Fiziologiya fanidan davolash ishi, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va stomatologiya fakultetlari studentlari uchun yozma-og’zaki so’rov nazorat savollari


 MNT hujayralarining morfofiziologiyasi (neyron va glial hujayralar)


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/52
Sana06.02.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1171862
TuriReferat
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52
Bog'liq
Fiziologiya javoblari Mahmud Yazdanov unlocked

38. MNT hujayralarining morfofiziologiyasi (neyron va glial hujayralar);
Neyron nerv tizimining asosiy faoliy birligidir. Odamning miyasida 25 milliardga yaqin neyronlar mavjud. 
Periferik nerv tizimiga kiruvchi tugunlarda nerv hujayralar soni 25 million chamasida. Neyronlar bir-biridan o‘z 
shakli va katta-kichikligi bilan faarq qiladi. Ammo, u qaysi shaklda va kattalikda bo`lmasin, tuzilishi bo‘yicha to‘rt 
qismga bo`linadi. Neyronlarda tana (soma), dendritlar, akson va aksonning sinapsoldi oxirgi tarmoqlari tafovut 
qilinadi. Neyron tanasida yadro, ribosomalar, endoplazmatik retikulum, Golji apparati, mitoxondriyalar joylashgan. 


Mahmud Yazdanov 
https://t.me/Makhmud_Yazdanov

 +998 33 44 12345
Bu organellalar hujayraning hayotiy faoliyatini ta‘minlaydi. Bundan tashqari, neyron tanasida murakkab yuqori 
molekulyar moddalar sintezlanib, dendritlar va akson bo‘ylab o‘tkaziladi. Neyron tanasidan odatda bir nechta 
dandrit va bitta akson boshlanadi. Dendritlar kalta, ammo ko‘p va sershox bo`lganidan, membranasi ancha katta 
yuzaga ega. Bu membranada juda ko‘p sinapslar joylashgan. Dendritlarning asosiy ishi ta‘sirotlarni qabul qilish va 
paydo bo`lgan impulslarni somaga o‘tkazishdan iborat. Akson esa nerv impulslarining somadan ishchi a‘zoga yoki 
boshqa neyronlarga yetkazilishini ta‘minlaydi Glial hujayralar ikki xilga – astrotsitlar va oligodendrotsitlarga 
bo`linadi. Astrotsitlarda tanasidan har tarafga taralgan o‘siqlar ko‘p. Oligodendrotsitlarning o‘siqlari kam. 
Astrotsitlar miya kapillyarlariga yaqin joylashgan, oligodendrotsitlar esa neyronlarning aksonlari bilan bog‘langan. 
Oligodendrotsitlar soni astrotsitlar sonidan 10-15% ko‘p. Glial hujayralarning miyadagi umumiy soni 100 
milliarddan oshadi. Oligodendrotsitlar neyronlardan ajratib turuvchi bir nechta muhim xossalari bor. Ulardan 
birinchisi – glial hujayralar hayot davomida bo`linish qobiliyatini yo‘qotmaydi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling