Flash mx da ishlash asoslari


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
Sana24.09.2020
Hajmi0.87 Mb.
#130959
Bog'liq
17-mavzu


17- Mavzu: Flash mx dasturi haqida ma’lumot. Flash mx da oddiy harakatlar hosil 

qilish. 


 

FLASH MX DA  ISHLASH  ASOSLARI 

 

 

Flash  MX  muharririning  foydalanuvchi  interfeysi  boshqa  Windows 



ilovalaridan deyarli farq qilmaydi. Hamma Windows ilovalarida bo’lgani kabi Flash 

MX da ham yuqori menyu, uskunalar paneli, bir qancha buyruqlar va h. bor.  

 

Flash  MX  birinchi  marta  ishga  tushirilganda,  asosiy  oyna  ustida 



“Welcome”(“Hush  kelibsiz”)  muloqot  oynasi  nomoyon  bo’ladi.  Bu  oynadan 

foydalanib siz dastur konfiguratsiyalarini o’zingizga qulay tarzda sozlab olasiz. Bu 

oyna  to’g’risida  siz  keyingi  darslarda  batafsil  tanishishasiz.  “Welcome”  oynasi 

yopib yuborilgandan song, Flash MX ning asosiy oynasi chiqadi.(3.1-rasm). Flash 

MX ishchi muhiti va oynalari bilan qisqacha tanishib chiqamiz. 

 

 



Rasm. 3.1. Flash MX asosiy oynasining ko’rinishi 

 

 



Tahrirlovchi uskunalar paneli 

 

 

Uskunalar  paneli  asosiy  oynaning  chap  tomonida  joylashgan.  Bu  panelda 



joylashgan uskunalar grafik obyektlarni yaratish va taxrirlash uchun xizmat qiladi. 

Uskunalar  panelining  ko’rinishi  3.2-rasmda  ko’rsatilgan.  Ishlash  qulay  bo’lishi 

uchun  uskunalar  paneli  4  –  bo’limga  bo’lingan.  Uskunalar  tanlanganda  ular 

“yonadi”. 

 

 

 



 

  Tools  (Uskunalar)  –  asosiy  uskunalarni  o’z  ichiga  oladi.  Bu 



uskunalardan  foydalanish  turiga  qarab  ikkiga  bo’linadi:  tanlash  va 

belgilash  uchun      mo’ljallangan  uskunalar  va  chizish  uchun 

mo’ljallangan  uskunalar.  Bu  uskunalarning  vazifasi  va  ulardan 

foydalanish to’g’risida alohida keyingi boblardada to’xtalamiz. 

  View (Ko’rish) – Ish maydonidagi tasvirlarni ko’rishni boshqaruvchi 



uskunalarni o’z ichiga oladi. Panelning bu qismida  ikkita uskuna bor 

holos.  


 

Hand Tool(Qo’l)- ish maydonini ko’rishni sichqoncha 

yordamida amalga oshirishni ta’minlaydi. 



 

ZoomTool(Mas'shtab) – ish maydonidagi tasvirlarni tez 

mas`shtab-lashtirishni amalgam oshiruvchi uskuna. Bu 

uskuna tanlanganda shu panelning Options(Parametrlar) 

qismida 2-ta qo’shimcha tugma paydo bo’ladi 

(kattalashtirish va kichiklash-tirish) 

Rasm. 3.2. 

Tahrirlovchi 

uskunalar paneli 


 

  Colors  (Ranglar)  –  Obyektlarni  ranglarini  sozlash  uskunalarini  o’z 



ichiga oladi. 

  Options  (Parametrlar)  –  Bu  qismda    yuqoridagi  uskunalarning  



qo’shimcha  imkoniyatlarini  beruvchi  yordamchi  uskunalar  chiqadi. 

Buning  uchun  yuqorida  joylashgan  uskunalarning  birortasini  tanlash 

kerak. Agar tanlangan uskunaning qoshimcha imkoniyati  yo’q bo’lsa 

uskunalar panelining Options qismida hech qanday uskuna chiqmaydi. 

Zarurat tug’ilganda uskunalar panelini joyini o’zgartirish mumkin. 

 

Foydalanuvchi grafik tasvirlarni yaratadigan va tahrirlaydigan joy –ish 



maydoni    deb  yuritiladi.(3.3-rasm).    Ish  maydoni  Flash  MX  oynasining 

markazida joylashagan va montaj stolini o’z ichiga oladi. Ish maydonining 

yuqori qismida mahsus tugmachalar joylashgan.  

 

 



Rasm 3.3. Flash MX oynasining ish stoli 

  

 

Strelka; Ustida ishlanayotgan sahna ko’rinishi (klip yoki simvol)dan 

bitta oldingisiga qaytish uchun xizmat qiladi; 

 

Kerakli sahnaga o’tish.  Bir vaqtning o’zida bir nechta sahna bilan 



ishlanayotgan bo’lsa, ushbu tugma bosilganda mavjud sahna ismlari 

royhati  menyu  ko’rinishida  chiqadi.  Sahna  ismlari  agar 

foydalanuvchi tomonidan berilmagan bo’lsa,   Flash ularni avtomatik 

tarzda Scene 1, Scene 2, … tarzda nomlab qo’yadi. 

 

Bu  tugmacha  bosilganda  kutubxonada  mavjud  simvollar  royhati 



menyu ko’rinishida chiqadi. Bu menyudan kerakli simvolni tanlab 

uni tahrirlash   mumkin. 

 

Mas'shtabni  berish  maydoni.  Foydalanuvchi  o’zi  uchun  kerakli 



mas`shtab variantini tanlashi yoki klaviatura orqali kiritishi mumkin. 

 

 



Ish maydoninig ixtiyoriy joyiga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib, uning 

o’ng tugmachasi bosilsa, kontekstli menyu paydo bo’ladi. U erdan – Scene(Sahna

punkti  tanlanganda  3.4-rasmdagi  oyna 

hosil  bo’ladi.  Bu  oynaning  nomi  ham 

“Scene” deb nomlanadi. 

Bu oynada siz: 

-  film  sahna  ko’rinishlari  ro’yhatini 

ko’rishingiz  mumkin;  filmning  borishi 

ularning  joylashishiga  mos  ravishda 

bo’lishi mumkin; 

-  tanlangan 

biror 


sahnadan 

nusha 


olishingiz mumkin; 

-  yangi, bo’sh sahna ochishingiz mumkin; 

-  keraksiz sahna korinishini o’chirib tashlshingiz mumkin. 

 

 



 

 

Rasm. 3.4.  Scene oynasi 

 


 

Montaj stoli 

 

Ish  maydoninig  markaziy  qismida  montaj  stoli(Stage)    joylashgan.  Filmni 



korish paytida fon rangi (agar muallif mahsus obyektdan fon sifatida foydalanmagan 

bo’lsa)  montaj stoli rangi bilan bir hilda nomoyon bo’ladi.  Film ishga tushirilganda  

ekranda montaj stolida joylashgan obyektlargina nomoyon bo’ladi. Har doim montaj 

stolida filmning, bitta sahnasi obyektlarigina joylashadi. Boshqa sahna ko’rinishiga 

o’tilsa shu sahna ko’rinishi stolda nomoyon bo’ladi. O’z vaqtida  montaj stoli joriy 

filmning o’zigagina tegishli bo’ladi. Agar siz yangi Flash fayli (*.fla) yaratsangiz, 

yoki mavjud fayllardan birortasini ochsangiz u umuman boshqa oynada chiqadi va 

boshqa  montaj  stoli  ajratiladi.  Ikkita  Flash-filmni  bitta  montaj  stolida  tahrirlab 

bo’lmaydi.  Agar  birorta  ham  fayl  ochilmagan  bo’lsa  montah  stoli  ham 

chiqmaydi.(3.5-rasm) 

Boshqa Windows ilovalarida bo’lgani kabi Flash MX da ham  ko’p hujjatli 

interfeys(MDI-  Multi  Document  Interface)  modelidan  foydalaniladi.  MDI  modeli 

yordamida  –  bitta  asosiy  oynada,  bir  vaqtni  o’zida  bir  nechta  fayllarni  alohida-

alohida oynalarga ochib, tahrirlash mumkin.  

 


Rasm. 3.5. Film ochilmaganda — Montaj stoli ham bo’lmaydi  

 

Masalan, 3.6-rasmda bitta Flash oynasida ikkita faylni ochilgan va har ikkalasi ikki 



hil film. Bu  

ikki filmdan biridan ikkinchisiga o’tilsa asosiy oyna o’zgarmaydi, montaj stoli esa 

o’zgaradi. 

MDI  modeli  bir  fayldagi  elementlarni  sichqoncha  yordamida  boshqasiga 

ko’chirib olib o’tish imkoniyatini beradi(drag-and-drop tehnologiyasi bo’yicha). 

 

 



Rasm. 3.6. Ikkita film bilan bir vaqtda ishlash  

 

Obeyektlarni  bir  filmdan  ikkinchisiga  olib  o’tish  vaqtida  obyektning  visual 



shakligina  emas,  uning  boshqa  hususiyatlari  ham  saqlanib  qoladi.  Masalan,  biror 

tugmani bir filmdan ikkinchisiga olib o’tishda uning shakli va г bajaradigan amal 

ham o’zgarmaydi. 

Eslatma: 


 

Obyektni  bir  filmdan  ikkinchisiga  ko’chirib  otishda  ko’rsatgichni  shu 

obyektga o’rnatiladi va  sichqoncha tugmasini bosib, uni qo’yib yubormagan holda 

keyingi filmdagi shu obyekt joylashishi kerak bo’lgan pozitsiyaga olib boriladi va 

sichqoncha tugmasi qo’yib yuboriladi. Obyekt  nushasini ko’chirish uchun esa bu 

amal  tugmasini bosgan holda  yuqoridagi amalni takrorlash orqali amalga 

oshiriladi.  

 

Vaqt diagrammasi 

 

 

Ish  maydoning  yuqori  qismida  Vaqt  diagrammasi(Timeline)  paneli 



joylashgan.(3.7-rasm) 

Vaqt  diagrammasi  paneli  ikki  qismga  bo’linadi:  qatlamlar  va  freymlar.  Vaqt 

diagrammasi  panelidan  foydalanib,  qatlam(Layer)larni  o’zaro  joylashgan  o’rnini 

boshqarish, obyektlarni joylashuv  ketma-ketligini o’zgartirish va boshqa bir qancha 

amallarni  bajarish  mumkin.  Vaqt  diagrammasi  animatsiya  va  filmning  interaktiv 

elementlarini  yaratishda  asosiy  uskunalardan  biri  hisoblanadi.  Vaqt  diagrammasi 

paneli murakkab strukturaga va ko’p sonli boshqarish elementlariga ega.   Shu bilan 

birga  o’rnatilgan  parametrlarga  bog’liq  ravishda  Vaqt  diagrammasining  tashqi 

ko’rinishi etarlicha katta diapazonga o’zgarishi mumkin.   

 

 



Rasm. 3.7. Vaqt diagrammasi paneli va uning elementlari 

 

Vaqt diagrammasi  elementlari  bilan  tanishishni  freymlar shkalasidan boshlaymiz. 



Shkala  sahnaning  hamma  qatlamlari  uchun  umumiy  bo’ladi.  Unda 

freym(freym)larni o’sib borish tartibidagi nomerlar tasvirlangan. Nomerlash qadami 

5 ga teng.  

 

Vaqt  diagrammasi  kallagi  o’ziga  hos  joriy(faol)  freymda    ifodalangan 



tasvirni(animatsiyani )  ko’rsatuvchi indikator vazifasini o’taydi. Tahrirlanayotgan 

film  ishga  tushirilganda  kallak  shkala  boyicha  o’ngga  qarab  surilib  boradi  va 



freymlar 

maydonidagi 

freymlarni 

navbatma-navbat 

“o’qiydi”(ko’rsatadi). 

Yaratilgan  animatsiyani  ko’rish  uchun  kallakni  sichqoncha  yordamida  siljitish 

mumkin.  



 

Vaqt diagrammasida tasvirlarni va freymlarni ifodalanishi 

 

 

Oldingi bo’limda kalit freymlar tog’risida qisqacha to’htalib o’tgan edik. Kalit 



freym – xususiy holda kulrang fonda joylashgan qora nuqta bilan ifodalanadi. Agar 

uning davomiga yana freym qoshsak, qora nuqtacha chiqmasa, u kalit freym bo’la 

olmaydi. 

Joylashish holati o’zgarishi bilan ifodalanuvchi tweened-animatsiyalar uchun 

-  bir-biri  bilan  strelka  orqali  ulangan, och-ko’k  rangli  fonda  joylashgan,  o’rtasida 

qora  nuqtasi  bor  freymlar  -  kalit  freymlar    hisoblanadi.  Strelka  ornida  esa  oraliq 

freymlar joylashadi.  

Shakl o’zgarishi bilan ifodalanuvchi tweened-animatsiyalar uchun  - bir-biri 

bilan  strelka  orqali  ulangan,  och-zangor  rangli  fonda  joylashgan,  o’rtasida  qora 

nuqtasi bor freymlar - kalit freymlar  hisoblanadi. Strelka ornida esa oraliq freymlar 

joylashadi.  

Strelkaning chap tomonida(boshlanishida) joylashgan kalit freym – ochuvchi 

freym, o’ng tomonida(oxirida) joylashgani yopyvchi freym deyiladi. 

Agar, yopuvchi kalit freym qoyilmagan bo’lsa, strelka o’rnida shtrix chiziq 

paydo bo’ladi. 

Agar  freym  ustida  kichik  a  harfi  bo’lsa  bu  freymga  “Action”    paneli 

yordamida qandaydir jarayon bog’langan bo’ladi. 


Freymlar  ustida  qizil  bayroq  bor  bolsa,  bu  freym  metka  yoki 

izoh(komentariy)ni ifodalaydi. 

Uzluksiz ketma-ketlikda joylashgan kalit-freymlar – “freymlar almashinishi” 

orqali amalga oshuvchi animatsiyani bildiradi. 

Vaqt  diagrammasining  tashqi  ko’rinishi  freymlarning    formatini  tanlashga 

ham bog’liqdir.  Freymlar shkalasining ohirida joylashgan 

 tugma ustiga borib, 

sichqonchaning  o’ng  tugmasi  bosilsa  Frame  View  menyusi  chiqadi.    Menyu 

vazifasiga  ko’ra  to’rtta    guruhga    bo’lingan  va  ular  gorizontal  chiziq  bo’yicha 

ajartilgan.(3.8 - rasm) 

 

 

Rasm. 3.8.  Freymlar formatini tanlash menyusi 

 

Birinchi guruh menyu bandlari freym yacheykalari  gorizontal o’lchamini o’rnatish 



uchun xizmat qiladi:  

 



Tiny (Tekislangan, siqilgan);  

 



Small (Kichik);  

 



Normal (Oddiy);  

 



Medium (O’rtacha);  

 



Large (Katta).  

Ikkinchi  guruhda  faqatgina  Short(Qisqa)  –  menyu  bandi  joylashgan  bo’lib,  u 

yacheykalar  o’lchamini  vertikal  boyicha  kichraytirish  uchun  xizmat  qiladi.(3.9-

rasm) 


 

Rasm. 3.9. Short menyu bandi boyicha o’zgartirilgan Vaqt diagrammasi ko’rinishi 

 

Uchinchi  guruhda  ham  bitta  Tinted  Frames(Boyalgan  freymlar)  menyu  bandi 



joylashgan  bo’lib,  u  freymlarni  animatsiya  turiga  qarab  rang  bo’yicha    ajralib 

turishini ta’minlaydi.  

Ohirgi to’rtinchi guruhda ikkita menyu bandi joylashgan: 

 



Preview  (Avvaldan  ko’rish)  —  menyu  bandi  kalit  freymi  tanlanganda  ish 

maydonida  chiquvchi  obyektni  kichraygan  holatini  to’g’ridan-to’g’ri  shu 

freym yacheykasida ko’rinib turishini ta’minlaydi; (3.10-rasm) 

 



 Preview In Context (Avvaldan kontekstda ko’rish). Ushbu menyu bandining 

Preview  menyu  bandidan  farqi  kalit  freym  yacheykasida  obyekt  montaj  

stoliga  nisbatan  qanday  holatda  joylashgan  bo’lsa  shundayligicha    chiqadi, 

tasvirning  montaj  stoli  chegarasidan  chiqib  ketgan  qismi  yacheykada 

ko’rinmaydi. 



 

 

Rasm. 3.10.  Preview(avvaldan ko’rish)  menyusi tanlanganda vaqt diagrammasida 

freymlarni ko’rinishi 



 

Hususiyatlar inspektori 

 

Ish  maydoning  pastki  qismida(biror  film  tahrirlanayotgan  yoki  yaratib 

qo’yilgan holatda) hususiyatlar inspectori paneli joylashgan. (3.11-rasm)  Agar ish 

maydonida birorta ham  obyekt tanlanmagan yoki  birorta ham obekt yo’q bo’lsa 

yoki montaj stolini  bosh joyiga borib sichqonchaning o’ng  tugmasi bosilsa, u holda 

hususiyatlar inspektorida filmning umumiy parametrlari nomoyon bo’ladi. Itiyoriy 

biror  obyekt  tanlanishi  bilan  hususiyatlar  inspektori  formati  o’zgaradi,  bu  holda 

hususiyatlar inspektori panelida shu obyektga tegishli bo’lgan paramatrlarni sozlash 

imkoniyatini beruvchi elementlar chiqadi. 

  Hususiyatlar  inspektori  panelida  filmning  umumiy  parametrlarini  sifatida 

quyidagi elementlar aks etadi: 


  Document(Hujjat) ismli maydon, unda joriy tahrirlanayotgan faylning 

ismi nomoyon bo’ladi; 

 

Rasm. 3.11. Hususyatlar inspektorining korinishi 

(filmning umumiy parametrlarini aks ettirgan holat)  

  Size(O’lcham).  Filmni  mustaqil  ravishda  boshqa  dasturlar  yordamida 



korillayotgandagi    ekran  o’lchami  va  boshqa  qo’shimcha  

parametrlarini sozlash uchun hizmat qiladi; Bu tugma bosilganda film 

ekrani  parametrlarini  sozlash  uchun  hizmat  qiluvchi  elementlarni  o’z 

ichiga  olgan  Document  Propertiyes  muloqot  oynasi  chiqadi.  (3.12-

rasm) 



  Publish(Nasr etish). Ushbu tugmacha yordamida joriy filmni avvaldan 



o’rnatilgan  yoki  boshlang’ich  parametrlar  asosida  boshqa  dasturlar 

muhitida  ishlashga  mo’ljallangan  faylga  aylantiradi(konvertatsiya 

qiladi). Agar avvaldan aniq bir  dastur muhitida ishlashga mo’ljallangan 

dastur  parametri  o’rnatilmagan  bo’lsa,  u  holda  boshlang’ich 

parametrlar bo’yicha quyidagi tipli fayllar hosil bo’ladi        (*. SWF, 

*.FLA, *.HTML). Nashr qilish parametrlari Fayl menyusining Publish 



Settings menyu bandi orqali o’rnatiladi; 

  Background(Fon) tugmasi bosilsa turli hildagi rang palitralarini o’zida 



mujassamlashtirgan  oyna  hosil  bo’ladi,  ulardan  ihtiyoriysini  tanlab 

montaj stoli rangini o’zgartirish mumkin. Biz bilamizki filmning orqa 

foni rangi montaj stolining rangi bilan aniqlanadi; 


  Frame Rate maydoniga freymlarning almashinish chastotasi kiritiladi. 

Masalan,  maydonga  12  soni  kiritilgan  bo’lsa,  film  bajarilishi 

mobaynida 1sekund vaqt 10 ta freym almashinadi. 

 

“?”(So’roq  belgisi)-HTML  formatida  yordamchi  ma’luymotlarni 



chiqaradi. 

 

 



Rasm. 3.12. Document Properties muloqot oynasi. 

MOVIE EXPLORER (FILM SHARHLOVCHISI) 

Movie  Explorer  –  Flash  MX  ning  asossiy  komponentlaridan  biri  hisoblanib,  u 

filmning  tuzilishini  ko’rish  va  ihtiyoriy  element  ko’rinishini  o’zgartirish 

(modifikatsiya qilish) uchun tez tanlash imkoniyatini beradi. 

 

Rasm.3.13 Movie Explorer oynasi 



 Movie Explorer dan foydalanib quyidagi amallarni bajarish mumkin:  

 

Film elementlarini uning nomi bo’yicha qidirish; 



 

Tanlangan 



elementni 

  ko’rinishini  o’zgartirishm(modifikatsiyalash) 

maqsadida hususiyatlar panelini chaqirish;   

 



Boshqa 

mualliff 

tomonidan 

yaratilgan 

Flash-filmning 

tuzilishini(strukturasini) ko’rish;  

 

Barcha  shriftlarni boshqasi bilan almashtirish. 



Movie Explorer oynasini ochish uchun Window menyusidan Movie Explorer bandi 

tanlanadi  yoki  Alt+F3  birgalikda bosiladi.  Movie  Explorerda  film  tuzilishi  daraht 

ko’rinishida chiqadi. Agar element o’z ichiga yana qandaydir elment(lar)ni olgan 

bo’lsa,  uning  oldida  (+)  belgisi  chiqadi.  (+)  belgisini  bosilsa  oynaning  yuqori 

qismida joylashgan tugmachalar holatiga mos keluvchi joriy elementga tegishli ichki 

elementlar royhati ochiladi. Royhatda keltirilgan har bir element oldida shu element 

tipini ifodalovchi belgi(rasm) joylashgan. 

 

Movie Explorer oynasida  tasvirlanuvchi film darahti ikki qismga bol’ingan: 



-  birinchi qismda aniq bir sahna(lar) va uning tarkibiga kiruvchi elementlar 

ro’yhati alohida-alohida  ifodalandi.   

Ikkinchi  qism  filmning  hamma  sahnalari  uchun  umumiy  hisoblanib,  unda  filmda 

foydalanilgan barcha simvollar ro’yhatini ko’rish mumkin va uni shunga monand 

ravishda  Symbol  Definition(s)  deb  ataladi.(3.14-rasm).  Bunda  tanlangan  element 

qayerda joylashganligini oynaning pastki qismidan bilib olish mumkin.  

 


 

Rasm. 3.14. Filmda foydalanilgan Simvollar ro’yhatini 

Movie Explorerda ko’rish  

Movie  Explorer  bilan  ishlashning  yana  bir  qulay  tomoni  shudaki,  agar  filmda 

ActionScript  tilidan  foydalani  biror  element  uchun  dastur  tuzilgan  bo’lsa,    uning 

belgisi  oldida  turgan  (+)  belgisi  ustida  sichqoncha  tugmasi  bosilsa  dastur  matni 

ochiladi.  (Rasm.3.15)  Agar  sichqoncha  tugmasi  biror  element  belgisi  ustida  yoki 

dastur  matning  ihtiyoriy  qatorida  ikki  marta  bosilsa  ActionScript  tahrirlovchisi 

chaqiriladi. 

 

Oynaning yuqori qismida  Show guruh tugmachalari va Find matnli maydoni 



joylashgan. 

 

 



 

Rasm. 3.15. Movie explorer yordamida  dastur matnini ko’rish 

 

Show  guruhi  tugmachalari  film  darahtida  ma’lum  bir  tipli  elementlar  ro’yhatini 

ko’rsatish yoki ko’rsatmaslik uchun hizmat qiladi. Bir vaqtning o’zida bir nechta 

tugmachalardan birgalikda foydalansa bo’ladi.  

Bu tugmachalarning vazifasi: 

 

  Show  Text  –  Film  darahtida  matnli  tipga  mansub  elementlarni 

ko’rsatish yoki ko’rsatmaslik uchun hizmat qiladi; 



  Show  Buttons,  Movie  Clips  and  Graphics  -  Film  darahtida 

Tugmalar,kliplar  va  grafik  obyektlarni  ro’yhatini  ko’rsatish  yoki 

ko’rsatmaslik uchun hizmat qiladi;  

 

 



Show Action Scripts — Film darahtida  ActionScript tilida yozilgan 

dastur matnlarini ko’rsatish yoki ko’rsatmaslikni ta’minlaydi; 

 


  Show  Video,  Sounds  and  Bitmaps    -  video,  ovoz  va  rastrli  rasmlar 

royhati film darahtida ko’rinishi yoki ko’rinmasligini ta’minlaydi;  

  Show  Frames  and  Layers  –  Film  darahtida  qatlamlar  va 

animatsiyalardagi  kalit  freymlar  ro’yhati  ko’rinishi  yoki 

ko’rinmasligini ta’minlaydi; 

  Customize  which  items  to  show  —  Bu  tugmacha  bosilishi  bilan 

qo’shimch muloqot oynasi ochiladi. Oynadan qanday elementlar film 

darahtida ko’rinishi kerak bo’lsa ularni tanlanadi va bu parametrlar 

boshqa filmlar ochilganda ham o’zgarmaydi; (Rasm. 3.16).  

 

 



Rasm. 3.16. Film darahtida ko’rinishi kerak bo’lgan 

elementlarni tanlash oynasi 

 

Find  maydoniga  filmning  biror  qidirilishi  kerak  bo’lgan  elementi  nomi  yoziladi. 

Matn  yozilishi jarayonida film darahtida faqat topilgan element(lar) nomoyon bo’lib 

boradi. (3.17-rasm) 

 


 

Rasm 3.17. Movie Explorer oynasida filmning biror elementini qidirish 

 

 



 

 

 



Flash MX konfiguratsiyalarini tanlash va saqlash 

 

Flash MX foydalanuvchiga ishchi vositalarni konfiguratsiyalarini avtomatik tarzda 



tanlash imkoniyatini beradi. Bunda asosan uchta konfiguratsiya ko’riladi: 

-  Dizaynerlar uchun mo’ljallangan Designer konfiguratsiyasi; 

-  Dasturchilar uchun mo’ljallangan Developer konfiguratsiyasi; 

-  Umumiy konfiguratsiya General. 



Agar  siz  bu  uchta  konfiguratsiya  to’grisida  oldindan  biror  mal’umot  olmoqchi 

bo’lsangiz,  asosiy  oynaning  Help  menyusidan  Welcome  menyu  bandini  tanlang. 

Buning tanijasida ekraningizda Flashda tayyorlangan muloqot oynasi chiqadi. (3.18-

rasm)  Unda yuqorida keltirilgan uchta konfiguratsiyaga mos keluvchi uchta menyu 

joylashgan. O’zingiz uchun kerakli ma’lumotni kerakli menyu bandini tanlash orqali 

olishingiz mumkin. 

Konfiguratsiyalarni saqlash uchun: 

1.  Asoaiy oynaning Window menyusidan Panel Sets (Panellar to’plami) menyu 

bandini tanlang. 

2.  Bu  menyu  bandi  yonidan  chiqqan  yon  menyudan  munosib    konfiguratsiya 

variantini    tanlashingiz  mumkin:  umumiy  konfiguratsiya  uchun    Default 

Layout  menyu  bandi mos  keladi;    Designer  va  Developer variantlari  uchun 

foydalanilayotgan  monitor  imkoniyatiga  qarab  bir  nechta  konfiguratsiya 

variantlari ro’yhati keltirilgan. 

Ihtiyoriy biror konfiguratsiya tanlangandan so’ng  asosiy oynadan oshiqcha bo’lgan 

oynalar  olib  tashlanadi  yoki  aksincha,  etishmayotgan  oynalar  ochiladi.  Barcha 

mavjud  oynalar  ro’yhati  asosiy  oynaning  Window  menyusida    menyu  bandlari 

tarzida berilgan. Ulardan birortasini tanlasangiz shu oyna ochiladi.  Ozingiz uchun 

qulay  bo’lgan  ishchi  muhit    tayyorlab  olganingizdan  so’ng  bu  konfiguratsiyani 

saqlab qo’yishingiz mumkin. Buning uchun: 

1.  Window menyusidan Save Panel Layout(Oynalar konfiguratsiyasini saqlash) 

menyu bandini tanlang; 

2.  Ekranda  chiqqan  muloqot  oynasidagi  Name  maydoniga  saqlanayotgan 

konfiguratsiya nomini kiriting va OK tugmasini bosing. (3.19-rasm).  

 


 

 


 

Rasm. 3.18. Kerakli konfiguratsiya to’g’risida ma’lumot olish oynasi 

Ohirgimarta  foydalanilgan(yaratilgan)  konfiguratsiya    Flash  MX  ni  navbatdagi 

yuklanishida avtomatik tarzda u bilan birga  yuklanadi.  

 

Rasm. 3.19. Foydalanuvchi konfiguratsiyasini saqlash oynasi 

Foydalanuvchi tomonidan yaratilgan konfiguratsiyalar barchasi Panel Sets menyu 

bandi yon menyusidagi royhatga qo’shiladi. (Rasm. 3.20).  



 

Rasm. 3.20. Foydalanuvchi tomonidan yaratilgan konfiguratsiyani chaqirish 

   


Tezkor tugmachalarni belgilash 

Foydalanuvchining interfeysini grafik rejimda ifodalash keng tarqalganligi sababli 

dasturlarning aksariyat funksiyalari “sichqon” yordamida ishga tushiriladi. Lekin, 

Tajribalar  shuni  ko’rsatadiki,  tez-tez  murojaat  qilinadigan  buyruqlarni  “tezkor 

tugmacha”- lar(Shortkut keys yoki Hotkeys) orqali bajarish qulaydir. Flash MX da 

foydalanuvchilar  o’zlari  uchun  tezkor  tugmachalar  kombinatsiyasini  belgilab 

olishlari  mumkin.     Buning  uchun  Edit  menyusining  Keyboard  Shortcuts...menyu 

bandini  tanlanadi.    Oyna  interfeysning  quyidagi  elementlarini  o’zida 

mujassamlashtirgan(3.21-rasm): 


 

Rasm. 3.21. Tezkor tugmachalarni  belgilash oynasi 

Ochiluvchi Currient Set(Joriy to’plam)  maydonidan siz, oldindan aniqlab qoyilgan 

quyidagi  tezkor  tugmalar    kombinatsiyasini  tanlashingiz  mumkin;  bu 

kombinatsiyalar    quyidagi  grafik  muharrir(redaktor)lardagi  tezkor  tugmalar 

kombinatsiyalariga mos keladi:  

 



Macromedia Fireworks 4;  

 



Macromedia FreeHand 10;  

 



Adobe Illustrator 10;  

 



Adobe Photoshop 6.  

Bulardan  tashqari  Macromedia  Standart  va  Flash  5  tezkor  tugmalari  to’plamidan 

ham foydalanishingiz mumkin. 

Yana  bir  ochiluvchi  Commands  maydonida  keltirilgan  ro’yhatdan  siz  ma’lum 

buyruqlarni  bajarishga  mo’ljallangan  kombinatsiyalar  to’plamini  ko’rishingiz  va 

zarur  joylariga  o’zingizga  qulay  kombinatsiyani  yozishingiz  mumkin.  Bu 

kombinatsiyalar to’lami to’rtta: 


 

Drawing Menu Commands (Chizish menyusi buyruqlari);  

 

Drawing Tools (Chizish uskunalari);  



 

Test Movie Menu Commands (Filmni tekshirish menyusi buyruqlari);  

 

Actions Panel Commands (ActionScript muharriri buyruqlari).  



Biror variant tanlangandan so’ng Commands  maydoning pastki qismida variantga 

mos  buyruqlar  ro’yhati  chiqadi.  Agar  Drawing  Menu  varianti  tanlangan  bo’lsa, 



Commands  maydoning pastki qismida  asosiy oyna menyusining barcha buyruqlari 

ro’yhati  chiqadi.    Biror  menyu  bandi  buyruqlariga  mos    tezkor  tugmachalar 

kominatsiyasini ko’rish uchun sichqoncha yordamida  ro’yhat chap tomonidagi  “+” 

belgisini bosish etarlidir. 



Description matnli maydonidan - royhatdagi tanlangan buyruq uchun izoh yozishda 

foydalaniladi.  



Shortcuts qatorida joylashgan “+” va  “– ”  tugmachalari mos ravishda ro’yhatdan 

tanlangan  buyruqni  bajaruvchi  tezkor  tugmacha  belgilash  yoki  uni  olib  tashlash 

uchun  xizmat  qiladi.  Belgilanayotgan  tugmalar  kombinatsiyasi  klaviatura 

yordamida  Press  Key  matnli  maydoniga  kiritilishi  zarur.  Kiritilgan  so’zni  amalda 

saqlab  qoyish  uchun  Change  tugmasi  bosiladi.  Faqat  shuni  esdan  chiqarmaslik 

lozim:  Agar  Shortcuts  qatoridagi  “+”  va    “–  ”    tugmalari,  Press  Key  maydoni  va  



Change  tugmasi  “harakatlanmaydigan  holda”  bo’lsa,  yangi  tezkor  tugmalar 

kombinatsiyasini kiritishdan oldin joriy Currient Sets maydonida tanlangan tezkor 

tugmalar  kombinatsiyalari  to’plami    konfiguratsiyasi  saqlanuvchi  fayl  nushasini 

yaratib  olish  zarur. Fayl  nushasini  yaratish  uchun  Keyboard  Shortcuts  oynasining  

yuqori-o’ng    qismida  joylashgan 

  (Duplicate  Set)  tugmasidan  foydalaniladi  

Ushbu tugmani bosilganda fayl nushasi nomini kiritishni so’rovchi muloqot oynasi 

chiqadi  (3.22-rasm).  Fayl  yaratilgandan  so’ng    Keybord  Shortcuts  oynasidagi  

buyruqlar  ro’yhati  endi  ana  shu  faylga  tegishli  bo’lib  qoladi.  Ro’yhatdan  kerakli 

buyruq tanlanadi va uni tezkor tugmalar kombinatsiyasiga bog’lash mumkin bo’ladi, 

ya’ni Shortcuts qatoridagi “+” va  “– ”  tugmalari, Press Key maydoni va  Change 

tugmasi va shu bilan birga  Duplicate Set tugmasi yonida joylashgan ikkita tugma 

ham “harakatlanuvchi holatga” o’tadi.  


 

Rasm. 3.22. Duplicate Set tugmasi bosilganda chiqadigan muloqot oynasi 

 

Demak, yangi tezkor tugmalar kombinatsiyasini yaratish uchun quyidagi amallarni 



bajariladi: 

1.   Current Set ro’yhatidan biror avvaldan aniqlangan tezkor tugmalar to’plami 

konfiguratsiyasi tanlanadi. 

2.  Uni Duplicate Set tugmasi yordamida yangi faylga ko’chirib olinadi. 

3.  Buyruqlar  ro’yhatidan  siz  tezkor  tugmaga  bog’lash  kerak  bo’lgan  biror 

buyruqni tanlaysiz. 

4.  “+” tugmasin bosasiz, natijada pastda   qatori hosil bo’ladi.  

5.    Press  Key  maydoniga  klaviatura  yordamida  tugmalar  kombinatsiyasini 

kiritasiz va Change tugmasini bosasiz 

Agar siz kiritgan kombinatsiya boshqa bir buyruq bilan bog’liq bo’lsa,  Press Key  

maydoning  pastki  qismida  ogohlantirish  chiqadi.  Bunday  holda  siz  o’zingiz 

hohlagan variantni tanlashingiz mumkin. 

 

 

Flash MX  parametrlarini sozlash 



 

Flash  MX  muharriri  parametrlarini  sozlash  uchun  Edit  menyusidan  Preferences 



(Parametrlarni  o’rnatish)  menyu  bandi  tanlanadi.  Natijada  Preferences  muloqot 

oynasi ochiladi.  



Preferences  oynasida  beshta  bo’lim  mavjud:  General(Umumiy  parametrlar), 

Editing(Tahrirlash 

parametrlari), 

Clipboard(Bufer 

yordamida 

ma’lumot 

almashtirish parametrlari), Warnings(Ogohlantirish) va ActionScript(ActionScript 

muharriri parametrlari). 

 

General bo’limida qoyidagi elementlar mavjud(3.23-rasm): 

 



Undo  Levels  matnli  maydoni;    bu  maydonga  Undo(bekor  qilish)  buyrug’i 

yordamida  nechta  amalni  bekor  qilish  mumkinligini  aniqlovchi  0  dan  200 

gacha oraliqdagi son kiritiladi;  

 



Printing  Options:Disable  PortScript  belgilash(tanlash)  maydonchasi;  Agar 

siz  foydalanayotgan  printer  PortScript  formatidagi  faylani  chop  etishda 

hatolik  chiqarsa,  ushbu  maydonni  belgilab  qo’yiladi(belgilash  uchun 

sichqoncha  ko’rsatkichini  shu  maydoncha  ustiga  olib  kelib  uning  o’ng 

tugmasini bir marta bosish etarli).   

 



Selection  Options:  Shift  Select  belgilash  maydonchasi.  Agar  maydoncha 

belgilab  qo’yilgan  bo’lsa,  bir  nechta  obyektlarni  tanlash  Windows  usuli 

bo’yicha  amalga  oshiriladi:  Shift  bilan  bosilganda  yangi  obyekt  oldin 

tanlanganlari soniga qo’shiladi. 

 

Rasm. 3.23.  Preferences oynasining  General bo’limi 

 


  Show Tooltips belgilash maydonchasi; Agar maydoncha belgilangan holatda 

bo’lsa sichqoncha muharrirning biror elementi ustiga olib borilganda uning 

pastida yordamchi ma’lumot chiqadi;  

 

Timeline  Options:  Disable  Timeline  Docking  belgilash  maydonchasi;  Agar 



maydoncha  belgilangan  holatda  bo’lsa,  Vaqt  diagrammasi  oynadan  alohida 

holatda nomoyon bo’ladi; 

 

Span  Based  Selection  Vaqt  diagrammasidan  freymlarni  “Flash  5  uslubida” 



tanlash  imkoniyatini  beradi,  bunda  freymlar  qatoridan  ikki  kalit  freym 

orasidagi ixtiyoriy freymni sichqoncha bilan tanlash natijasida mana shu ikki 

kalit  freym  orasidagi  barcha  freymlar  ketma-ketligi    belgilanganadi. 

Boshlang’ich  holda      Frame  based  selection  -freymlarni  alohida  tanlash 

rejimidan foydalaniladi; 

 



 Named  Anchor  on  Scene(Sahna  metkalarininomlash).  Agar  bu  maydoncha 

tanlangan  holda  bo’lsa,    Flash  muharriri  har  bir  sahnaning  birinchi  kalit 

freymiga  avtomatik tarzda nomlangan metka  qo’yib ketadi. 

 



 Highlight  Color  qatoridan  joylashgan  ikki  tnlash  maydonlaridan  siz  joriy 

qatlam(Layer)ning 

sahnadagi 

chegara 


chizig’i 

rangini 


berishda 

foydalanishingiz mumkin.  

-  Use This Color (Quyidagi rangdan foydalanish)ni tanlab, paydo bo’lgan 

ranglar oynasidan  biror rangni tanlashingiz mumkin 

-  Use Layer Color (Qatlam rangidan foydalanish) ;  

 



Font  Mapping  Default  ochiluvchi    ro’yhati;  Flash  filmlar  bilan  ishlash 

jarayonida shunday holatlar bo’lishi munkin: Boshqa bir dizayner tomonidan 

yoki  boshqa kompyuterda qilingan filmlarda foydalanilgan shriftlar sizning 

komyuteringizda o’rnatilmagan bo’lishi mumkin. Bunda shu shriftlar orniga 

siz  o’z  kompyuteringizda  mavjud  shriftlardan  foydalanishingiz  mumkin. 

Buning uchun almashinuvchi shrift sifatida Font Mapping Default ochiluvchi 

maydonidan  siz  o’z  kompyuteringizda  bor  shriftlar  ro’yhatidan  birortasini 

tanlashingiz lozim. 

 


 

 

 



Clipboard  bo’limida  obyektlardan  bufer  yordamida  ma’lumot  almashish  uslubi 

bo’yicha  nusha  olish  parametrlarini  sozlashingiz  mumkin.  Bu  bo’lim  o’zi  uchta 

qismga  bo’lingan(3.24-rasm)  va  unda  foydalanuvchi  quyidagi  parametrlarni 

o’rnatishi mumkin: 

 



 



Flash filmga import qilingan rastrli tasvirlar(Bitmaps) uchun : 

Rang uyg’unligi (Color Depth);  



Buferga sig’ish chegarasi (Resolution);  

Buferrdan ajratiluvchi joy hajmi(Size limit);  



Tasvirni tekislash (Smooth);  

 

Flashga  import  qilinadigan  WMF(Windows  metafile)  formatidagi  tasvirlar 



uchun  Gradient  ranglar  sifat  darajasini  berish;  Unda  faqat  bitta  Quality 

parametrini o’zgartiriladi. Grdient ranglar sifat darajasi qancha oshirilsa uni 

import qilish shuncha ko’p vaqt talab qiladi. 

 



Flash filmga import qilinuvchi FreeHand formatidagi matn bo’lgini tahrirlash 

va saqlash uchun Maintain Text as Blocks belgilash maydonchasi tanlanadi. 



 

 

Rasm 3.24.  Flash parametrlarini sozlash oynasining Clipboard bo’limi 

 

Endi  Flash  interfeysi  ish  stoli  va  ishchi  muhiti  ko’rinishini  sozlash  uchun 



qollaniladigan  buyruqlarni  ko’rib  chiqamiz.  Bu  buyruqlar  asosan    View    menyusi 

buyruqlari hisoblanadi: 

-  Montaj  stolidagi  tasvir  masshtabini  o’zgartirish  uchun  Zoom  In 

(Kattalashtirish),  Zoom  Out  (Kichraytirish),  Magnification  (Tasvir 



o’lchamini kattalashtirish)  menyu bandlaridan foydalaniladi; 

-  Work  Area  (Ishchi  muhit);  Agar  ushbu  menyu  bandi  tanlangan  holda 

bo’lsa(ya’ni uning oldida     belgisi bo’lsa), montaj stolining  chegarasidagi 

muhit  ham    montaj  stoli  kabi  hususiyatga  ega  bo’ladi.  Unga  grafik 

obyektlarni chizish mumkin bo’ladi, ya’ni bu qismdan montaj stolining bir 

qismi sifatida foydalanish mukin.(3.25-rasm) Faqat bu qismga joylashgan 

obyektlat film ishga tushirilganda ko’rinmaydi. 

-  Rulers  (Chizg’ich),  Grid  (To’r),  Guide  (Boshqaruvchi).  Rulers  va  Grid 

menyu  bandlarini  tanlansa  ,    mos  ravishda  ish  maydoniga  

√ 


chizg’ich(Линейка) va to’r chiqaradi. Bular obyektlarni bir-biriga nisbatan 

joy-joyiga qo’yish, hamda ularni aniq koorinatalarga chizish kabi ishlarni 

amalga oshirishda qulayliklar yaratadi.(3.26-rasm)  Chizg’ich ish stolida 

ko’rinib turgan holatda uni ustiga sichqonchani olib borib chap tugmasini 

bosgan  holda  montaj  stoliga  qarab  tortsak,  boshqaruvchi  hosil  bo’ladi. 

Boshqaruvchi 

yordamida 

obyektlarni 

solishtirish 

mumkin. 


Boshqaruvchini  o’chirib  tashlash,  joyini  o’zgartirish  mumkin.  

Boshqaruvchini  hususiy  holda  yaratish  uchun,  boshqaruvchi  qatlamdan 

foydalaniladi. Bu to’g’risida keyingi bo’limlarda tanishamiz.     

 

Rasm. 3.25. Obyektlarni montaj stoli chegarasidan tashqariga, ishchi muhitga 

chizish 

  


 

Rasm. 3.26  Chizg’ich va to’r qoy’ilgan ishchi muhiti ko’rinishi 

 

Yordam va o’rgatuvchi vositalar 



 

Yordam  va  o’rganish  vositalarini  siz  Flash  yuqori  menyusining  Help 

bo’limidan topishingiz mumkin. Unda quyidagi lar mavjud:  

 



Lessons  (Darslar)  —  Flash  da  yaratilgan,  Flashda  asosiy  operatsiyalar 

bajarishni o’rgatuvchi  bir nechta interaktiv darslarni chiqaradi.  

 

Tutorial (Elektron qollanma) —Flash-film yaratish uchun HTML formatidagi 



tugallangan yordamchi ma’lumotlarni chaqirish; 

 



Using  Flash  (Flashdan  foydalanish)  –  Flash  MX  dan  foydalanishni 

o’rgatuvchi  HTML  formatidagi  ko’p  sahifali  mukammal  ma’lumotlarni 

chaqiradi. 


 

ActionScript  Dictionary  (ActionScript  –  lug’ati)  —    ActionScript  тили 

buyruqlari  konstruktsiyasi  va  ulardan  foydalanish  to’g’risidagi  HTML  

formatidagi yo’riqnoma. 

 

Samples  (Misollar)  —  Flash  MX  mkoniyatlarini  ko’rsatuvchi,  turli  hil 



murakkablikdagi Flash-filmmlari to’plami;  

 



Flash  Support  Center  (Центр  поддержки  пользователей  Flash 

foydalanuvchilarini    qo’llab  quvvatlash  markazi)  –Flash  Web-Sahifasiga 

yo’naltiruvchi(cсылка).  

 

 



Rasm. 3.27.  Interaktiv darslarni o’rgatuvchi Flash-filmni oynalaridan biri 

 

Interaktiv darslar ni o’qish jarayonida siz qu’yidagilarni o’rganishingiz mumkin: 



 

Getting  Started  with  Flash  —  Flash  tehnologiyasi  va  uning  imkoniyatlari 



to’g’risida umumiy ma’lumotlar; 

 



Illustrating in Flash — Grafik tasvirlar yaratish; 

 



Adding and Editing Text — Filmga matnli qismlar qoshish  va tahrirlash; 

 



Creating and Editing Symbols — Simvollar yaratish va tahrirlash 

 



Understanding Layers — Qatlamlar bilan ishlash tehnologiyasi; 

 

Creating 



Tweened 

Animation 

—  Tweened-animatsiyalar  yaratish 

tehnologiyasi; 

 

Creating Buttons — Interaktiv tugmalar yaratish;  



Flash MX ni o’rganuvchilar o’rganishni  interaktiv darslardan boshlashlari 

maqsadga muvofiq, chunki unda har bir dars  misollar bilan berilgan. 



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling