Floristik faunistik va biotik regionlarni ajratish prinsiplari va ularning tartibi


Zelandiya, Gavaya va Madagaskar podoblastlariga bo’linadi


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana04.11.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1746808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
FLORISTIK FAUNISTIK VA BIOTIK REGIONLARNI AJRATISH PRINSIPLARI VA ULARNING TARTIBI

Zelandiya, Gavaya va Madagaskar podoblastlariga bo’linadi.


Hindo-Afrika podoblasti.
Bu podoblast Afrikada Sahroi Kabirni janubi chegarasidan to Aranjevaya 
daryosigacha bo’lgan territoriyani, Arabiston yarim orolini janubiy qismini va 
Hindiston yarim orolini o’z ichiga oladi. Uning shimoliy chegarasi Himolay 
tog’lari orqali o’tadi.
Bo’r va uchlamchi davrlardan boshlab Kongoda va Gveniyada turlarga boy tropik 
flora vujudga keladi. Ular 13000 turdan ortiq bo’lib, asosan tutdoshlar, 
dukakdoshlar, palmadoshlar, anonadoshlar, sterkulyardoshlar va 
pandanusdoshlar oilasidan iboratdir.
Uchlamchi davrda Sharqiy Afrika va Arabiston territoriyasida iqlim qurg’oqlana 
borib, doim yashil gileya o’rmonlarini bargini to’kuvchi o’rmonlar bilan 
almashinishiga olib kelgan. Keyinchalik esa o’rmonlar siyraklasha borib 
savanna o’rmonlari bilan va savannalar bilan almashingan. Hindiston 
territoriyasida ham xuddi shu vaqtda shunday o’zgarishlar sodir bo’lib, 
uchlamchi davr nam tropik flora bareal flora bilan almashinib boradi. Bu hodisa 
tog’larda ninabargli tog’ o’rmonlari va alp o’tloqlarining tarkib topishga olib 
kelgan.
Hindo-
Afrika podoblasti uchun xarakterli bo’lgan hozirgi o’simliklar rafi palmasi, 
moyli palma, liviya, kofe daraxti, banan, bambuk, chalov, papirus, qamish, 
baobab, akasiya, sutlama, kaktus va boshqa o’simliklardan iborat.


Malaziya podoblasti.
Bu podoblast Hindixitoy Yarim orolini, Malaya arxipelogini va Okeaniya orollarini 
(Gavaya va Yangi Zelandiya orollaridan tashqari) o’z ichiga oladi. Podoblastni 
iqlim sharoiti va o’simliklari uchlamchi davrdan buyon deyarli o’zgarmagan. 
Issiq va namgarchil iqlim (yog’in 2500-10000 mm) nam tropik florani 
rivojlanishiga imkon bergan. Maleziya florasi 45000 turga ega. Ular o’rtasida 
do’kkakdoshlar, sutlamadoshlar, tutdoshlar, palmadoshlar va 
dipterokarpodoshlar oilalarini vakillari keng tarqalgan (ular baland daraxt, 
lianalar, epifitlardirlar).
Podoblastning eng xarakterli o’simliklari sezalpiniya, altingiya, fikus, sagovnik
qalapirmunchoq daraxti, dorchin daraxti va 300 turdagi palmadan iborat. 
Ulardan tashqari oxrisgul va paporotniklarni ko’p turlari epifit holda uchraydi. 
Rafleziya va nepentes kabi hasharotxo’r o’simliklar ham uchraydi.
Maleziya podoblasti sholi, banan, shakarqamish, non daraxti, taro, yams, choy 
o’simligi va turli xil kauchukli va bo’yoqbop o’simliklarni markazi (vatani) 
hisoblanadi.




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling