Foiz konsentratsiya


Download 111 Kb.
bet1/7
Sana12.02.2023
Hajmi111 Kb.
#1191790
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Foiz konsentratsiya


Foiz konsentratsiya
28. 10 g suvda 2,24 g ammiak eritilgan. Bu eritmadagi ammiakning massa ulushi nimaga teng?
A) 15% B) 18% C) 20% D) 22,4%

29. 380 ml suvda 20 g mis sulfat erigan bo‘lsa, erigan moddaning massa ulushini hisoblang.


A) 5,26 B) 10 C) 20 D) 5

30. 15 g moddani 135 g suvda eritib olingan eritmaning konsentratsiyasi (%) qanday bo‘ladi?


A) 11,1 B) 24 C) 10 D) 19

31. 240 g suvda 60 g osh tuzi eritilishidan hosil bo‘lgan eritmaning konsentratsiyasini (%) toping.


A) 20 B) 30 C) 15 D) 25

32. 500 g suvda 100 g osh tuzi eritilishidan hosil bo‘lgan eritmaning konsentratsiyasini (%) toping.


A) 16,6 B) 17,6 C) 18,6 D) 19,5

33. 900 g suvda 100 g osh tuzi eritilishidan hosil bo‘lgan eritmaning konsentratsiyasini (%) toping.


A) 20 B) 10 C) 15 D) 25

34. 0,5 litr suvda 500 gramm kaliy nitrat eritilgan bo‘lsa, eritmaning protsent konsentratsiyasini aniqlang.


A) 50 B) 30 C) 40 D) 45

35. 22,4 l (n.sh.) vodorod xlorid 146 ml suvda eritildi. Hosil bo‘lgan eritmadagi xlorid kislotaning massa ulushini foizlarda aniqlang.


A) 14 B) 16 C) 18 D) 20

39. Besh mol suvga bir mol sulfat kislota qo‘shilishidan hosil bo‘lgan eritmadagi kislotaning massa ulushi nechaga teng?


A) 0,52 B) 0,48 C) 0,60 D) 0,55

40. 100 g suvda 0,1 mol kaliy gidroksid erigan eritmada ishqorning massa ulushi qanchaga teng?


A) 5,3 B) 4,7 C) 5,6 D) 5,0

41. 120 ml suvda 1 mol kaliy gidroksid eritildi. Hosil bo‘lgan eritmadagi kationning massa ulushini toping.


A) 0,22 B) 0,28 C) 0,56 D) 0,44

43. Bir hajm suvda 125 hajm (n.sh.) vodorod xlorid eritilgan. Hosil bo‘lgan xlorid kislota eritmasini massa ulushini (%) aniqlang.


A) 18,5 B) 10,4 C) 12,5 D) 16,9

44. Massasi 200 g bo‘lgan 30% li kaliy nitrat eritmasini tayyorlash uchun qancha miqdor (g) suv kerak bo‘ladi?


A) 150 B) 140 C) 130 D) 160

45. 300 g 2,5% li eritma tayyorlash uchun massalari qanday bo‘lgan suv va tuz olish kerak?


A) 7,5 g va 292,5 g B) 300 g va 10 g
C) 292,5 g va 7,5 g D) 275 g va 25 g

46. 500 g 6% li eritma tayyorlash uchun necha gramm tuz va suv olish kerak?


A) 10 g va 490 g B) 35 g va 465 g
C) 470 g va 30 g D) 30 g va 470 g

47. 1200 g 4% li eritma tayyorlash uchun massasi qanday bo‘lgan tuz va suv talab etiladi?


A) 4 g va 1096 g B) 48 g va 1152 g
C) 12 va 1188 D) 4 g va 1196 g

48. 750 g 25% li eritma tayyorlash uchun necha grammdan tuz va suv olish kerak?


A) 30 g va 720 g B) 62,5 g va 687,5 g
C) 75 g va 675 g D) 187,5 g va 562,5 g

49. 0,5% li eritmaning 820 g miqdoridan necha gramm tuz ajratib olish mumkin?


A) 1,2 B) 0,6 C) 8,2 D) 4,1

50. Massasi 550 g bo‘lgan 0,2% li eritmada necha gramm tuz erigan?


A) 0,2 B) 1,1 C) 0,22 D) 1,0

53. 10 g 17% li ammiak eritmasini tayyorlash uchun n.sh. da o‘lchangan necha litr ammiak gazi kerak?


A) 0,56 B) 1,12 C) 1,68 D) 2,24

54. 20% li 200 kg nitrat kislota eritmasini hosil qilish uchun qancha (kg) natriy nitrat kerak?


A) 48,6 B) 54.0 C) 57.4 D) 51.0

55. 40 g 4% li eritma hosil qilish uchun necha gramm modda va suv olish kerak?


A) 2,5 va 37,5 B) 0,4 va 39,6 C) 5 va 35 D) 1,6 va 38,4

56. 25% li 80 gramm eritmadagi moddaning massasini (g) toping.


A) 25 B) 20 C) 23 D) 19

57. Massasi 480 g 5% li natriy xlorid eritmasini tayyorlash uchun kerak bo‘lgan tuzning massasini (g) ko‘rsating.


A) 48 B) 24 C) 36 D) 20

58. Kaliy xloridning massa ulushi 0,08 bo‘lgan 400 g eritmasidagi kaliy xloridning massasini toping.


A) 28 B) 30 C) 32 D) 34

59. 15% li osh tuzi eritmasidan 300 g tayyorlash uchun olinishi zarur bo‘lgan suv va tuzning massasini aniqlang.


A) 45: 255 B) 255: 45
C) 235: 55 D) 225: 75

60. Qalqonsimon bezda yodning massa ulushi 0,12% ni tashkil etadi. 40 grammli qalqonsimon bezdagi yodning massasini (g) hisoblang.


A) 0,12 B) 0,012 C) 0,48 D) 0,048

61. Tarkibida 5 mol ammiak bo‘lgan eritma olish uchun uning 25% li eritmasidan necha gramm olish kerak?


A) 292 B) 310 C) 325 D) 340

62. 300 g eritmani bug‘latib, 45 g quruq tuz olingan. Boshlang‘ich eritmadagi tuzning massa ulushini (%) hisoblang.


A) 5 B) 15 C) 25 D) 10

63. Agar 700 g eritmani bug‘latib, 3,5 g tuz olingan bo‘lsa, boshlang‘ich eritmadagi tuzning massa ulushi qancha bo‘ladi?


A) 0,01 B) 0,2 C) 0,005 D) 0,5

64. 1,65 kg eritmani bug‘latib, 33 g quruq tuz olingan bo‘lsa, boshlang‘ich eritmadagi tuzning massa ulushi qancha bo‘ladi?


A) 0,03 B) 0,1 C) 0,15 D) 0,02

65. Massa ulushi 10,1% bo‘lgan kaliy nitrat eritmasining 200 g miqdori quruq tuz holigacha bug‘latildi va qattiq qizdirildi. Qoldiqning massasini aniqlang.


A) 17 B) 20,2 C) 10,1 D) 8,5

66. Massa ulushi 0,12 bo‘lgan eritma tayyorlash uchun 450 ml suvda necha litr (n.sh.) ammiak eritish kerak?


A) 61,4 B) 81 C) 76 D) 44,8

67. 580 g yarim kuydirilgan gips (alebastr) tarkibida qancha miqdor modda suv bor?


A) 0,50 B) 3,75 C) 1,00 D) 2,00

Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling