Issiqlik almashinish


Download 20.26 Kb.
bet1/3
Sana08.03.2023
Hajmi20.26 Kb.
#1251219
  1   2   3
Bog'liq
Bugʻlanish


Bugʻlanish — moddalarning suyuq yoki qattiq agregat holatlaridan gaz holatiga oʻtish jarayoni. Bunda molekula suyuqlik (yoki qattiq jism)dan tashqariga bugʻlanib chiqishi uchun sirt chegarasidagi molekulalarning tortishish kuchini yengishi kerak. Undan tashqari, modda suyuq (yoki qattiq) holatdan bugʻ holatga oʻtayotganida hajmi kattalashadi. Bunda tashqi bosim kuchiga qarshi ish bajariladi. Bu ish suyuqdik (yoki qattiq jism) molekulalarining ichki energiyasi hisobiga bajariladi. Shuning uchun bugʻlanish paytida jism soviydi, qattiq jism suyuqlikka nisbatan sekin bugʻlanadi. Qattiq jismlarning suyuqlikka aylanmay buglanishi sublimatsiya deb ataladi.
Bugʻlanish issiqligi — muayyan tradagi suyuqlik massa birligining bugʻlanishi uchun zarur issiqlik miqdori. Odatda, bu miqdor solishtirma yashirin bugʻlanish issiqligi deb yuritiladi. Xalqaro birliklar tizimid" uning birligi 2LBugʻning kondensatsiyalanish i — suyuqlik (yoki qattiq jism) molekulalarining tartibsiz issiklik harakati tufayli bugʻ holatidan qaytadan suyuqlik (yoki qattiq jism)ga aylanish jarayoni. Bugʻning kondensatsiyalanishi bugʻlanishga teskari jarayon. Bugʻ suyuqlik (yoki qattiq jism) bilan muvozanatda boʻlishi yoki muvozanatda boʻlmasligi mumkin. Bugʻ va suyuqlik (yoki qattiq jism) bir-biriga chegaradosh boʻlganda muvozanatlashgan kondensatsiyalanish kuzatiladi. Ular chegaradosh boʻlmagan hollarda esa bugʻ temperaturasi pasayganda yoki hajmi kichrayganda kondensatsiyalanish boshlanadi. Bugʻning qattiq jism sirtini hoʻllashhoʻllamasligiga qarab, kondensatsiyalanish tufayli tomchi yoki parda hosil boʻladi. B. sanoatda binolarni isitish va mexanik energiya olish uchun ishlatiladi.

Issiqlik almashinish, issiqlik uzatish—issiqroq jismdan sovuqroq jismga issiqlik uzatilishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻz-oʻzidan yuz beruvchi qaytmas jarayon; mikrozarralarning tartibsiz harakati bilan boglik boʻlgan, energiyasining bir jismdan ikkinchi jismga mikroskopik ish bajarmasdan uzatilishiga olib keluvchi jarayonlar majmui. I. a. issiklik oʻtkazuvchanlik, konveksiya va radiatsiya yoʻli bilan sodir boʻladi. Isituvchi sirt issiklik uzatuvchi sirt deb ataladi. I. a. da suyuqlik yoki gaz (bugʻ) ish muhiti hisoblanadi. I. a. nazariyasi energiyani uzatish haqidagi taʼlimotning bir qismi boʻlib, texnik termodinamika bilan birga issiklik texnikasining nazariy asosini tashkil qiladi. Bugʻ qozonlarida, bugʻ va gaz turbinalarida, pechlarda I. a. hodisasi roʻy beradi. Tabiatda uzluksiz I. a. yuz berib turadi. I. a. ning nazariy va amaliy masalalari issiqlik texnikasida oʻrganiladi. [1]
Issiqlik asosan 3 xil usulda tarqaladi:
1) Issiqlik oʻtkazuvchanlik
2) Konveksiya
3) Issiqlik nurlanish
1.
Download 20.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling