Fiziologiya 2-semestr oraliq nazorat javoblari javob tahlaganlar: zaydullaev bayrambay davolash 204-guruh


Лейкоцитлар физиологияси, микдори, турлари


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/78
Sana15.03.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1272327
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78
Bog'liq
fiziologiya javoblar

118.Лейкоцитлар физиологияси, микдори, турлари 
(микдори фоиз хисобида), 
вазифалари; Leykotsitlar, oq qon 
tanachalari yadrosi bor, kattaligi 8 dan 20 mkm gacha bo'ladi. 
Katta yoshdagi odamlar periferik qonida leykotsitlar miqdori 4,0- 
9,0xl09l,yoki 1 mkl qonda 4000-9000 ni tashkil qiladi. Miqdorining 
ortib ketishi levkotsitoz va kamayib ketishi leykopeniya deyiladi. 
Fiziologik va patologik (reaktiv) leykotsitoz bòlishi mumkin. 
Fiziologik leykotsitozda qonning qayta taqsimlanishi kuzatiladi va 
leykotsitlar miqdori ko'pga bormaydi. Fiziologik leykotsitoz 
ovqatlangandan so'ng, jismoniy ish paytida, emotsional 
qo'zg'alganda, hom iladorlik paytida kuzatiladi. Patologik 
leykotsitozda periferik qonga yetilmagan leykotsitlar chiqarib 
yuboriladi va bu leykotsitlar to'la shakllanib bo'lmaganligi tufayli o 
'z funksiyalarini bajara olmayydilar, ya ’ni organizmni patogen 
bakteriyalardan himoya qila olmaydi. L eykopeniya radioaktiv fon 
ortgand a va ayrim farmokologik dorilar ta ’sirida kelib chiqadi. 
Leykopeniya ayrim yuqumli kasalliklarda (sepsis, miliar 
tuberkulez) ham kuzatiladi. Leykopeniyada organizmning 
bakteriyalardan himoyalanish xossasi susayadi. Leykotsitlar 
tuzilishiga qarab ikkita katta guruhga bo'linadi: donachali yoki 
grannlotsitlar va donachasiz yoki agranulotsitlar. Donachali 
leykotsitlar neytrofillar, eoziinofillar va bazofilllar, donachasiz 
leykotsitlar limfotsitlar va monotsitlardan iborat. Qanday bo'yoq 
bilan bo'yalishiga qarab granulotsitlarga nom berilgan: eozinofillar 
kislotali bòyoq (eozin ), bazofillar ishqoriy bòyoq (gamatoksilin ) 
bilan bo'yaladilar, neytrofillar esa har ikkala bo'yoq bilan ham 


bo'yalaveradi.Yetilganlik darajasiga qarab m etam iyelotsit (yosh), 
tayoqcha yadroli va segm ent yadroli neytrofillarga bòlinadi. 
Klinikada leykotsitlarn ing miqdoridan tashqari, ulaning foizdagi 
nisbati ham katta aham iyat kasb etadi, qondagi leykotsitlar har xil 
turlarining foizlardagi nisbati leykotsitlar formula yoki 
levkogramma deb ataladi.Yosh (yosh va tayoqcha yadroli) 
neytrofillar tayoqchasimon yadroga ega bo‘lib, segmentlarga b o 
‘linm agan. Yetuk yoki segment yadroli neytrofillar yadrosi 2-3 
segmentga boligan bòladi. Neytrofillar yadrosidagi segmentlar 
ko‘pligi ulaming qariligidan dalolat beradi. Qonda yosh va 
tayoqcha yadroli neytrofillarning kò ‘payishi leykotsitar 
formulaning chapga siljishi deyiladi, ular miqdorining kamayishi 
qonning qariganidan dalolat beradi va leykotsitar formulaning 
unga siljishi deb ataladi. Barcha leykotsitlar, asosan, himoya 
funksiyasini bajarishadi. Lekin bu funksiya har xil leykotsitlar tom 
onidan turlicha am alga oshiriladi. 
Leykositar formula: 
Granulotsitlar: 
1. Neytrofillar –
2. Eozinofillar – 1-5%
3. Bazofillar – 0-1%
Agranulotsitlar: 
1.Limfotsitlar-20-40% 
2.Monotsitlar-2-10% 

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling