39. Nerv hujayralarining tuzilishi; turlari va vazifalari ;
Neyron yoki nerv hujayrasi - nerv sistemasining struktural (tuzilish) va funksional birligi. Odam nerv sistemasi
son-sanoqsiz neyronlardan tuzilgan. Inson miyasidagi taxminiy hisoblab chiqilgan umumiy neyronlar soni 1012
dan ortiq. Neyronlar juda murakkab (chalkash) tarzda bir-
biri bilan bogʻlangan. Aynan shu bogʻlanishlar orqali tana
atrof-
muhitdagi oʻzgarishlardan yoki oʻzining ichidagi oʻzgarishlardan xabardor boʻlib turadi va bu oʻzgarishlarga
tegishlicha javob beradi.
Neyronlar oʻlchami, shakli va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan sezilarli darajada farq
qiladi. Biroq ularning aksari
yati umumiy xususiyatlarga ega. Neyronning asosiy tuzilishi umurtqa pogʻonasi
neyronida yaxshi
oʻrganilgan. Neyronlar asosan hujayra tanasi (soma) va neyritlar deb ataladigan 2 xil
oʻsimtalardan: dendrit va aksondan iborat.
Dendritlar
Koʻp sonli, kichik tarmoqlanib ketgan oʻsimtalardir (Dendralogiya – daraxtlarni oʻrganuvchi fan,
dendrit ham
daraxt shox (ildiz)lariga oʻxshagani uchun shunday nom berilgan). Dendritlar tarkibida Nissl
tanachalari va neytrofibrillalar mavjud. Dendritlar – bu neyronning qabul qilluvchi
oʻsimtalaridir. Boshqa
neyronlardan akson terminallari bilan sinaps orqali signallarni qabul qiladi.
Axon (axis –
oʻq) - bu nerv hujayrasining yakka uzun oʻsmtasidir. Uning uzunligi bir necha mikrondan bir
metrgacha boʻlishi mumkin. U akson tepaligi deb atalgan hujayra tanasining konussimon kengaygan joyidan hosil
boʻladi, Nissl tanachalari mavjud emas. Akson tepaligi va miyelin qobigʻining boshlanish joyi orasidagi akson
qismi
bosshlangʻich segment deb ataladi. Aksonda
hujayra membranasi – aksolemma
sitoplazma – aksoplazma deb ataladi.
Aksonning oxirgi uchi bir nechta boʻlaklarga boʻlinib tugaydi, ularning har biri bir nechta sinaptik toʻpchalar
(kengaymalar) bilan tugaydi, ular terminal tugmalari yoki akson telodendriyalari deb ham ataladi. Sinaptik
kengaymalarda tarkibida kimyoviy neyro-transmitterlar
saqlanadigan mikrovezikulalar mavjud. Miyelin qobigʻi
miyenli nerv tolalari
deb ataladigan aksonlarni oʻrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |