Flora va taksonomiya fanining rivojlanishida olimlarning hisasi
O’simliklar dunyosining klassifikatsiyasi
Download 423.51 Kb. Pdf ko'rish
|
FLORA VA TAKSONOMIYA FANINING RIVOJLANISHI
O’simliklar dunyosining klassifikatsiyasi. Aristotel davridan boshlab tabiatshunoslar organik dunyoni o‘simliklar va hayvonot olamiga bo‘lib kelganlar. Bu an‘ana hozirgi kunga qadar ham biologiyaga taalluqli o‘quv qo‘llanmalarida saqlanib kelmoqda. Shu bilan birga organik dunyoning bunday bo‘linishini uziga xos kamchiliklari borligi ayniqsa keyingi yillar ichida keskin sezilmoqda. Filogenetik jihatdan bir-biri bilan qarindosh bo‘lgan bakteriya va ko‘k - yashil suv o‘tlar organik dunyoning boshqa tirik qismlardan haqiqiy yadro bo‘lmasligi, DNKning nukleoplazmaga botgan holda bo‘lib hujayrada erkin holda joylashganligi va sitoplazmadan membrana orqali ajralmaganligi bilan farq qiladi. Ularda mitoxondriy va murakkab tuzilgan xivchin ham yo‘q, u oddiy tuzilgan va boshqa tirik organizmlarning xivchinlaridan farq qiladi. Ularning hujayra devori boshqa bir tirik organizmda uchramaydigan murein deb ataluvchi geteropolemer moddadan tashkil topgan. Bular proqariotlar (Procariota) - yadrosiz organizmlar deb ataladi. Qolgan bir hujayrali va ko‘p hujayrali organizmlar xaqiqiy yadro- membranasi bilan uralgan va shu tufayli sitoplazmadan ajralib turuvchi yadroga ega bo‘lib eukariotlar (Tbcarita) - yadrolilar deb yuritiladi. Ularda aniq differensiallashgan yadrodan tashqari mitoxondriy va ko‘pchiligida plastidlar hamda murakkab tuzilgan xivchinlar mavjud. Fan taraqqiyoti jarayonida proqariotlar va eukariotlar orasidagi farq yuksak o‘simlik va yuksak o‘simlik va yuksak hayvon o‘rtasidagi farqga nisbatan ancha chukur ekanligi borgan sari aniq bo‘lmoqda. Shunday qilib, proqariotlar turli organizmlar sistemasida uziga xos mukammallashgan gruppadan iborat. Hozirgi vaqtda o‘simliklar olamini yuqoridagidek proqariotlar va eukariotlarga bulish xech kimda gumon hosil qilmaydi. Download 423.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling