Fiziologiya fanidan davolash ishi, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va stomatologiya fakultetlari studentlari uchun yozma-og’zaki so’rov nazorat savollari


 Qo’zg’algan to’qimada fazalarida qo’zg’aluvchanlik manfiy iz potensiali fazasida


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/52
Sana06.02.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1171862
TuriReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52
Bog'liq
Fiziologiya javoblari Mahmud Yazdanov unlocked

19. Qo’zg’algan to’qimada fazalarida qo’zg’aluvchanlik manfiy iz potensiali fazasida; 
Repolyarizatsiya fazasi uzoqligi jihatdan teng bo'lmagan ikki qismga ajratiladi. Membrana repolyarizatsiyasi 
dastlab tez borib, keyin sekinlashadi va asta to'xtaydi. Bu vaqt manfiy izli potensiali boshlanishiga to‘g‘rl keladi. 
Membrana qisqa muddat davomida qisman depolyarizatsiyalanib qoladl, taxminan IS msek davom etadi va 
shundan so'ng. membrana potensiali dastlabkl miqdor 85 mv gacha to'la tiklanadl. Manfiy iz potensialni ko'pincha 
membrananing iz depolyarizatslyasi ham deb aytiladi. Qo'zg'aluvchan to'qimalar tadqiqot qilinganda mahalliy 
javob hamda manfiy izli potensiali davrida bo'sag'a osti stimullarga ham to'qimada harakat potensialini 
generatsiyasi kuzatiladi. Bu faza supernormal yoki ekzaltatsiya fazasi deb ataladi. Qo'zg'aluvchan to'qimalardagi iz 
depolyarizatsiyasini kuchaytiradigan, uzaytiradigan ta’sirlar, masalan, zaharlanish supernormal fazasini 
kuchaytiradi va uzaytiradi. Iz potensiali yo'q nerv tolalarda bu faza ham bo'lmaydi. Bu fazaning davomiyligi 30 ms 
ni tashkil etadi. 
20. Qo’zg’algan to’qimada fazalarida qo’zg’aluvchanlik giperpolyarizasiya; fazasida;
Giperpolarizatsiya - nisbiy fiziologik dam olish holatiga nisbatan hujayra membranasining qutblanishining salbiy 
qiymatini oshirish jarayoni. harakat potensiali tamom bo‘lgach, birmuncha vaqt boshlang‘ich miqdordan ko‘ra 
ko‘proq K+ ionlarini membrana orqali o‘tkazib turishi sababli, musbat izli potensiali yuzaga keladi. 
Protoplazmadan chiquvchi K+ ionlar oqimining kuchayishi esa membrananing iz giperpolyarizatsiyasiga olib 
keladi. Kuchli qo'zg'alishdan keyin neyron membranasi dastlabki holatigacha qaytmasdan undan ortiqroq, ya’ni 
giperpolyarlanadi. Buni iz giperpolyarizatsiyasi deb ataladi. Shunday holatda kelayotgan ta’sirlarga javoban hosil 
bo'layotgan qo'zg'aluvchi postsinaptik potensial membrana depolyarizatsiyasini kritik nuqtagacha yetkaza olmaydi, 
natijada tarqaluvchi qo'zg'alish yuzaga kelmaydi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling