17.Қўзғалган тўқимада фазаларида кўзғалувчанлик- авершут
фазасида;
Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarning avershut davri bu harakat potensialining chuqqisi hisoblanib, bu vaqtda hujayra Na bn tuladi.eng quzgalgan davri.membrana zaryadi tuliq uzgaradi.Na kanallari yopiladi.va bu vaqtda tasir berilsa qayta quzgalmaydi
Harakat potensialining avjiga chiqish davri mutlaq refrakter fazaga to'g'ri keladi, bu fazada qo'zg'aluvchanlik butunlay yo'qoladi. Bu fazada ikkinchi ta’sir har qancha kuchli bo'Isa ham, yangi harakat potensialini keltirib chiqara olmaydi. Bu fazaning kelib chiqishiga harakat potensiali generatsiyasi jarayonida natriy tizimining inaktivatsiyasi va kaliy ionlarining o'tkazuvchanligi ortishi sabab bo'ladi. Mutlaq refrakter faza davomiyligi turli qo'zg'aluvchan to'qimalarda har xil bo'ladi.
18.Қўзғалган тўқимада фазаларида кўзғалувчанлик -
реполяризация фазасида;
Harakat potensialining egri chizig’ida ko‘tariluvchi va tushuvchi fazalari tafovut qilinadi. Ko'tariluvchi fazada qutblanish barham
topganligi uchun bu faza «depolyarizatsiya fazasi» deb
ataladi.Qo‘zg‘aluvchan hujayralarda reversiya ampliturasi membrana holatini xarakterlaydi, bundan tashqari, u hujayra ichi va sirti muhiti tarkibiga ham bog’liq bo’ladi. Reversiyaning cho'qqisida harakat potensiali muvozanatlashgan natriyli potensialga yaqinlashadi, shu sababli membrana zaryadiningbelgisi o‘zgaradi. Tushuvchi fazada
membrananing qutblanishi tinchlik darajasiga qaytadi, shuning uchun bu faza «repolyarizatsiya fazasi» deb ataladi.
Hujayra membranasi repolyarizatsiyasi natriy ioni kanallarini reaktivatsiyaga uchratadi, shu bilan birga kaliy ionlarining o'tkazuvchanligi pasayadi. Bu nisbiy refrakter fazaga mos keladi. Bu fazada to'qima qo‘zg‘aluvchanligi asta-sekin ortib boradi. Bu faza nerv tolalarida 5-10 ms davom etadi. Qo'zg'aluvchan to'qima bu fazada kuchli ta’sirga javob qaytara oladi, ammo harakat potensialining amplitudasi keskin kamaygan bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |