Flotatsion jarayonlarga ta'sir etuvchi omillar
Download 0.65 Mb.
|
Flotatsion jarayonlarga ta\'sir etuvchi omillar
Flotatsiya mashinalari
Flotatsiya jarayoni flotatsiya mashinalari deb ataluvchi boyitish apparatlarida amalga oshiriladi. Flotatsiya mashinalarining konstruksion tuzilishi va ishlatilish sohalaridan qat’iy nazar ularning umumiy belgisi ishchi muhit sifatida mayda havo pufakchalari bilan to‘yingan bo‘tananing ishlatilishidir. Bo‘tanani aralashtirish va aeratsiyalash usuliga qarab flotatsiya mashinalari 3 turga bo‘linadi: mexanik, pnevmatik va pnevmomexanik. Mexanik flotatsiya mashinalarida bo‘tanani aralashtirish, havoni mayda pufakchalarga ajratish va atmosferadan havoni surish impeller (maxsus konstruksiyaga ega aralashtirgich) 1 yordamida amalga oshiriladi. Pnevmatik flotatsiya mashinalarida bo‘tanani havoga to‘yintirish va uni aralashtirish havo puflovchi mashina orqali beriladigan siqilgan havo yordamida amalga oshiriladi. Pnevmomexanik (jamlashgan) flotatsion mashinalarda siqilgan havo havo puflagichlardan beriladi, havoni maydalash va bo‘tanani aralashtirish aylanuvchi impeller orqali amalga oshiriladi. Mexanik flotatsiya mashinalari boyitish fabrikalarida eng ko‘p tarqalgan hisoblanadi (39-rasm). 39-rasm. Mexanik flotatsion mashinalar Mashina to‘siq orqali bir nechta to‘g‘riburchakli kameralarga bo‘lingan vannadan iborat. U har biri ikkita – so‘ruvchi va oqib o‘tuvchi kameralardan iborat seksiyalardan yig‘iladi. Har qaysi kamerada markaziy truba bo‘lib, uning ichida impelleri bor val aylanadi. Impellaer vertikal valga qattiq mahkamlangan radial parrakli rotordan iborat. Val klinoremenli uzatma orqali elektrodvigateldan harakatga keltiriladi. Markaziy trubaning quyi qismi kengaytirilgan va gorizontal holdagi (bo‘tanani sirkulyasiya qiluvchi va yunaltiruvchi parrakli) impeller usti diski o‘rnatilgan stakanga o‘tadi. Parraklar disk radiusiga nisbatan 600 li burchak ostida joylashgan. Parrakli disk mashinaning statori deyiladi. Stator impeller to‘xtaganda, uni loyqa bilan to‘lib qolishdan asraydi. Stakan uchta teshikka ega. Ulardan biriga suruvchi kameralarda suruvchi patrubok (qisqa-tarmoqlangan truba) ulangan. Oqib o‘tuvchi kameralarda bu teshik probka bilan berkitib qo‘yiladi. Qolgan ikkita teshik bir-biriga qarama-qarshi joylashgan bo‘lib, oraliq mahsulotni qaytadan flotatsiyalash uchun kameraga qaytarishga xizmat qiladi. Agar oraliq mahsulot kameraga qaytarilmasa, teshiklarning biri probka bilan yopib qo‘yiladi, ikkinchisi esa tortish kuchi bilan so‘riluvchi shiber bilan yopiladi. SHiber yordamida impellarga tushayotgan bo‘tananing sarfi boshqariladi. Suruvchi va oqib o‘tuvchi kameralar bir-biridan pastki qismida teshigi bor to‘siq bilan ajratilgan, shuning hisobiga kameralarda bo‘tana bir xil sathda ushlanadi. Mexanik flotatsiya mashinasining asosiy detali impeller hisoblanib, u havoni so‘rish va so‘rilgan havoni mayda zarrachalarga ajratishni ta’minlaydi va bo‘tanani havo bilan to‘yintiradi. Impellerni aylanish tezligi qancha katta bo‘lsa, u shuncha ko‘p havoni so‘radi. Lekin bu tezlik haddan tashqari katta bo‘lmasligi kerak, aks holda tez aralashish natijasida mineral zarrachaning havo pufakchasidan uzilishi sodir bo‘ladi. Mashina quyidagicha ishlaydi. Bo‘tanani yuklovchi cho‘ntakdan patrubka orqali impeller ustidagi bo‘shliqqa suriladi, u erdan katta tezlikda stator parraklari orasidan kameraga otib tashlanadi. Bu vaqtda impeller zonasidagi bosimda farq hosil bo‘ladi va markaziy truba va patrubok orqali atmosferadan havo so‘riladi; so‘rilgan havo juda ko‘p mayda zarrachalarga parchalanib, bo‘tanani butun hajmi bo‘yicha tarqaladi. Mineral zarrachalar bilan to‘qnashgan havo pufakchalari minerallashadi va ko‘pik holida bo‘tananing yuzasiga ko‘tariladi, ko‘pik haydovchi mexanizm yordamida tarnovchaga tushiriladi. Havo pufakchalari bilan ko‘tarilmay qolgan mineral zarrachalar,shu jumladan havo pufakchalaridan ajralib qolgan (uzilib) zarrachalar yana stator diskidagi teshikcha orqali impeller zonasiga so‘riladi. Birinchi kamerada flotatsiyalanmagan minerallar to‘siqdagi teshik orqali oqib o‘tuvchi kameraga o‘tadi va u erda flotatsiya qaytariladi. Oqib o‘tuvchi kamerada bo‘tana shiber bilan boshqariluvchi teshik orqali impellarga tushadi. Oqib o‘tuvchi kameradan bo‘tana keyingi ikki kamerali seksiyaga tushadi va jarayon qaytariladi. Flotatsiyalanmagan minerallar oxirgi kameradan chiqarib olinadi. Mexanik flotatsiya mashinalarining afzalligi ularga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning qulayligi hamda osonligi. Impeller va statordan iborat uzatgichli mexanizm bir bo‘lakda yig‘ilgan bo‘lib, uni boshqasi bilan tez va oson almashtirish mumkin yoki boshqa istalgan kameraga o‘rnatish mumkin. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling