Fizikaviy kimyo Mavzu; Kristallogidratlarning hosil bo`lish issiqligini aniqlash


Download 122.52 Kb.
bet2/4
Sana15.12.2022
Hajmi122.52 Kb.
#1007584
1   2   3   4
Bog'liq
Fizikaviy kimyo slayd

Kristallogidratlar (kristallar va gidratlar) — tarkibida suv boʻlgan kristall birikmalar. Gidratlanish issiqligi deb 1 mol suvsiz qattiq tuzga tegishli miqdordagi kristallizasiya suvning biriktirib barqaror kristallogidrat hosil qilish jarayonida ajralib chiqqan issiqlikka aytiladi. CuSO4•5H2O kristallogidratining hosil bo’lish issiqligini eksperi-mental usulda aniqlash qiyin. Chunki bu jarayonda turli tarkibdagi kristallogidratlar hosil bo’ladi. Agar dastlabki holat sifatida suvsiz CuSO4 tuzini olsak, u holda Cu2+ va SO42- gidratlangan ionlarini eritmada ikki xil yo’l bilan hosil qilish mumkin. Bevosita CuSO4 ni eritish va kristallogidrat hosil qilib so’ngra uni eritish yo’li bilan: 
1.2.Moddalarning erish issiqlik jarayonlari va xarakteristikasi.
Moddalarning erishida issiqlik effekti sodir bo'ladi: moddaning tabiatiga qarab issiqlik chiqadi yoki yutiladi. Suvda masalan, kaliy gidroksid, sulfat kislota eriganida eritma qattiq qizib ketadi, ya’ni issiqlik chiqadi, ammoniy nitrat eritilganda esa eritma qattiq soviydi, ya ’ni issiqlik yutiladi. Birinchi holda ekzotermik jarayon (H<0), ikkinchi holda esa endotermik (H>0) jarayon amalga oshadi. Erish issiqligi H= bu 1 mol modda eriganda ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdoridir.
Tuzlar suvda eriganda issiqlik yo yutiladi, yoki chiqadi. Modda xolati o`zgarganda va ximiyaviy reaksiya bo`lganda chiqadigan issiqlik effektini termoximiya o`rganadi. Rus akademigi G.I.Gess kashf qilgan qonun termximiyaga asos soladi.
Tuzlar suvda eriganda issiqlik yo yutiladi, yoki chiqadi. Modda xolati o`zgarganda va ximiyaviy reaksiya bo`lganda chiqadigan issiqlik effektini termoximiya o`rganadi. Rus akademigi G.I.Gess kashf qilgan qonun termximiyaga asos soladi. Bu qonunga muvofiq, revksiyaninig issiqlik effekti o`zaro tasir etuvchi moddalarntng dastlabki va oxirgi holatlariga bog’liq bo`lib, shu moddalarning bir holatdan boshqa holatga qanday yo`l bilan o`tganiga bog’liq emas. Modda o`zgarishining issiqlik effektinii bevosita aniq o`lchab bo`lmaydigan hollarda shu qonundan foydalanib, uning qiymati hisoblab topiladi. Masalan, kristallogidrat hosil bo`lshida chiqadigan issiqlik qiymatini bevosita aniq o`lchash qiyin, chunki suvsiz qattiq modda bilan suvda kristallogidratlar hosil bo`lish reaksiyasi dastlab suvsiz modda kristallchalari sirtqi qavatlarida suv bilan ta’sir etib bo`lguncha tez boradi, keyin esa reaksich juda sekinlashib qoladi

Download 122.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling