Fiziologiya vazifasi – inson tanasining qanday ishlashini o'rganadi. U hujayralardagi molekulalarning o'zini
qanday tutishidan tortib organlar tizimlari qanday birgalikda ishlashigacha bo'lgan asosiy tana funktsiyalari ortidagi
kimyo va fizikani tasvirlaydi.
Fiziologiyani tarkibiy qismlariga umumiy, xususiy, solishtirma, evolyusion, ixtisoslashgan (yoki amaliy) va odam
fiziologiyalariga bo’lish mumkin.
Umumiy fiziologiya – muhit ta’siriga tirik organizm javob berishining umumiy qonunlarini, har bir organizmga xos
bo’lgan hayotiy jarayonlarni o’rganadi.
Xususiy fiziologiya – to’qimalar (muskul, nerv va b.), a’zolar (miya, yurak, buyrak va b.), tizimlar (hazm, qon
aylanish, nafas va b.) funksiyasini o’rganadi.
Solishtirma fiziologiya – har xil turlarga mansub bo’lgan organizmlar va individual rivojlanishning turli
bosqichlarida turgan bir turga mansub organizmlar funksiyasining o’ziga xosligini o’rganadi.
Evolyusion fiziologiya – funksiyalarni tur va individda rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi.
Ixtisoslashgan (yoki amaliy) fiziologiya ixtisosiga, bajarayotgan ishiga yoki yashayotgan muhitiga qarab organizm
funksiyalarini o’zgarish qonuniyatlarini o’rganadi. Qishloq xo’jalik hayvonlari fiziologiyasi va ba’zan odam
fiziologiyasining ayrim qismlari (aviasion, kosmik, suv osti fiziologiyalari va b.) ixtisoslashgan fiziologiyaga misol
bo’lishi mumkin.
Odam fiziologiyasi – amaliy tibbiyotning nazariy asosi hisoblanadi, fiziologik jarayonlarning normal holatini
bilgandagina kasallikni davolashda organizm faoliyatining dastlabki holatiga qaytara olishi mumkin.
2. Qo’zg’aluvchan to’qima fiziologiyasi.
Qo’zg’aluvchanlik – to’qimani ta’sirotga qo’zg’alish bilan javob qaytarish xususiyati.
Qo’zg’aluvchan to’qimalarga xarakat potensialini generasiya qiladigan to’qimalar kiradi (mushak, nerv va bez
xujayralari). Barcha hujayralar ta’sirotlarga javoban fiziologik tinch holatdan qo’zg’alish holatiga o’ta oladi. Lekin
«qo’zg’aluvchan to’qimalar» atamasi faqat nerv, mushak va bez to’qimalarga nisbatan maxsus qo’llaniladi, chunki
bu to’qimalarda qo’zg’alish hujayra membranasi bo’ylab tarqaladigan elektr impulsining yuzaga chiqishi bilan
birga davom etadi.
Qo’zg’alish – berilgan ta’sirotlarga to’qimalarning xususiy (nerv to’qimasidan impulslarning o’tishi, mushakning
qisqarishi, bezlarning shira ajratishi) va umumiy reaksiyalar (harakat potensialining generasiyasi, metabolitik
o’zgarishlar) bilan javob berishi orqali namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |