Fiziologiya fanidan davolash ishi, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va stomatologiya fakultetlari studentlari uchun yozma-og’zaki so’rov nazorat savollari


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/52
Sana06.02.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1171862
TuriReferat
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52
Bog'liq
Fiziologiya javoblari Mahmud Yazdanov unlocked

40. Sinapslar va ularning tuzilishi;
Sinaps - nerv tolasidan va uning tomonidan innervatsiyalanuvchi hujayra-muskul, nerv yoki bez xujayralariga 
qo
ʻzgalishning oʻtishini taʼminlovchi mustaqil tuzilma-aloqaga aytiladi. Sinaps murakkab tuzilishga ega, u uchta 
asosiy element: 
● presinaptik membrana 
● postsinaptik membrana 
● sinaps yorigʻidan iborat ekanligini elektron mikroskopik tadqiqotlar koʻrsatib berdi. 
Nerv oxirini qoplovchi membrana presinaptik membrana deb ataladi. Nerv oxirida neyrosekretor apparat bor. 
Innervatsiyalanadigan xujayrani qoʻzgʻatuvchi yoki tormozlovchi mediatori nerv oxiridan ajralib chiqadi. 
Tinchlikda mediator pufakchada boʻladi. Presinaptik membrana depolyarizatsiyalanganda bu pufakchalar yorilib
mediator yuzaga chiqadi va sinaps yorigʻiga quyiladi. Bu yoriq tarkibi jihatidan qon plazmasiga oʻxshab ketadigan 


Mahmud Yazdanov 
https://t.me/Makhmud_Yazdanov

 +998 33 44 12345
hujayralararo suyuqlik bilan toʻla. Mediator yoriqdan tez diffuziyalanib chiqib, innervatsiyalanadigan hujayraning 
membranasiga taʼsir etadi. Xujayra membranasining nerv oxiriga bevosita chegaradosh qismi postsinaptik 
membrana deb ataladi. 
Postsinaptik membrana oʻz xossalariga koʻra, mediatorlarga nisbatan juda yuksak kimyoviy 
sezgirlikka moyil 
boʻladi. 
41. Sinapslarning turlari va ishlash mexanizmi;
Sinapslarning sinflanishi. 
1. Joylashgan oʻrniga koʻra: 
■ nerv-mushak 
■neyro-neyronal sinapslarga boʻlinadi. 
Neyro-
neyronal sinapslar oʻz navbatida: 
♦aksosomatik 
♦akso-aksonal 
♦akso-dendritik 
♦dendrosomatik sinapslarga boʻlinadi. 
2. Taʼsir etish tabiatiga koʻra: 
■ qoʻzgatuvchi 
■ tormozlovchi sinapslarga bulinadi. 
3.Signalni uzatish uslubiga koʻra: 
■ elektrik 
■ kimyoviy 
■ aralash sinapslar tafovutlanadi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling