Flashda shakl va harakat animatsiyasini qurish Ishning maqsadi


Download 344.48 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.11.2020
Hajmi344.48 Kb.
#140990
Bog'liq
Flashda shakl va harakat animatsiyasini qurish


 

Flashda shakl va harakat animatsiyasini qurish 



 

Ishning maqsadi: Flashda harakat va shakl animatsiyasi qurish usullarini o`rganish. 

 

Qisqacha nazariy ma’lumotlar 

 

Flash dastui obyektlarga animatsiya berish, ya’ni obyektning ko`chish, shakli, tangi, shaffoligi, 

burilish berchagi kabilarni o`zgarishi jarayonini tasvirlash imkonini beradi. O`zgarishlar bir-biridan mustaqil 

va boshqa qatlamlarda o`zgarishlar bir vaqtda yuz berishi mumkin. Flash dasturida animatsiya ketma- ket 

joylashgan kadrlarga chizilgan tasvirlarni o`zgartirish orqali yaratiladi.  



Flashda animatsiyaning ikki turi mavjud: qadamli yoki kadrli (frame-by-frame) va avtomatik yoki 

kadrlashtirilgan (tweened).  

Avtomatik animatsiya ikki xil bo`ladi:  

 



Harakat  (Motion-tweening)  —  obyektning  atributlarini  boshqarishga  mo`ljallangan.  Masalan, 

koordinatasi yoki yo`nalishini o`zgartirilishi.  

 

Shakl (Shape-tweening) — bir obyektning shaklini boshqasi bilan almashtirishga imkon beradi. faqat 



“rasm” turidagi obyektlar bilan ishlaydi. «matn» va «simvol» turidagi obyektlarni rasmga aylantirish 

uchun menyuning Modify→Break Apart buyrug`idan foydalaniladi. 

Kadrlarni boshqarish Timeline (временная диаграмма) paneli yordamida amalga oshiriladi. Unga 

murojaat etish uchun menyuning Window→Timeline buyrug`idan foydalaniladi. 

 

1-misol. Xalqani kvadratga aylantirish (shakl) animatsiyasini quramiz:  

1. Oval  uskunasi orqali xalqa chizamiz.  

2.  Selection  uskunasini  tanlang  va  Timeline  da  30-kadrni  tanlang.Menyudan 

Insert→Timeline→Keyframe (F6) buyrug`ini tanlang. 30-kadr kalit kadrga aylantirildi. 

3.  30-kadrda  Rectangle  uskunasi  yordamida  kavdart  chizing  va  aylanani  tanlab  o`chirib 

tashlang. 

4.  Chizg`ichning  1-  va  30-kadr  orasida  sichqonchani  ikki  marta  bosing  va  Properties 

panelida animatsiya  turini Tween: Shape kabi tanlang. 

5.  1-kadrni  tanlang  va  Enter    klavishasini  bosing.  Rolikni  namoyish  etish  uchun 



Control→Test Movie (Ctrl+Enter menyu buyrug`ini tanlang.  

 

2-misol. Aylana harakati animatsiyasini quramiz:  

 

1. Yangi hujjat aylana chizing va Paint Bucket uskunasi yordamida oq-qora radial gradiyent 



rang bering. 

2.  Edit→Select  All  ni  tanlang  va  menyudan  Modify→Convert  to  Symbol  buyrug`ini 

tanlang.  Name  maydonida  obyekt  nomini  bering:  ball,  Behavior  maydonida  obyekt  turini  bering: 

Graphic

3.  Tanlashni  bekor  qilmasdan  Window→Design  Panels→Info  panelida  x=150,  y=50, 



w=50, h=50 parametrlarini o`rnating. 

4. 61-kadrni kalit kadrga aylantiring. 

5. Chizg`ichda 1- va so`nggi kadr oralig`ida sichqonchani ikki marta bosing va  Properties 

panelida Tween: Motion animatsiyasini tanlang. 

6. 31-kadrni kalit kadrga aylantiring. 

7.  Obyektni  tanlang  va  Info  panelida  y=250  ni  `ornating.  Enter  klavishasini  bosish  orqali 

animatsiyani ishga tushiring. Shar harakatlanadi.  

8.  28-  va  34-  kadrlarni  kalit  kadrga  aylantiring.  31-  kadrda  koptokni  tanlang  va 



Window→Design  Panels→Transform  palitrasida  Constrain  ni  `ochiring  va  h  parametrini  10-

20% ga kichraytiring.  

Properties panelida Ease parametrini o`zgartirish orqali koptokka tezlanish effektini berish 

mumkin.  



2-misol. Animatsion simvol yaratish 

1. Tayyor animatsiyadan Movie clip rolik yarating. Buning uchun Timeline panelida Shift 

klavishasini bosib turgan holda, ketma- ket 1- va so`nggi kadrni tanlang va Edit→Timeline→Copy 

Frames yordamida nusxalang.  

2. File→New yordamida yangi hujjat yarating va Insert→New Symbol  yordamida simvol 

yarating.  Ochilgan  oynada  radiotugmani  Movie  Clip  holatini  tanlang  va  Name  maydoniga 

ball_clip  deb nom qo`ying.  

3.  Kursorni  Timeline  panelining  1-kadriga  joylashtiring  va  avval  nusxalangan  kadrlarni 

q`oying:  Edit→Timeline→Paste  Frames.  Yuqori  chap  burchakdagi  у  Scene  1  tugmasini  bosish 

orqali sahnaga qayting. 

4.  Вызовите  палитру,  выбрав  в  Manyuning  Window→Library  buyrug`i  yordamida 

Library  palitrasini  yuklang.  Sakrovchi  koptok  ball_clip  simvolida  joylashgan  bo`ladi.  Uni 

palitradan  sichqoncha  yordamida  ischi  soha  markaziga  sudraymiz  va  natijani  tekshirish  uchun 



Ctrl+Enter  klavishalarini  bosamiz.  Enter  klavishasi  bosilganida  animatsiyaning  faqat  birinchi 

kadrini ko`rish mumkin. Timeline shkalasida faqat bitta kadr ishlatilganligiga e’tibor qarating.  

 


 

Topshiriqlar 

1. Quyidagi shakl animatsiyasi  hosil qilinsin.  

 

 



                                                    

 

 



2. Quyidagi shakl animatsiyasi hosil qilinsin.  

 

 



 

 

3. Quyidagi shakl animatsiyasi hosil qilinsin.  



 

 

 



 

 

4. Quyidagi shakl animatsiyasi hosil qilinsin.  



 

 

 



 

5. Shamol harakati animatsiyasi qurilsin.  

6. Avtomobil harakati animatsiyasi qurilsin.  

7. Tomchi harakati animatsiyasi qurilsin.  

8. Qushlar harakati animatsiyasi qurilsin.  

9. Raketa harakati animatsiyasi qurilsin.  

10. Meteorit harakati animatsiyasi qurilsin.  

11. Kometa harakati animatsiyasi qurilsin.  

12. Varrak harakati animatsiyasi qurilsin.  

13. Daraxt yaprog`i harakati animatsiyasi qurilsin.  

14. Kapalak harakati animatsiyasi qurilsin.  

15. Tutun harakati animatsiyasi qurilsin.  



 

16. Qor parchasi harakati animatsiyasi qurilsin.  



17. Tennis koptogi harakati animatsiyasi qurilsin.  

18. Quyosh tizimi harakati animatsiyasi qurilsin.  

19. Yurak urishi harakati animatsiyasi qurilsin.  

20. O`pka harakati animatsiyasi qurilsin.  

21. Sichqoncha qurilmasi harakati animatsiyasi qurilsin.  

22. Fotosuratga o`zgartirish  kiritish harakati animatsiyasi qurilsin.  

23. O`simlik o`sishi animatsiyasi qurilsin.  

24. Xazonrezgi animatsiyasi qurilsin.  

25. Tungi avtomobil harakati animatsiyasi qurilsin.  

26. Burgut harakati animatsiyasi qurilsin.  

27. Suvga sakrash animatsiyasi qurilsin.  

28. Yugurish musobaqasi animatsiyasi qurilsin.  

29. Vaznsizlik animatsiyasi qurilsin.  

30. Velosipedda uchish animatsiyasi qurilsin.  



 

Download 344.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling