Flavanoid saqlagan Rutin, flamin, kvеrtsеtin preparatlarini taxlili
Download 23.69 Kb.
|
Flavanoid saqlagan Rutin, flamin, kvеrtsеtin preparatlarini taxlili
Rutin olish texnologiyasi
Xozirgi vaqtda tibbiyotda dori sifatida rutin, kvartsetin preparati keng qo‘llaniladi. Rutinni 1842 yilda birinchi marta nemis olimi Vays Ruta graveolens o‘simligidan olgan bo‘lib, preparat shu o‘simlik nomi bilan yuritilib kelmoqda. Xozirgi vaqtda rutinni o‘simlikning er ustki qismidan va yapon saforasining (saphora japonica) g‘unchasidan olinadi. Xozirgi vaqtda rutin yapon saforasining g‘unchasini suvda qaynatib, so‘ngra spirtda qayta kristallab olinadi. Buning uchun yapon saforasining g‘unchalarini qaynoq suvda ekstraktsiya qilinadi. 3 marta 1:8 nisbatda, 1-2 atmosfera bosimda, 130OC xaroratda, so‘ngra qaynoq xolda 2 qavat bo‘z orqali g‘unchadan ekstraktni filtrlab ajratib olinadi. Qaynoq xolda filtrlanganda rutin suvda erigan xolda bo‘ladi. Qaynoq ekstraktni 180S gacha sovutiladi, bunda rutin cho‘kmaga tushadi. Rutin bilan birgalikda boshqa suvga erib chiqishi mumkin bo‘lgan biologik faol moddalar xam cho‘kmaga tushadi. Cho‘kmadagi rutinni bo‘z orqali filtrlanadi. Filtrlab, yaxshilab oqava suvlarni rangi toza bo‘lguncha suv bilan yuviladi. Yuvish jarayonida boshqa ekstraktiv moddalar suvda erib o‘tadi va rutin tozalanadi. Toza yuvilgan nam rutin 80-85OS dan oshib ketsa, rutin parchalanib ketib, texnologik rutin olinadi. Texnologik rutinni olib, 1:30 nisbatda, kontsentratsiyasi 85 dan past bo‘lmagan etil spirtda 45 daqiqa davomida qaynatilib eritiladi. So‘ngra rutinni spirtli eritmasi sovutiladi. Sovutilganda rutin bilan spirtga erib chiqqan boshqa ekstraktiv moddalar cho‘kmaga tushadi. Sovuq spirtli eritmani filtr pressda texnik yot moddalardan tozalanadi (Yot moddalar texnik rutinni olish jarayonida filtrlash protsessini yomonligidan oralig‘ida o‘tib qolgan bo‘lishi mumkin). Spirtli eritmani xaydash apparatiga o‘tkazib eritmadan spirt-suvli rutin qolguncha xaydaladi. Xaydalgan spirtning kontsentratsiyasi tekshirilib, qayta ishlatilib, yana texnik rutinni suvdan ajratish uchun sentrifugalanadi. Ajratilgan nam rutinga kontsentratsiyasi 90 dan past bo‘lmagan etil spirti qo‘shiladi. Bunda rutin unga qo‘shilib chiqqan boshqa flavonoidlar tozalanadi (kvertsetin, kempferol va boshqalar) xosil bo‘lgan spirtli aralashmani bir soatgacha qo‘yib so‘ngra sentrifugalanadi. Bunda spirtli eritma bo‘lgan rutin aloxida ajratiladi. Spirtli eritmani xaydash uchun qurilmaga yuboriladi. Rutin esa quritgichda 80-85O C da quritiladi. Tamom bo‘lgandan keyin, xom-ashyodan rutinni tarkibini spektrometrik taxlil qilinadi. Rutinning kimyoviy tuzilishi. 1927 yilda rutin A.Perkin tomonidan aniqlangan. Rutinning vitamin R tasirga ega ekanligi 1942 yilda aniqlangan. 1962 yilda rus olimi N.A. Preobrajenskiy o‘z ishchilari bilan birgalikda rutinni sintez yo‘li bilan olish usulini ishlab chiqishdi. Rutin kimyoviy tuzilishi jixatdan flavanol glikozidlar qatoriga kirib, uning tarkibi kvertsetin-aglikoni va D-glyukoza bilan va l-ramnozadan tashkil topgan disaxarid rutinozadan iborat. Rutin sof xolda sarg‘ish – yashil, mayda kristall kukun bo‘lib, spirtda qiyin eriydi, suyultirilgan ishqorlarda eriydi, suv efir, xloroform va benzolda erimaydi. U 183-1940 C xaroratda suyuqlanadi. Rutinning chinligini aniqlashda qizil rangli sianin xlorid xosil qilish reaktsiyasidan foydalaniladi. Bunda preparatning spirtdagi eritmasiga kontsentrlangan xlorid kislota ishtirokida rux yoki magniy qirindisi ta‘sir ettirilsa, qizil rang paydo bo‘ladi. Bu rutinning chinligini aniqlashda asosiy reaktsiya sifatida Davlat farmakopeyasiga kiritilgan bo‘lib, uni sianidin reaktsiyasi nomi bilan yuritiladi. Reaktsiyadan ko‘rinib turibdiki, sianidin – moddasining xosil bo‘lishi flavonoidlardagi karbonil guruxi va 2,3 xolatdagi qo‘shbog‘li uglerodlarning vodorod ta‘sirida gidrirlanishi va so‘ngra esa degidridlanishi xisobigadir. Keyinchalik aralashmaga neytral muxitgacha natriy gidroksid eritmasi qo‘shilganda ranglanish kuchayib boradi. Bu sianin moddasining avval psevdoizomer, so‘ngra esa oksixinon shakliga o‘tib ketishi natijasidadir, deb tushunish mumkin. Rutinning chinligini aniqlashdagi sianin xosil qilish reaktsiyasi barcha flavonoidlarga xosdir. Ammo ularning kimyoviy tuzilishiga qarab rang xam xar xil (oltinsimon sariq rangdan, to‘q qizil ranggacha) bo‘ladi. Rutinning 1 moll natriy gidroksiddagi eritmasi to‘q sariq rangga bo‘yaladi. Rang eritmaning turishi natijasida yana xam to‘qlashadi. Bu rutindagi geterotsiklik xalqaning ―ochilib‖ xalqon – moddasiga o‘tishi natijasidadir. Ishqor ta‘sirida eritmada rangning to‘qlashib ketishi bu barcha polifenol xildagi flavonoidlarga xosdir. Rutinni xlorid kislota bilan qizdirilganda, u gidrolizlanib kvertsetin, glyukoza va ramnozalarga parchalanadi: Xosil bo‘lgan glyukoza va ramnozani aldegidlarga xos reaktsiyalar yordamida aniqlash mumkin. Masalan, ularni kumush ko‘zgu xosil qilish yoki feling suyuqligidan qizil rangli cho‘kma xolida mis-1-oksid ajratib chiqarishi reaktsiyasidan foydalaniladi. Rutinning spirtdagi eritmasiga qo‘rg‘oshin atsetat qo‘shilsa, sariq ninasimon cho‘kma shaklida kompleks tuz xosil bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan reaktsiyalardan tashqari, flavonoidlarni, jumladan rutinning chinligini aniqlashda yana bir qator boshqa reaktsiyalar adabiyotda uchraydi. Rutinning miqdori Davlat farmakopeyasi bo‘yicha spektrofotometrik usul yordamida aniqlanadi. Uni spirtdagi 0,00125% eritmasining optik zichligi 375 va 362,5 nm to‘lqin uzunligida o‘lchab aniqlanadi. Rutinning miqdorini tortma usulda xam aniqlash mumkin. Buning uchun preparatning ma‘lum miqdorini xlorid kislota ishtirokida qaynatib gidrolizlanadi. Bunda cho‘kma xamda ajralib chiqqan kvertsetinni yig‘ib olib yuviladi va quritib tortiladi. Shuningdek, rutinning miqdorini ishqor ta‘sirida uning sariq rangi to‘qlashib ketishidan foydalanib, fotokolorimetrik usul bo‘yicha aniqlanadi. Download 23.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling