Mahmud Yazdanov
https://t.me/Makhmud_Yazdanov
+998 33 44 12345
berilsa qayta qo’zg’almaydi. Harakat potensialining avjiga chiqish davri mutlaq refrakter fazaga to'g'ri keladi, bu
fazada qo'zg'aluvchanlik butunlay yo'qoladi. Bu fazada ikkinchi ta’sir har qancha kuchli bo'lsa ham, yangi harakat
potensialini keltirib chiqara olmaydi. Bu fazaning kelib chiqishiga harakat potensiali generatsiyasi jarayonida natriy
tizimining inaktivatsiyasi va kaliy ionlarining o'tkazuvchanligi ortishi sabab bo'ladi. Mutlaq refrakter faza
davomiyligi turli qo'zg'aluvchan to'qimalarda har xil bo'ladi.
18. Qo’zg’algan to’qimada fazalarida qo’zg’aluvchanlik - repolyarizasiya fazasida;
Harakat potensialining egri chizig’ida ko‘tariluvchi va tushuvchi fazalari tafovut qilinadi. Ko'tariluvchi fazada
qutblanish barham topganligi uchun bu faza «depolyarizatsiya fazasi» deb ataladi.Qo‘zg‘aluvchan hujayralarda
reversiya ampliturasi membrana holatini xarakterlaydi, bundan
tashqari, u hujayra ichi va sirti muhiti tarkibiga ham
bog’liq bo’ladi. Reversiyaning cho'qqisida harakat potensiali muvozanatlashgan natriyli potensialga yaqinlashadi,
shu sababli membrana zaryadiningbelgisi o‘zgaradi. Tushuvchi fazada membrananing
qutblanishi tinchlik
darajasiga qaytadi, shuning uchun bu faza
«repolyarizatsiya fazasi» deb ataladi. Hujayra membranasi
repolyarizatsiyasi natriy ioni kanallarini reaktivatsiyaga uchratadi, shu bilan birga kaliy ionlarining o'tkazuvchanligi
pasayadi. Bu nisbiy refrakter fazaga mos keladi. Bu fazada to'qima qo‘zg‘aluvchanligi asta-sekin ortib boradi. Bu
faza nerv tolalarida 5-10 ms davom etadi. Qo'zg'aluvchan to'qima bu fazada kuchli ta’sirga javob qaytara oladi,
ammo harakat potensialining amplitudasi keskin kamaygan bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: