Sanoat texnologiya


Download 0.65 Mb.
bet3/8
Sana18.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1210477
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9--1

1.3.Kam energiya sarflash orqali ammoniy nitrat olish.
Ma’lum bо‘lgan barcha turdagi sxemalar bо‘yicha ammiakli selitra olishda nitrat kislotasini xattoki bosim ostida ammiak bilan neytrallanganda ham 95% dan yuqori bо‘lmagan konsentratsiyali ammoniy nitrat eritmalari hosil qilinadi. Eritmani suyuqlanma hosil qilinguncha bug‘latish uchun anchagina miqdorda qо‘shimcha issiqlik sarflanishiga tо‘g‘ri keladi.
(«Endjiniring») firmasi tomonidan yaratilgan yangi ammiakli selitra ishlab chiqarishning «AN-2YE» jarayonida bosim ostidagi neytrallash orqali bu kamchilik bartaraf etilgan. Neytrallanish 180°S xaroratda о‘tkaziladi, bu neytrallagichda bosimning 0,4 va 0,8 MPa orasida (jarayonda ishlatiladigan nitrat kislota konsentratsiyasiga bog‘liq xolda) о‘zgarishi orqali ta’minlanadi. Shunday qilib, faqatgina reaksiya issiqligidan foydalanish xisobiga ammoniy nitrat eritmasining konsentratsiyasini 99,7% gacha oshirish imkoniyati yaratiladi. Bu issiqlik bug‘latish jixozining issiqlik almashtirgichiga — neytrallagichdan olinadigan va unga nisbatan past haroratda issiqlik almashtirgichdan qaytariladigan sirkulyatsiyali suyuqlik oqimi orqali uzatiladi. Bunday sirkulyatsiya neytrallagichdagi eritma xaroratini boshqarish imkoniyatini yaratadi. Bu usulning afzalligi texnologik jarayonda tozalanmagan bug‘ hosil bо‘lishi kuzatilmaydi.
Ammiakli selitra ishlab chiqarish turli jarayonlarida reaksiya issiqligi bug‘ hosil qilish uchun ishlatiladi. Atmosfera bosimiga yakin bosim ostida (0,12 MPa) va 135°S xaroratda neytrallanishda 85% konsentratsiyali eritma hosil kilinadi; 180-185°S xaroratda yuqori bosim [-0,4 MPa ostida 75-77% li, 180°S xaroratda 0,4-0,8MPa bosim ostida («AN-2YE» usuli bо‘yicha) esa 65% li eritmalar olinadi. Yuqorida konsentratsiyalari keltirilgan eritmalar — neytrallagichga -60% konsentratsiyali nitrat kislota berilishiga muvofiq keladi.
«AN-2YE» jarayonida neytrallagichdagi xaroratni va shu xarorat bilan reaksiya xarorati orasidagi farqni о‘zgartirish, shuningdek bug‘latish bо‘limidagi vakuumni о‘zgartirish orqali turlicha belgilangan konsentratsiyali ammiakli selitra eritmalarini hosil qilish mumkin. Jarayon shunday boshqariladiki, bunda neytrallagichdagi bosim doimo ayni xaroratdagi eritma kaynash bosimidan yuqorida ushlab turiladi. Bu xolda texnologik bug‘ hosil bо‘lmaydi va odatdagi texnologik sxemalarda ammiakli selitra tomchilarini tutib qolishi uchun va kondensatni texnologik bug‘dan tozalash uchun qо‘llaniladigan qurilmalar talab etilmaydi. Neytrallanish jarayonida azotning yо‘qotilishi nixoyatda oz darajada bо‘ladi.
Jarayonining soddalashtirilgan texnologik sxemasi tasvirlangan.
Neytrallagichdan bug‘latish bо‘limiga issiqlikni tashuvchi ammiakli selitra oqimining sirkulyatsiyasi jarayonning asosi xisoblanadi. Issiqlik almashtirgichdan sо‘ng eritma neytrallagichga qaytariladi. Eritmaning sirkulyatsiyasi nasos yordamida amalga oshiriladi. Bug‘latish bо‘limiga selitra eritmasi oqimining kritilishidan oldin bosim ostidagi eritma redusirlanadi (ya’ni, suyuqlik ustidagi bosim pasaytiriladi), bu esa uning xaroratining pasayishiga olib keladi. Eritmaning bug‘latish xaroratini pasaytirish uchun esa standart vakuum qurilmalari ishlatiladi.
Neytrallagich vertikal kо‘rinishdagi idish bо‘lib, yuqori bosim ostida ishlashga mо‘ljallangan, jixozning ichida tik qiyalikda quvur joylashtirilgan, u orqali eritma bug‘latish jixoziga konsentrlash uchun yuboriladi.
Neytrallagich quvvati unga beriladigan ammiak miqdori bilan aniqlanadi, ammiak miqdori esa kiritiladigan kislota miqdoriga muvofiq kelishi kerak.
Kislotaning ozgina miqdori reaktorning pastki qismidan olinadigan eritma oqimiga Eritmaning rN qiymatini belgilangan darajada ushlab turilishi uchun qо‘shiladi.
Nitrat kislota konsentratsiyasi о‘zgargandagi neytrallash jarayonini tо‘g‘ri boshqarilishi kislota berish yо‘nalishda joylashtirilgan, sezgir element biriktirilgan maxsus xisoblash qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.
55% konsentratsiyali nitrat kislota qizdirgich 1 ga va sо‘ngra Neytrallagich 2 ga tushadi, unga bug‘latgich 4 da bug‘lanadigan gaz xolatdagi ammiak ham beriladi.
Sxemada atmosfera bosimida ishlaydigan neytrallagich kо‘rsatilgan, undan ammoniy nitrat eritmasi vakuum ostida ishlaydigan bug‘latgich 5 ga uzatiladi.
Bug‘latgichdagi vakuum kondensator 7 da texnologik bug‘ni suv bilan kondensatlanishi natijasida hosil kilinadi. Bug‘latgichdan chiqadigan ammoniy nitratning bir qismi bug‘latgich va reaktor о‘rtasida sirkulyatsiyalanadi. Bug‘latgich 5 dan chiqadigan texnologik bug‘ separator 6 dan sо‘ng nitrat kislotani qizdirish uchun qizdirgich 1 da va suyuq ammiakni bug‘latish uchun bug‘latgich 4 da qisman ishlatiladi. Bug‘latgichda hosil qilingan ammoniy nitrat eritmasi qayta neytrallagich 8 ga tushadi, u yerda ammiak gazi bilan -88% konsentratsiyagacha qayta neytrallanadi va bug‘latuvchi jixoz 9 ga uzatiladi, u yerda 95% li konsentratsiyagacha bug‘latiladi. Bug‘latilgan eritma qayta bug‘latish jixoziga beriladi. Hosil qilingan 99,5% li suyuqlanma donadorlash minorasida statik donadorlagichlar yordamida tomchilatiladi (rasmda kо‘rsatilmagan). Elash va sovutish bosqichlaridan о‘tgan mahsulot tarkibida 34,5% azot va 0,4% namlik bо‘ladi. Donachalarning о‘lchami 1-4 mm orasida bо‘ladi. Stabillovchi qо‘shimchalar qо‘shish nazarda tutilgan.
Lozim topilganda 95% li eritmani (qо‘shimcha bug‘latishsiz) donadorlash minorasiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri uzatish orqali g‘ovak selitra olinadi. G‘ovak donachali mahsulotni maxsus qurilmalarda quritish natijasida undagi qolgan namlik yо‘qotilishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan donadorlangan ammiakli selitra ishlab chiqarishning texnologik sxemasi kо‘p jixatdan ishlab chiqarishda qо‘llanilayotgan boshqa sxemalarga о‘xshab ketadi. «Nuago» («Norsk-Gidro») firmasi tomonidan yaratilgan yirik donachalar (7-11 mm li) olish bilan tarelkali (likopchali) donadorlagich ishlatish
orqali 99,5% li suyuqlanmadan changlanmaydigan donador ammiakli (yoki oxakli- ammiakli) selitralar olishning original yuqori xaroratli usuli ham mavjuddir. Jarayonning texnologik sxemasi 12-rasmda kо‘rsatilgan.
«Norsk-Gidro» firmasi quvvati 400 t/sutka bо‘lgan tarelkali donadorlash qurilmasiga egadir. Eng yirik qurilmani (600 t/sо‘tkar Gretsiyada «NNVE» firmasi qо‘rgan. «Soshrashe Rgansa» fransuz firmasi uzining korxonalaridan biridagi eski donadorlash minoralari о‘rniga quvvati 800 t/sutka bо‘lgan «Norsk-Gidro» firmasining sxemasini tanlagan.





1.3.1.-rasm. «Norsk-Gidro» firmasi usuli bо‘yicha tarelkali donadorlagichdan foydalanib donadorlangan ammiakli va oxak-ammiakli tarelkalar texnologik sxemasi:
1-dastur bunkeri; 2-ta’minlagich; 3-tarelkali donadorlagich; 4-baraban; 5- sovutgich; 6-elak; 7-tegirmon; 8-kukunlashtiruvchi barabanlar; 9-skrubber; 10- separator.


«Nuklo» qо‘shimchali donadorlangan ammiakli selitra olish (AQSH). Bu usulning asosiy xususiyati juda mayda maydalangan (0,04 mm) bentonit tuproqlaridan iborat kukunsimon maxsus «Nuklo» qо‘shimchasi ishlatish xisoblanadi. Qо‘shimcha 99,85% li ammiakli selitraga uni donadorlash minorasiga kiritishdan oldin qо‘shiladi. Ayrim xollarda qо‘shimchani bug‘latish jixoziga kiritishdan oldin 95% li eritmaga qо‘shiladi va uni 0,1-0,2% namlikkacha bug‘latiladi.
«Nuklo» qо‘shimchasi siklik qizdirish va sovutishda donachalar buzilishini kamaytiradi, shuningdek donachalar mustaxkamligini oshiradi va uni saqlashdagi yopishqoqligini kamaytiradi.
«Nuklo» qо‘shimchali donadorlangan ammiakli selitra ishlab chiqarish uchun qurilmaning prinsipial sxemasi 2.13-rasmda tasvirlangan.
Gaz xolatdagi ammiak (165°S) neytrallagich 5 ga beriladi, u yerga shuningdek
~38°S xaroratdagi 57% li nitrat kislota ham kelib tushadi. Neytrallagichdan 83% li ammiakli selitra eritmasi buferli bak 6 orqali nasos 7 bilan bug‘latish jixozi 3 ga uzatiladi va u yerga suyuqlik quvur ichki devori bо‘yicha sizib chiqadigan yupqa plenka xolatda oqib tushadi. Bug‘latish jixozining ostki qismidan qizdirgich 1 da 180°S xaroratgacha bug‘ bilan qizdirilgan xavo beriladi. Xavo sarfi (-270 m /t selitra uchun) 6770 mz/s ni tashkil etadi. Bug‘latilgan suyuqlanma (99,85% RAtmosferaga «Nuklo» qо‘shimachasi -Z22ins

1.3.2. rasm. «Nuklo» qо‘shimchali donadorlangan ammiakli selitra ishlab chiqarish uchun prinsipial sxemasi:
1-qizdirgich; 2 -ventilyatorlar; 3-bug‘latuvchi jixoz; 4-bunker; 5-neytrallagich; 6- bak; 7-nasos; 8 -bak-aralashtirgich; 9-botirma nasos; donadorlash minorasi; 11,19-
sinklonlar; 12-sovituvchi baraban; 13-suvli bak; 14-elak; 15-distilyatorlar; 10 - yirtgich; 17 — transportyor; 18 — bunker; 20 — kukunlash uchun baraban; 21 - aspirator.
Donadorlash minorasida suyuqlanma tomchilari (donachalarr 26 m balandlikdan tushadi. Minora alyuminiydan yasalgan va metall kaskadga maxkamlangam bо‘ladi. Minora orqali 470 m2/s xavo uning yuqori qismidagi tо‘rtta ventilyator orqali surilib, atmosferaga chiqib ketadi. 1 tonna mahsulot ishlab chiqarish xisobida -2,3 kg mahsulot havo bilan yо‘kotiladi.
Qaynoq (120°S) donachalar minoraning ostki qismidan tebranuvchi transportyorlar yordamida sovutish barabani 12 ga uzatiladi, u orqali sovituvchi xavo о‘tkaziladi. Sovutgichdan chiqadigan donachalarning xarorati ~45°S bо‘ladi.
Sovutgichdan chiqadigan xavo esa siklon 11 da changdan tozalangach, atmosferaga chiqarib yuboriladi. Siklonda yig‘ilgan chang bak 13 da suv bilan eritiladi va eritma siklga qaytariladi.

  1. Download 0.65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling