Flotatsion jarayonlarga ta'sir etuvchi omillar


Download 0.65 Mb.
bet2/11
Sana11.05.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1452926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Flotatsion jarayonlarga ta\'sir etuvchi omillar

Flotatsiya usullari

Flotatsiyaning qo‘yidagi usullari mavjud: yog‘dagi flotatsiya, plyonkali flotatsiya, ko‘pikli flotatsiya, ko‘pikli separatsiya, flotogravitatsiya.


YOg‘dagi flotatsiya tabiiy gidrofob minerallarni saqlovchi mayin tuyulgan
ma’dan zichligi 1 dan kichik (<1) bo‘lgan ko‘p miqdordagi yog‘ bilan
aralashtiriladi. Aralashtirilayotgan vaqtda gidrofob minerallar yog‘ga yopishadi, puch tog‘ jinslarining gidrofil zarrachalari suvda qoladi. Minerallarni bir-biridan ajratish suvli muhitda tindirgichlarda amalga oshiriladi.
Bu usulning kamchiligi - yog‘ning qimmatligi va ko‘p miqdorda sarflanishi.
Plyonkali flotatsiya - mayin tuyulgan ma’dan suvning yuzasiga asta-sekin beriladi. Gidrofob minerallar suv yuzasida ushlanib qolib, plyonka hosil qiladi, gidrofil zarrachalar esa cho‘kadi.
Ko‘pikli flotatsiya - mayin tuyulgan ma’dan bo‘tana holida minerallarning ho‘llanish xususiyatini oshiruvchi maxsus flotatsion reagentlar bilan qayta ishlanadi. Keyin bo‘tana flotatsion mashinalarda aralashtiriladi va havo yoki gaz bilan to‘yintiriladi. Bunda gidrofob zarrachalar havo pufakchalari bilan to‘qnashib ko‘pikka ilashadi, gidrofil zarrachalar esa flotatsion kamerada qoladi.
Ko‘pikli separatsiya - gidrofil minerallarni ko‘pikli qatlamning o‘zida ajratish.
Flotogravitatsiya - minerallarning zichligi va ho‘llanishdagi farqga asoslanib ajratish jarayoni: konsentratsion stolda flotatsiya bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Flotatsion reagentlarning tasnifi

Flotatsion reagentlar 5 ta guruhga bo‘linadi: to‘plovchilar (ularni kollektorlar ham deyiladi), so‘ndiruvchilar, faollashtirgichlar, ko‘pik hosil qiluvchilar, muhitning regulyatorlari.




To‘plovchilar

To‘plovchilar - Q: S (Q - mineral zarracha yuzasi; S - suv) chegarasida mahkamlanib, mineral zarrachalarning ho‘llanmaslik qobiliyatini oshiruvchi moddalar.


To‘plovchilar apolyar va geteropolyar to‘plovchilarga bo‘linadi. Apolyar to‘plovchilar uglevodorodlardan iborat bo‘lib, ular suvda deyarli erimaydi, ionlarga dissotsilashmaydi, minerallarning yuzasi bilan kimyoviy ta’sirlanmaydi. Ularning adsorbsiyasi fizikaviy. Tabiiy gidrofob minerallardan oltingugurt, grafit, talk, molibdenit va h.k. larning flotatsiyasida ishlatiladi. Bunday to‘plovchilarga kerosin, neft va turli xil neft mahsulotlari kiradi.
Agar to‘plovchining molekulasida (ON, SOON, SON, NN2 , SN) kabi polyar gruppalar bo‘lsa, bunday to‘plovchilar geteropolyar to‘plovchilar deyiladi.
Sulfidli minerallarning flotatsiyasida to‘plovchi sifatida ksantogenatlar va aeroflotlardan foydalaniladi.
Ksantogenatlar ksantogen kislotaning tuzlari bo‘lib, uning umumiy formulasi:

bu erda: Me - odatda kaliy yoki natriy,
R - uglevodorod radikali-gomologik qatordagi radikallardan biri. (SN 3 -
metil, S2N5 -etil, S3N7-propil, S4N9-butil va h.k.)
Ksantogenatning nomi radikal va metalning nomidan hosil qilinadi.
Aeroflotlar - tiofosfor kislotaning xosilalari. Ular qattiq va suyuq holda bo‘ladilar. Suyuqlaridan krezil aerofloti, qattiqlaridan sodali aeroflot keng tarqalgan.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling