga xizmat qiladi. Ammiakli selitra ishlab chiqaradigan qurilma AS-72M ning texnologik sxemasi 2.1.5.- rasmda kо‘rsatilgan. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling