Fiziologiya fanidan davolash ishi, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va stomatologiya fakultetlari studentlari uchun yozma-og’zaki so’rov nazorat savollari


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/52
Sana06.02.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1171862
TuriReferat
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
Bog'liq
Fiziologiya javoblari Mahmud Yazdanov unlocked

32. Mushakning yakka qisqarishi 
Muskul berilgan yakka ta’sirotlarga muskul yakka qisqarishi bilan javob beradi. Yakka qisqarishi uch davrda sodir 
bo’ladi: qisqarishining latent davri, qisqarish va bo’shashish davrlari. Latent davr mushak tolasi membranasining 
qo’zg’alishi, tola ichidagi T- tizim bo’ylab harakat potensialining tarqalishi, inozitol uch fosfatning hosil bo’lishi, 
hujayra ichida kalsiy konsentrasiyasining oshishi, ko’ndalang ko’priklarning faollashishi uchun ketgan vaqt bilan 
ifodalanadi. Muskul qisqarishini miografik qayd qilishining oddiy usulida latent davri 0,02 sekundni tashkil qiladi. 
33. Mushak qisqarishining summasiyasi 
Tabiiy sharoitda organizmda skelet muskulining yakka qisqarishi uchramaydi. Nerv tizimidan odatda alohida 
ta’sirlar emas, balki uzluksiz tez keluvchi bir qancha nerv impulslari kelib turadi. Qisqarishlar summasiyasini 
kuzatish uchun muskulga ikkita yakka ta’sirot beriladi. Ta’sirotlar o’rtasidagi interval shunday bo’lishi kerakki, 


Mahmud Yazdanov 
https://t.me/Makhmud_Yazdanov

 +998 33 44 12345
ikkinchi ta’sirot muskulning qisqarishi yoki muskul tarangligining ortishi davrida berilishi shart, bunda ketma-ket 
yakka qisqarishlar summasiyalanadi, natijada yakka stimulga javoban, amplitudasi yuqori bo’lgan qisqarish yuz 
beradi. Agar muskul tolasiga berilayotgan navbatdagi stimul muskulning qisqarish davriga to’g’ri kelsa, unda 
yakka qisqarishlarning to’la qo’shilishi ro’y beradi, bunday holat silliq tetanus deb ataladi. 
34. Mushaklarning qisqarishida tetanus; 
 *33-savol javobiga qarang 
35. Mushaklarning qisqarish kuchi va ishi 
Mushakka qisqarishidan oldin harakat qila boshlagan yuk oldindan yuklanish deyiladi. Oldindan yuklanish 
mushaklarning boshlangʻich uzunligini oshiradi. Frank Starling qonuniga koʻra, qisqarish kuchi mushak tolasining 
boshlangʻich uzunligining funksiyasi boʻlib, fiziologik chegaralarga qadar boshlangʻich uzunligi qanchalik katta 
boʻlsa, qisqarish kuchi shuncha katta boʻladi (koptokn qancha kuchli yerga ursangiz, shuncha balandga sakrashi 
yoki rezinkani qancha uzun choʻzsangiz, shuncha kuchli qisqarishi kabi tushunib oling). Yurak mushaklari 
holatida, oxirgi diastolik hajm oldingi yukni hosil qiladi. Yurakning qisqarish kuchiga enddiastolik hajmning 
(oxirgi diastolik hajm) ta’siri 1910 yilda Frank va Starling tomonidan oʻrganilgan. Yurakning Frank-Starling 
qonuni shuni koʻrsatadiki, yurak qisqarishining kuchi uning diastolik hajmiga mutanosib. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling