Issiqlik almashinish


Download 20.26 Kb.
bet2/3
Sana08.03.2023
Hajmi20.26 Kb.
#1251219
1   2   3
Bog'liq
Bugʻlanish

Issiqlik oʻtkazuvchanlik - biror muhitda uning turli qismlaridagi temperaturaning muvozanat qiymatidan chetlashishi natijasida issiqlik oqimining vujudga kelishi hodisasi. I. oʻ. issiqlik oqimi zichligi bilan uni vujudga keltirgan moddadagi temperatura gradiyenti orasidagi proporsionallik koeffitsiyenti — I. oʻ. koeffitsiyenti % bilan ifodalanadi. Har xil jism is-siqlikni turlicha oʻtkazadi. Mac, qat-tiq yoki suyuq jismlarning I. oʻ. xossasi gaznikidan yuqori. Kumush eng katta I.oʻ.gaega: x=428J/m-strad). Qat-tiqjismning I. oʻ. i uning tuzilishiga bogʻliq. Gʻovak jismlarniki kichik (chunki gʻovaklarni toʻldiruvchi gazning I. oʻ. i kichik). Issiqlikni jismning zarralari (zarralar tebranishi tufayli issiqlikni biridan ikkinchisiga uzatadi), shu sababli metallarning I. oʻ. koʻrsatkichi katta boʻladi. [1]
Ji smning ixtiyoriy kesimi orqali, tanlangan oʻqqa normal holda Fure qonuni (1820 y) bilan ifodalanuvchi issiqlik uzatishlari sodir boʻladi:
∆Q=-Ň (dT/dX)F∆t.
Bu yerda: ∆Q - ∆t vaqt ichida F kesimli yuza orqali oʻtuvchi issiqlik miqdori, Ň - modda xossalariga bogʻliq boʻlgan issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti.

2. Konveksiya (lotincha: convectio — keltirish, eltib berish) — 1) suyuqlik, gaz va sochiluvchan muhitlarda shu muhitdagi modda oqimi orqali issiqlikning koʻchishi. Tabiiy (erkin) va majburiy xillari mavjud. Tabiiy K. ogʻirlik kuchi maydonidagi oquvchi yoki sochiluvchan moddalar notekis qizdirilganda vujudga keladi. Kuchliroq qizdirilgan moddaning zichligi kamroq boʻladi va Arximed kuchi GʻL = Dr- V taʼsirida kamroq qizdirilgan moddaga nisbatan koʻchadi, bu yerda Dr — qizdirilgan modda va atrof muhit zichliklari farqi, V — qizdirilgan modda hajmi. K. yoʻnalishi ogʻirlik kuchi yoʻnalishiga teskari boʻladi. K. modda temperaturasini tenglashtirishga olib keladi. Majburiy K.da modda koʻchishi, asosan, biror qurilma (nasos, aralashtirgich va boshqalar) taʼsirida sodir boʻladi. Bu yerda issiqlik koʻchishi jadalligi faqat yuqorida aytilgan omillarga emas, balki moddaning majburiy harakati tezligiga ham bogʻliq; 2) atmosfera qatlamida havo almashinishi. K. tufayli momoqaldiroq roʻy berishi, sel, doʻl yogʻishi mumkin. Baʼzan, atmosfera fronti (oqimi) boʻlib, issiq va sovuq havo qatlami koʻchadi, pastdan yuqoriga issiq havo koʻtariladi va har 100 m balandlikka koʻtarilganda 1° soviydi, lekin kondensatlanish, inversiya tufayli havo juda baland koʻtarilishi mumkin emas. Termik K. yoz kunlari quruqlikda, qish kunlari esa dengiz sirtida hosil boʻladi; 3) zaryadlangan jism bilan birga zaryad koʻchishi. Atmosferada havo massasi yoki bu-lutlar elektr zaryadini koʻchiradi, bunda hosil boʻlgan tok K. toki deyiladi; 4) koʻl, dengiz yoki okeanlarda suvning vertikal harakati. Bunday K. suv temperaturasi yoki shoʻrligining oʻzgarishi suv zichligining oʻzgarishiga olib keladi. K. tufayli suvning fizik va kimyoviy tafsilotlari muvozanatlashib turadi, suvning pastki katlamlarida, shuningdek, qish oylarida okeanlar sohillarida ob-havo issiqroq boʻladi




3.
Download 20.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling