Fiziologiya fanidan davolash ishi, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va stomatologiya fakultetlari studentlari uchun yozma-og’zaki so’rov nazorat savollari


 Nerv hujayralarining tuzilishi; turlari va vazifalari


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/52
Sana06.02.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1171862
TuriReferat
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
Bog'liq
Fiziologiya javoblari Mahmud Yazdanov unlocked

39. Nerv hujayralarining tuzilishi; turlari va vazifalari ; 
Neyron yoki nerv hujayrasi - nerv sistemasining struktural (tuzilish) va funksional birligi. Odam nerv sistemasi 
son-sanoqsiz neyronlardan tuzilgan. Inson miyasidagi taxminiy hisoblab chiqilgan umumiy neyronlar soni 1012 
dan ortiq. Neyronlar juda murakkab (chalkash) tarzda bir-
biri bilan bogʻlangan. Aynan shu bogʻlanishlar orqali tana 
atrof-
muhitdagi oʻzgarishlardan yoki oʻzining ichidagi oʻzgarishlardan xabardor boʻlib turadi va bu oʻzgarishlarga 
tegishlicha javob beradi. 
Neyronlar oʻlchami, shakli va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan sezilarli darajada farq 
qiladi. Biroq ularning aksari
yati umumiy xususiyatlarga ega. Neyronning asosiy tuzilishi umurtqa pogʻonasi 
neyronida yaxshi 
oʻrganilgan. Neyronlar asosan hujayra tanasi (soma) va neyritlar deb ataladigan 2 xil 
oʻsimtalardan: dendrit va aksondan iborat.
Dendritlar 
Koʻp sonli, kichik tarmoqlanib ketgan oʻsimtalardir (Dendralogiya – daraxtlarni oʻrganuvchi fan, 
dendrit ham 
daraxt shox (ildiz)lariga oʻxshagani uchun shunday nom berilgan). Dendritlar tarkibida Nissl 
tanachalari va neytrofibrillalar mavjud. Dendritlar – bu neyronning qabul qilluvchi 
oʻsimtalaridir. Boshqa 
neyronlardan akson terminallari bilan sinaps orqali signallarni qabul qiladi. 
Axon (axis – 
oʻq) - bu nerv hujayrasining yakka uzun oʻsmtasidir. Uning uzunligi bir necha mikrondan bir 
metrgacha boʻlishi mumkin. U akson tepaligi deb atalgan hujayra tanasining konussimon kengaygan joyidan hosil 
boʻladi, Nissl tanachalari mavjud emas. Akson tepaligi va miyelin qobigʻining boshlanish joyi orasidagi akson 
qismi 
bosshlangʻich segment deb ataladi. Aksonda 
฀ hujayra membranasi – aksolemma 
฀ sitoplazma – aksoplazma deb ataladi. 
Aksonning oxirgi uchi bir nechta boʻlaklarga boʻlinib tugaydi, ularning har biri bir nechta sinaptik toʻpchalar 
(kengaymalar) bilan tugaydi, ular terminal tugmalari yoki akson telodendriyalari deb ham ataladi. Sinaptik 
kengaymalarda tarkibida kimyoviy neyro-transmitterlar 
saqlanadigan mikrovezikulalar mavjud. Miyelin qobigʻi 
miyenli nerv tolalari 
deb ataladigan aksonlarni oʻrab oladi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling