36. Xarakat birligi fiziologiyasi
Skeletning ko‘ndalang targ‘il muskullari miya stvoli va orqa miyadga motoneyronlar tomonidan nervlanadi. Bu
neyronlarning aksonlari shoxlanib, bir nechta muskul tolasiga yetib keladi va ularda mioneyronnal sinapslar hosil
qiladi. Bi r motoneyron va u nervlaydigan muskul tolalari majmuasi harakat birligini tashkil qiladi. Turli
muskullarning harakat birligiga kiradigan muskul tolalarining o‘rtacha sonida katta farq bo`lishi mumkin. Masalan,
odamning ko‘z soqqasi muskullarida harakat b irligi 10 toladan kam, qoi barmoqlari muskullarida 10-25 toladan
iborat bo`lsa, boldir muskullarida har bir harakat birligi 2000 va undan ko‘p tolalardan tashkil topgan. Keltirilgan
misollardan yaqqol ko‘rinib turibdiki, muskul bajaradigan harakatlar qanchalik aniq va uyg‘un bo;lsa, undagi
harakat birliklari shunchalik oz tolalardan tuzilgan bo`ladi.
37. MNT fiziologiyasi vazifasi
Markaziy nerv tizimi organizm a’zolarini o’zaro bir-biri bilan bog’laydi, ular faoliyatini eng mukammal
boshqaradi. Nerv markazlaridan buyruq signallari alohida nerv tolalari orqali ijrochi a’zolar faoliyatini ta’minlaydi.
Buyruq qanchalik to’g’ri bajarilganligi haqidagi axborot qaytar bog’lanish tarziga ko’ra markazga borib uning
ishini nechog’li maqsadga muvofiqligini bildiradi. Shunday qilib markaziy nerv tizimi organizmdagi barcha
jarayonlarni birlashtirib odam va hayvonlarni tashqi muhit bilan o’zaro aloqasini ta’min etuvchi xulq-atvor
reaksiyalarini belgilaydi.
Nerv tizimining reflektor faoliyati. Markaziy nerv tizimi faoliyatining asosiysi reflekslar shaklida namoyon bo’ladi.
Refleks deb organizmni ta’sirotlarga markaziy nerv tizimi ishtirokida bergan javob reaksiyasiga aytiladi. Reflekslar
yordamida organizmning turli qismlari orasidagi o’zaro aloqa amalga oshadi, a’zolar faoliyati bir-biriga moslanadi
va umuman olganda organizmni bir butun gormonik holatda doimo o’zgarib turuvchi tashqi muhit sharoitlariga
moslashuvi ta’min etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |