Flotatsion jarayonlarga ta'sir etuvchi omillar


Aminlar va ularning tuzlari


Download 0.65 Mb.
bet3/11
Sana11.05.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1452926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Flotatsion jarayonlarga ta\'sir etuvchi omillar

Aminlar va ularning tuzlari

Aminlar-silikatli minerallarning flotatsiyasida ishlatiladi. Birlamchi (RNH2), ikkilamchi (R2NH) va o‘lchamli (R3N) aminlar mavjud. Bu turdagi


to‘plovchilarning ko‘p ishlatiladigani S12N25NH2 - lauril amin va uning xlorli tuzi S12N25NH4 Sl - xlorli lauril ammoniy.
To‘plovchilar anionli va kationli to‘plovchilarga bo‘linadi. Agar gidrofoblovchi ion anion bo‘lsa, anionli to‘plovchi, kation bo‘lsa, kationli to‘plovchi deyiladi.
So‘ndiruvchilar

So‘ndiruvchilar mineral zarracha-suv chegarasida ta’sir qiladi. So‘ndiruvchilarni bo‘tanadan ko‘pikka o‘tishi kerak bo‘lmagan mineral zarrachalarning flotatsion qobiliyatini susaytirish maqsadida ishlatiladi. Amalda so‘ndiruvchilar sifatida ishqor, sianidlar, rux kuporosi, natriy sulfid, natriy silikati, organik kolloidlar va h.k. lar ishlatiladi.


Ishqorlarning so‘ndiruvchi ta’siri metallarning qiyin eruvchi gidrat oksidlarini hosil qilishi bilan bog‘liq. Ishqorlar temir va nikel sulfidlarini flotatsiyalanish qobiliyatini so‘ndiradi.
Sianidlarning - so‘ndiruvchi ta’siri uning to‘plovchini eritishidadir. Sianidlar rux, temir va nikel sulfidlarining flotatsiyalanish qobiliyatini so‘ndiradi. Flotatsiya amaliyotida NaSN, KSN, Sa(SN)2 va biroz miqdorda ishqor saqlovchi texnik mahsulot-sianqotishma ishlatiladi. Sianidlar suvda yaxshi eriydi. Ular suvli eritmalarda kuchli zahar hisoblangan vodorod sianid ajratib gidrolizlanadi.
NaSN + OH- = NaOH + HSN
SHuning uchun sianidlar gidrolizga uchramasligi uchun ishqoriy muhitda qo‘llaniladi.
Rux kuporosi (rux sulfati) ZnSO4∙7H2O sfalerit (ZnS) ni so‘ndirishda ishlatiladi. Rux kuporosi neytral va ishqoriy muhitda Zn(ON)2 cho‘kmani, soda ishtirokida ZnSO3 cho‘kmasini hosil qiladi, va bu cho‘kmalar sfalerit yuzasiga yopishib uning flotatsiya qobiliyatini so‘ndiradi.
Natriy sulfidi Na2S - molibdenit (MoS2)dan tashqari hamma sulfidlarni so‘ndiradi, suvda natriy sulfidi kuchli asos va kuchsiz kislotaning tuzi sifatida gidrolizga uchraydi va kuchli ishqoriy muhitni hosil qiladi.
Natriy sulfidi ko‘proq qo‘shilganda bo‘tanada erkin holdagi sulfid S- va gidrosulfid HS- ionlari hosil bo‘ladi va ular ksantogenat ionlarini mineral sulfidlashgan yuzasi bilan o‘zaro ta’sirini to‘xtatadi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling