To'yingan va to'yinmagan uglevodorodlarni o'qitish metodikasi
Download 33.5 Kb.
|
To\'yingan va to\'yinmagan uglevodorodlarni o\'qitish metodikasi
To'yingan va to'yinmagan uglevodorodlarni o'qitish metodikasi Bu reaksiya birlamchi galoid alkillar bilan o’tkazilganda yaxshi natija beradi. Ikkilamchi, uchlamchi galoid alkillardan foydalanilganda esa qo’shimcha mahsulotlar hosil bo’lishi hisobiga kerakli uglevodorodning hosil bo’lish miqdori kamayib ketadi. Natriy metali o’rniga litiy, rux, magniy kabi metallardan ham foydalanish mumkin. Bulardan tashqari to’yingan uglevodorodlarni metall karbidlariga suv ta’sir ettirib, karbon kislotlar va ularning tuzlarini elektroliz qilib, metall oragnik birikmalardan ham olish mumkin. To’yingan uglevodorodlar neftni qayta ishlash vaqtida ko’p miqdorda hosil bo’lganligi va tabiatda tayyor holda mavjud bo’lganligi sababli yuqoridagi usullar bilan deyyarli olinmaydi. ...O‘zbekiston noyob yonilg‘i-energetika resurslariga ega... ...Mutaxassislar baholashicha, O‘zbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika hududining qariyb 60 foizida ularni istiqbolda qazib olish mumkin. Neft va gaz mavjud bo‘lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Хiva, Janubiy-G‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSh dollaridan ziyod baholanmoqda. Qidirib topilgan zahiralar respublika ehtiyojini tabiiy gaz bo‘yicha 35 yildan ko‘proq, neft bo‘yicha-30 yilgacha qoplaydi. Neftning 90 foizdan ortiqrog‘i eng arzon favvora usulida olinmoqda. 1992 yil Namangan viloyatida istiqbolli Mingbuloq neft koni ochildi. Uni sanoat usulida ishlatish O‘zbekistonning neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la ta’minlash imkonini beradi.... ...Respublika gaz qazib chiqarish sanoatini hamda tabiiy gazni va gaz kondensatini qayta ishlash bilan bog‘liq ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga katta umid bog‘lanmoqda. Eng yirik gaz konlari Janubiy-G‘arbiy Hisor va Buxoro-Хiva neft va gazli mintaqalarida joylashgan bo‘lib, bular Sho‘rtan va Muborak guruhlariga kiruvchi konlardir. Qazib olinayotgan gazlar tarkibida etan, propan, butan va boshqa komponentlar mavjud bo‘lib, ular polimer materiallar-polietilen, polivinilxlorid va boshqa moddalarni olish uchun yaroqlidir. Bundan tashqari, sho‘rtan gazkimyo kompleksidan olinayotgan propandan nitril-akril kislota olib, undan nitron tolasi ishlab chiqarish mumkin... ...Keyingi yillarda O‘zbekistnda neft va gaz tarmog‘i ildam rivojlandi. Respublika hududida ikkita neftni qayta ishlaydigan (Farg‘ona va Oltiariq) hamda ikkita gazni qayta ishlaydigan (Sho‘rtan va Muborak) zavodlari ishlab turibdi. Ular xilma-xil neft va gaz mahsulotlari ishlab chiqarmoqda. Mustaqillik yillarida respublikada yangi mahsulot turlari-benzin, aviakerosin, aviabenzin, neft moylarining xilma-xil turlarini, suyultirilgan gaz va boshqalarni olish o‘zlashtirildi....». Download 33.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling