Fluktuasiya nazariyasi. Termodinamik parametrlarning fluktuasiyasi
Download 0.8 Mb.
|
nazariy fizika nematullayev izzatilla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turli xil o’lchov asboblarning sezgirligi
- Osmonning havo ranglilik nazariyasi
FLUKTUASIYA NAZARIYASI. TERMODINAMIK PARAMETRLARNING FLUKTUASIYASI. Fluktuatsiya
Termodinamikaning ikkinchi qonuni hamma masalani hal qiladi degan fikr uzul-kesil o'rnashib qolgan davrda fluktuatsiyaning mavjudligi nazariy bashorat qilingan edi. Fizika energetik maktabi vakillari moddiy atom va molekulalar borligini umuman rad etishgan. Klassik mexanika va statistika qonunlarining birgalikda ko'rishda ichki qarama-qarshilik mavjud bo'lishi (katta sondagi zarralardan tashkil topgan sistemada alohida olingan zarralar harakat qonunlarini o'rganib bo‘lmasiik) statistik fizikaga ko'pchilikning ishonchsizlik bilan qarashga olib kelgan. Lekin, bir qator fluktuatsiya jarayonlarining kashf qilinishi va ularni nazariyasining yaratilishi molekular nazariya mustahkam o'rnashishiga olib kelgan. Fluktuatsiya bir qator fizik hodisalarni — Broun harakatini, yorug‘likning sochilishini, osmonning havo rangda bo'lishini va hokazolarni tushuntirishga yordam berdi.
Fluktuatsiya qonunlarini o‘rganishda bir qator yangi tushunchalar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Agarda sistema holatini xarakterlovchi termodinamik kattalikni L va uning o'rtacha qiymatini Ĺ bilan belgilasak, u holda fluktuatsiyani hisoblashda quyidagi ifodalar ishlatiladi:Fluktuatsiyaning miqdoriy o'lchovi ish bo’lib, Sistemada o‘tayotgan kichik fluktatsiyalarning ehtimollik darajasi sistema ustida bajariladigan tashqi ish hisoblanar ekan. Bu ish faqat fluktuatsiyaning miqdoriy xarakteristikasi bo'lib hisoblanadi.Turli xil o’lchov asboblarning sezgirligi
Temperaturani o‘lchashda gaz termometridan foydalaniladi. Shuning uchun gaz termometrining sezgirligi gaz hajmi fluktuatsiyasi orqali aniqlanadi. Termometrdagi gaz Klapeyron—Mendeleyev tenglamasini qanoatlantiradi. U holda gaz hajmining ∆V ga o'zgarishi temperaturaning quyidagicha o‘zgarishiga olib keladi:Osmonning havo ranglilik nazariyasiYorug'lik nurining parallel dastasi atmosferadan o'tayotganda sochilishini ko‘rib chiqamiz. Atmosfera zichligi hamma nuqtada bir xil deb faraz qilsak, uning sindirish ko‘rsatkichi ham hamma nuqtada bir xil bo‘ladi va natijada yorug‘likning sochiiishi yuz bermaydi. Bu holda Yer sirtidan qopqora osmonni va ko'zni qamashtiradigan yorug' quyoshni ko'ramiz. Amalda esa biz osmonni zangori rangda ko'ramiz. Osmonning zangori bo'lib ko‘rinishiga sabab, atmosfera zichligi fluktuatsiyasi tufayli yorug'likning havoda molekular sochilishidir. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling