Flesh-xotira o‘zi nima? Flesh-xotira modullarining hozirgi holati Flesh-xotiraga axborotni yozish jarayoni
Flesh-xotiralarning ko‘rsatkichlari
Download 39.66 Kb.
|
1. mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fayl tizimlari
Flesh-xotiralarning ko‘rsatkichlari
Ba’zi bir yaratilgan flesh-xotira qurilmalarida axborotni qayta ishlash tezligi 100 Mb/s gacha yetkazilgan. Odatda flesh-kartalar ko‘p turdagi tezliklarga ega bo‘ladi va standart CD (150 Kb/s) bilan belgilanadi. Shunday qilib, 100 x deb ko‘rsatilgan tezlik 100 x 150 Kb/s = 15 000 Kb/s = 14.65 Mb/s ni bildiradi. 2005 yili Toshiba va SanDisk kompaniyalari 1 Gb axborot sig‘dirish hajmiga ega bo‘lgan NAND chiplarining taqdimotini o‘tkazishgan. Ularda ko‘p pog‘onali yacheyka texnologiyasi asosida ishlangan bo‘lib, bir tranzistor bir necha bit axborotni “suzuvchan” qulfdagi elektr zaryadlarining turli darajalarini qo‘llagan holda saqlashi mumkin edi. Samsung kompaniyasi 2006 yil sentabr oyida 40 nm texnologik jarayon asosida bajarilgan 8 Gb chip taqdimotini o‘tkazgan. 2007 yilning so‘nggi pallalarida Samsung kompaniyasi dunyoda ilk marotaba flesh xotira modullarining NAND turiga mansub bo‘lgan MLC (multi-level cell) chipini yaratilganligi to‘g‘risida axborot bergan. Bunday chip 30-nm texnologik jarayonda bajarilgan edi. Xotira qurilmalarda xotira hajmini oshirish uchun ko‘pincha bir necha chiplardan iborat massivlar qo‘llaniladi. 2007 yil o‘rtalariga kelib USB flesh xotira qurilmalar va flesh xotira kartalarining axborot sig‘dirish hajmi 512 Mb dan 16 Gb gacha o‘sib keldi. Fayl tizimlari Flesh-xotiraning asosiy zaif joyi- qayta yozish davriyligining kamligidir. Vaziyat OS ma’lumotlarni ko‘pincha bir xotira maydoniga yozib borishi natijasida yanada og‘irlashadi. Masalan, fayl tizimi jadvali juda tez yangilanib turadi, shuning uchun xotiraning oldingi sektorlari o‘z zahirasini ancha erta tugatadi. Yuklamani taqsimlash esa xotirani ishlash muddatini sezilarli darajada oshiradi. Bu muammoni hal qilish uchun maxsus fayl tizimlari: exFAT Microsoft Windows operasion tizimlari uchun va JFFS2 va YAFFS GNU/Linux operasion tizimlari uchun ishlab chiqilgan. USB flesh xotira modullari va xotira kartalari SecureDigital va CompactFlash o‘rnatilgan kontrollerga ega bo‘lib, u xatoliklarni topish va tuzatishni amalga oshiradi. Flesh-xotira modullari axborotni qayta yozish zahirasidan bir maromda foydalanishga harakat qiladi. Bunday qurilmalarda maxsus fayl tizimini qo‘llash maqsadga muvofiq emasligi bois oddiy FAT fayl tizimidan foydalaniladi.
Download 39.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling