Flavanoid saqlagan Rutin, flamin, kvеrtsеtin preparatlarini taxlili


Download 23.69 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi23.69 Kb.
#1063416
1   2   3   4   5
Bog'liq
Flavanoid saqlagan Rutin, flamin, kvеrtsеtin preparatlarini taxlili

O’simliklar tarkibidagi flavonoidlarning miqdorini aniqlash. O‘simliklar tarkibidagi flavonoidlar miqdorini
aniqlash usullari ko‘p va turlichadir. XI DF sida keltirilgan maxsulot tarkibidagi flavonoidlarning miqdorini aniqlash
yo‘llari asosan spektrofotometrik usullardir.
1 g (aniq tortib olingan) quritilgan va maydalangan maxsulotni 100 ml xajmli va vertikal xoldagi sovutgich bilan
birlashtirilgan kolbaga solinadi va unga 30 ml xloroformli ajratmani filtrlab olinadi. Maxsulotga qaytadan 30 ml
xloroform quyib, yana oldingi usulda 2 marta ekstraktsiya qilinadi. Xloroformli ajratmaga mum, xlorofill va shunga
o‘xshash keraksiz – ballast moddalar ajralib chiqqani uchun bu ekstrakt tashlab yuboriladi. Kolbadagi maxsulot toki
xloroformdan tozalanguncha 50-600 C da qizdirib quritiladi. Keyinchalik maxsulotdan flavonoidlarni ajratib olish
uchun kolbaga 30 ml metil spirti (metanol) quyiladi, kolba vertikal sovutgich bilan ulanadi va aralashma suv
xammomida 30 daqiqa qaynatiladi. Ko‘rsatilgan vaqt o‘tgach, kolba sovutiladi, flavonoidlar ajratmasi (ekstrakti) 50 ml
li o‘lchov kolbasiga quyiladi va suyuqlik xajmi o‘lchov kolbasiga belgisiga etguncha metanol bilan to‘ldiriladi. O‘lchov
kolbasidagi suyuqlik aralashtiriladi va uni filtrlab, flavonoidlar miqdorini aniqlash uchun kerak bo‘lgan ekstrakt (A
ekstrakt) olinadi. Flavonoidlarning ekstraktdagi miqdori fotokalorimetrik usul bilan aniqlanadi. Bu usul
flavonoidlarning novokain (yoki sulfonil kislota) ning diazobirikmasi bilan rangli reaktsiya berishiga asoslangan.
Buning uchun 10 ml xajmdagi o‘lchov kolbasiga 10% li sulfat kislotada eritilgan novokainning 0,5% li eritmasidan 1
ml va 0,2% li natriy (ishqorning 10%li eritmasi) nitrit eritmasidan 1,5 ml solib aralashtiriladi. Aralashmaga 2 ml A
ekstraktdan 1 ml qo‘shib, suyuqlik xajmini o‘lchov kolbasining belgisiga qadar metanol bilan to‘ldiriladi. So‘ngra
kolbadagi suyuqlik aralashtiriladi va rangining intensivligini 1 sm qalinlikdagi kyuvetda ko‘k yorug‘lik filtrida
fotoelektrokolorimetr yordamida o‘lchanadi. A ekstraktidagi flavonoidlar kontsentratsiyasi standart eritma (rutin,
kvertsetin yoki boshqa sof xoldagi flavonoidlar eritmasi) bo‘yicha tuzilgan grafik yordamida topiladi.
Maxsulot tarkibidagi flavonoidlarning % miqdori (X) quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
X=(a 10 50 100 100)/(2 s(100-b))
Bunda, a – 1 ml A ekstraktidagi flavonoidlar kontsentratsiyasi; b – maxsulot namligi (% xisobida); s – taxlilga olingan
maxsulotning gramm miqdori. Flavonoidlar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, yuqori o‘simliklarning qariyb xammasida
uchraydi. Ayniqsa, dukkakdoshlar (Fabaceae), astradoshlar – Asteraceae (murakkabguldoshlar – Compositae),
selderdoshlar – Apiaceae (soyabonguldoshlar – Umbelliferac), ayiqtovondoshlar (Ranuncubaceac), torondoshlar
(Polygonaceae), ranoguldoshlar (Rosaccae), yasnotkadoshlar – Lamiaceae (labguldoshlar – Labiatae) va boshqa
oilalarning vakillari flavonoidlarga boy bo‘ladi. Xayvonlar flavonoidlarni sintez qilmaydi. Bu gurux birikmalar
o‘simliklarning xamma organlarining xujayra shirasida erigan xolda bo‘lib, ayrim xollarda (masalan, er osti organlari
va poyada) oz miqdorda, o‘simliklarning gullari va bargida ko‘p toki 44% gacha (yapon saforasining gulida) to‘planadi.
Flavonoidlar asosan o‘simliklar gullagan davrda maksimal miqdorda to‘planadi, keyinchalik esa miqdori kamayib
boradi. Janubiy tumanlarda xamda ochiq, quyosh nuri ko‘p tushadigan erda o‘sadigan o‘simliklar odatda boshqa erda
o‘sadigan turiga nisbatan flavonoidlarni ko‘proq sintez qiladi. Tabiatda flavonol unumlari ko‘proq (flavonoidlarning
40% ini tashkil etadi), flavonlar, xalqonlar va auronlar kamroq uchraydi.
Farmakologik ta‘siri bo‘yicha flavonoidlar asosan vitamin R ta‘siriga ega bo‘lib, qon tomirlarining o‘tkazuvchanligi va mo‘rtligini kamaytiradi. Ba‘zi o‘simliklarning flavonoidlari yig‘indisi o‘t va siydik xaydovchi xossaga xam egadir. Sof xoldagi flavonoidlar va ular yig‘indisining preparatlari xamda tarkibida flavonoidlar bo‘lgan
o‘simlik va maxsulotlardan tayyorlangan dorivor preparatlar vitamin R etishmasligidan xamda qon tomirlarining
o‘tkazuvchanligi buzilishidan kelib chiqadigan va boshqa kasalliklarni davolash uchun xamda qon bosimini
pasaytiruvchi, tinchlantiruvchi, yurak (kardiotonik) va ba‘zi saraton kasalliklarini davolovchi, o‘t va siydik xaydovchi
vosita sifatida qo‘llaniladi.

Download 23.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling