Fiziologiya fanidan davolash ishi, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va stomatologiya fakultetlari studentlari uchun yozma-og’zaki so’rov nazorat savollari


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/52
Sana06.02.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1171862
TuriReferat
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52
Bog'liq
Fiziologiya javoblari Mahmud Yazdanov unlocked

Elektrik sinapslar - bu sinapslar morfologik jixatdan membrana qismlarini bir-biriga yaqinlashuvidan hosil 
boʻladi. Ularning sinaptik yorigʻi uzluksiz boʻlmaydi, balki, sinaptik toʻla tegib turuvchi koʻprikchalar bilan 
boʻlingan boʻladi. Bu koʻprikchalar hujayra membranalarini oʻta yaqinlashishidan (sutemizuvchilarda 0,15-0,2 nm 
ni tashkil qiladi) hosil boʻladi. Bu sohada ionlar kanali xosil boʻladi. Elektrik sinapslar qoʻzgʻalishlarni bir 
tomonlama oʻtkazadi. Buni sinapslarda elektr potensiallarni yozib olish orqali isbot silish mumkin. Afferent tolalar 
taʼsirlanganda sinaps membranasida depolyarizatsiya kuzatiladi, efferent tolalar taʼsirlanganda esa 
giperpolyariz
atsiya kuzatiladi. Biroq, sinaps joylashgan neyronlar bir xil funksiyani bajarsa, qoʻzgʻalishlarni ikki 
tomonlama oʻtkazadi (Masalan, agar sinaps ikkita sezuvchi neyronlar orasida joylashsa). Sinapslar har xil 
funksiyalar bajaradigan neyronlar orasida (sen
sor va motor) joylashsa, qoʻzgʻalishlarni faqat bir tomonlama 
oʻtkazadi. Elektrik sinapslarning vazifasi organizmdagi tez reaksiyalarning yuzaga chiqishni taʼminlaydi, ayniqsa, 
hayvonlarda xavfdan qochish yoki xavfdan qutulishni taʼminlovchi tuzilmalar bunday sinapslarga boy boʻladi. 
Elektrik sinapslar sekin charchaydi, tashqi va ichki muxit taʼsirlariga chidamlilik darajasi yuqori. Bu sinapslarning 
bunday xususiyati organizmdagi tez reaksiyalarni yuzaga chiqarishni taʼminlaydi. Elektrik sinapslarni boshqarish 
qiyin, balki imkonsizdir (kimyoviy sinapslardan farqli ravishda). 
Kimyoviy sinapslar. 
Kimyoviy sinapslarda presinaptik membrana, akson yoʻnalishi boʻyicha kengaygan boʻladi. 
Presinaptik membranada agranulyar va granulyar pufakchalar boʻlib, ularda mediatorlar saqlanadi. Mayda 
granulyar pufakchalarda noradrenalin, yirik granulyar pufakchalarda boshqa katexolaminlar saqlanadi. Agranulyar 
pufakchalarda atsetilxolin saqanadi. Glutamin va asparagin kislotasi ham mediator vazifasini bajarishi mumkin. 
Presinap
tik membrana uzoq muddat taʼsirlansa, pufakchalardagi mediatorlar zaxirasi batamom tugaydi. Nerv 
oxiriga impuls kelishiga javoban ajralib chiqadigan mediator postsinaptik membrananing natriy ioni 
oʻtkazuvchanligini keskin oshiradi. Postsinaptik membrananing ion oʻtkazuvchanligi ortganligi shu membrananing 
depolyarizatsiyasiga sab
ab boʻladi. Postsinaptik membrana depolyarizatsiyasi qoʻzgatuvchi postsinaptik 


Mahmud Yazdanov 
https://t.me/Makhmud_Yazdanov


Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling