Mahmud Yazdanov
https://t.me/Makhmud_Yazdanov
+998 33 44 12345
ikkinchi ta’sirot muskulning qisqarishi yoki muskul tarangligining ortishi davrida berilishi shart, bunda ketma-ket
yakka qisqarishlar summasiyalanadi, natijada yakka stimulga javoban, amplitudasi yuqori bo’lgan qisqarish yuz
beradi. Agar muskul tolasiga berilayotgan navbatdagi stimul muskulning qisqarish davriga to’g’ri kelsa, unda
yakka qisqarishlarning to’la qo’shilishi ro’y beradi, bunday holat silliq tetanus deb ataladi.
34. Mushaklarning qisqarishida tetanus;
*33-savol javobiga qarang
35. Mushaklarning qisqarish kuchi va ishi
Mushakka qisqarishidan oldin harakat qila boshlagan yuk oldindan yuklanish deyiladi. Oldindan yuklanish
mushaklarning boshlangʻich uzunligini oshiradi. Frank Starling qonuniga koʻra, qisqarish kuchi mushak tolasining
boshlangʻich uzunligining funksiyasi boʻlib, fiziologik chegaralarga qadar boshlangʻich uzunligi qanchalik katta
boʻlsa, qisqarish kuchi shuncha katta boʻladi (koptokn qancha kuchli yerga ursangiz, shuncha balandga sakrashi
yoki rezinkani qancha uzun choʻzsangiz, shuncha kuchli qisqarishi kabi tushunib oling). Yurak mushaklari
holatida, oxirgi diastolik hajm oldingi yukni hosil qiladi. Yurakning qisqarish kuchiga enddiastolik hajmning
(oxirgi diastolik hajm) ta’siri 1910 yilda Frank va Starling tomonidan oʻrganilgan. Yurakning Frank-Starling
qonuni shuni koʻrsatadiki, yurak qisqarishining kuchi uning diastolik hajmiga mutanosib.
Do'stlaringiz bilan baham: