4-Mavzu: Molyar konsentratsiya (mol/l).
1. 1,75 l eritmada 19,6 g sulfat kislota erigan bo’lsa,
eritmaning konsentrasiyasini (mol/l) toping.
A) 0,114 B) 0,20 C) 0,60 D) 0,15
2. Hajmi 200 ml bo’lgan alyuminiy sulfat
eritmasidan 40,8 g alyuminiy oksid olingan bo’lsa,
boshlang’ich eritmadagi tuzning konsentratsiyasini
(mol/l) hisoblang.
A) 0,002 B) 0,02 C) 0,2 D) 2
3. Massasi 87,75 g bo’lgan osh tuzi 750 ml suvda
eritilganda hosil bo’lgan eritmaning
konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang. Eritma
tayyorlashda hajm o’zgarishini hisobga olmang.
A) 1,75 B) 2,0 C) 2,25 D) 2,5
4. 0,5 l suvda 2,24 l (n.sh.) vodorod xlorid
eritilganda hosil bo’lgan eritmaning
konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang.
A) 0,4 B) 0,2 C) 0,1 D) 4,0
5. 250 ml suvga 0,56 l ammiak yuttirilganda hosil
bo’lgan eritmadagi ammoniy gidroksidning
massasini va konsentratsiyasini (mol/l) toping.
A) 0,70 g; 0,2 M B) 0,87 g; 0,1 M
C) 1,05 g; 0,3 M D) 0,87 g; 0,15 M
6. Hajmi 0,75 l bo’lgan suvda 1,12 l (n.sh.) vodorod
xlorid eritildi. Eritmaning konsentratsiyasini (mol/l)
toping.
(ρ=1,015 g/ml).
A) 0,18 B) 0,20 C) 0,22 D) 0,067
7. 250 g suvda 50 g osh tuzi eritildi. Hosil bo’lgan
eritmaning (ρ=1,088 g/ml) foiz va molyar
konsentratsiyasini toping.
A) 16,7; 3,12 B) 17,6; 4,2
C) 18,6; 8,6 D) 19,6; 2,3
8. 500 ml suvda 10,1 g kaliy nitrat eritildi. Hosil
bo’lgan eritmaning (ρ=1,088 g/ml) foiz va molyar
konsentratsiyasini toping.
A) 1,98; 10,77 B) 17,6; 4,2
C) 18,6; 8,6 D) 19,6; 2,3
5-Mavzu: Molyar konsentratsiya.
(hajm va zichlik asosida).
1. 1 l 40% li etanol eritmasi (ρ=0,94 g/ml) 1 l 60%
li etanol eritmasi (ρ=0,89 g/ml) bilan
aralashtirilganda hosil bo’lgan eritmaning molyar
konsentratsiyasini toping.
A) 9,96 B) 8,96 C) 7,86 D) 9,90
2. Normal sharoitda 1 hajm suvda 4 hajm vodorod
sulfid erisa, hosil bo’lgan sulfid kislota eritmasining
molyarligini hisoblang.
A) 0,19 B) 0,10 C) 0,18 D) 0,17
3. Zichligi 1,611 g/sm
3
bo’lgan 70% li sulfat kislota
eritmasining molyar konsentratsiyasini hisoblang.
A) 5,57 B) 11,5 C) 17,45 D) 23
Do'stlaringiz bilan baham: |