FlexRay, transport vositalari bort axborot tizimlarida turli tarmoq aloqalari, transport vositalarida internet
Download 1.12 Mb.
|
1 2
Bog'liq6-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simvollar oynasi
Dinamik segment. Dinamik segment – ma’lumotlarni qandaydir hodisa bilan bog‘lab uzatishda foydalaniladi. Bu vaqt segmentida FlexRay konseptual CAN shinaga o‘xshash – istalgan tarmoq uzatishi mumkin lekin shinada o‘rnatilgan vaqt uyalari jadvali asosida. (FTDMA – kanallarning vaqt bo‘yicha bo‘linib egiluvchan ko‘paytirilgan kirish).
Simvollar oynasi. Simvollar oynasi FlexRay xizmat ma’lumotlarini uzatish uchun xizmat qiladi, masalan shinani uyg‘otish uchun. Transport vositalarida internet Zamonaviy avtomobil axborot va ko‘ngil ochishga javob beruvchi interfeysi ommaviy tarmoq ma’lumotlariga tayanadi. Masalan, haydovchi va passajirlar internet-radio eshitishlari yoki internet – televidenie ko‘rishlari mumkin. Yanada elektron pochtadan foydalanishlari va ijtimoiy tarmoqqa ulanishlari mumkin. Navigatsiya ko‘proq internetga bog‘liq bo‘lib bormoqda. U nafaqat tarmoqdan davriy yangilanishlarni yuklab boradi, balki foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha xizmatlar taqdim etadi. Google ilovasi joyning panoramali suratlari bilan tanishish imkonini beradi yoki ob’ektning sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirini taqdim etishi mumkin. Internet orqali avtomobil bilan muloqot qilish hatto uni boshqarish mumkin. Masalan, zamonaviy avtomobillarda “Connect me” (menga ulan) servis funksiyalari to‘plami taklif etilmoqda. Uy kompyuterida Internet-sayt yoki planshetdagi ilova yoki smartfondagi “Connect me” orqali avtomobil tizimlarining sozligi, navigatsiyani rostlash, salonni isitish yoki sovitish mumkin. Jiddiy buzilish yoki avariya vaziyatida avtomobil Internet orqali qutqarish xizmati bilan bog‘lanadi. “Audi” firmasi tomonidan parkovka uchun simsiz aloqa orqali to‘lovni amalga oshirish loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. Old oynaga radiouzatkich o‘rnatiladi, qaysiki u terminallarga kirish va chiqish vaqtida signal uzatadi – shundan so‘ng avtomatika avtomobil turargohda qancha vaqt bo‘lganini aniqlab beradi. Avtomobil egasi Internet orqali ro‘yxatdan o‘tadi va uning shahsiy sahifasiga kelayotgan hisoblarni har oyda to‘lab boradi. Parkovka uchun bunday to‘lov ommaviy tizimni yaratishga poydevor bo‘ladi. Uning yordamida avtomobillar o‘zaro (V2V) va infrastruktura bilan (V2I) aloqa qilishi mumkin. Bu qo‘shimcha funksiyalardan ko‘pchiligi navigatsiyaga to‘g‘ri keladi. Ular oldindan xabar berish funksiyasi spektorini kengaytiradi, haydovchini marshrutda nafaqat tirbandliklar va yo‘l-transport hodislari haqida balki sirpanchiq yo‘l yoki kanalizatsiya ochiq qolgan lyuki kabi noxushliklar haqida ogohlantiradi. Bo‘sh parkovka topishga, yonilg‘i quyish shohobchasini aniqlashga yordam beradi va haydovchi svetofor “yashil to‘lqiniga” tushishi uchun uchastkadagi optimal tezlikni hisoblaydi. Avtomobil internetga kirishi uchun simsiz aloqa moduli zarur. U “blyutus” orqali tashqi antennadan signal qabul qiladi va uni bort tizimi kontrolleriga uzatadi. Modulda mobil aloqani amalga oshiruvchi oprerator sim-kartasi uchun uya mavjud. Nazorat savollari CAN shina nima? CAN shinaning qanday turlari mavjud? Nima uchun CAN shina 2 ta simdan iborat? CAN_H va CAN_L o‘zaro farqi nimada? CAN shina qanday rejimlarda ishlaydi? CAN shina turli ma’lumotlarni qanday uzatadi? CAN-V va CAN-S larga izoh bering. FlexRay nima? Time Division Multiple Access – vaqt bo‘yicha turli manbalardan ma’lumotlarni uzatishga izoh bering. Transport vositasida internet qanday ta’minlanadi? Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling