Foiz konsentratsiya
Download 111 Kb.
|
Foiz konsentratsiya
ARALASHTIRISH QONUNI!
151. Sulfat kislotaning 25% li 500 g eritmasini tayyorlash uchun 98% li sulfat kislota va suvdan qancha miqdorda olinishi kerakligini aniqlang. A) 125 g kislota, 375 g suv B) 130 g kislota, 370 g suv C) 133 g kislota, 367 g suv D) 127,6 g kislota, 372,4 g suv 152. 150 g 60% li sulfat kislota eritmasidan 20% li eritma tayyorlash uchun necha millilitr suv kerak? A) 100 B) 200 C) 300 D) 400 153. 1,7 kg 3% li nitrat kislota eritmasini tayyorlash uchun 15% li kislota eritmasidan necha gramm talab etiladi? A) 150 B) 170 C) 280 D) 340 154. Laboratoriyada o‘yuvchi natriyning massa ulushi 10% va 20% bo‘lgan eritmalari bor. Ishqorning massa ulushi 12% bo‘lgan 500 g eritmasini hosil qilish uchun har qaysi eritmadan qanday massada (g) kerak bo‘ladi? A) 400 va 100 B) 420 va 80 C) 350 va 150 D) 380 va 120 155. Osh tuzining 20% li eritmasidan 600 g tayyorlash uchun uning 10% li va 40% li eritmalaridan qanchadan (g) olish kerak? A) 400: 200 B) 300: 300 C) 200: 400 D) 150: 450 156. Osh tuzining 12% li eritmasidan 500 g tayyorlash uchun uning 6% li va 18% li eritmalaridan qanchadan (g) olish kerak? A) 200: 300 B) 250: 250 C) 300: 200 D) 150: 350 157. Zichligi 1,24 g/ml, konsentratsiyasi 32,6% bo‘lgan 5 l sulfat kislota eritmasini tayyorlash uchun zichligi 1,84 g/ml bo‘lgan 96% li kislotadan qancha (l) olish kerak? A) 2,02 B) 1,08 C) 1,63 D) 1,14 158. 400 g 25% li eritma tayyorlash uchun 11% li (ρ=1,10 g/ml) va 33% li (ρ=1,33 g/ml) eritmalardan necha millilitrdan olish kerak? A) 50 va 350 B) 134,7 va 188,3 C) 200 va 200 D) 132,3 va 191,4 159. Akkumulyatorlarni zaryadlash uchun sulfat kislotaning 35% li (ρ=1,26 g/ml) eritmasi kerak. Shunday konsentratsiyali eritmadan 8 litr tayyorlash uchun sulfat kislotaning konsentrlangan (96% li, ρ=1,836 g/ml) eritmasidan va suvdan necha grammdan kerak bo‘ladi? A) 3675 va 6405 B) 2917 va 5083 C) 3608 va 6472 D) 2863 va 5137 160. 16% li tuz eritmasi bilan 34% li xuddi shunday tuz eritmasi aralashtirilganda, 28% li eritma hosil bo‘ldi. Aralashtirilgan eritmalarning massalari orasidagi nisbat qanday bo‘lishi kerak? A) 3:4 B) 1:2 C) 2:5 D) 1,0:1,5 161. 500 kg 60% li NaOH eritmasini tayyorlash uchun 50% li va 30% li eritmalardan qanchadan (kg) olish kerak? A) 125, 375 B) 375, 125 C) 225, 275 D) tayyorlab bo‘lmaydi 162. 75% li va 32% li tuz eritmalaridan 40% li eritma tayyorlash uchun ularni qanday massa nisbatlarda aralashtirish kerak? A) 35:8 B) 8:35 C) 10:25 D) 25:10 163. 20% li sulfat kislota eritmasidan 150 g tayyorlash uchun uning 60% li va 10% li eritmalaridan necha grammdan olish kerak? A) 40: 110 B) 45: 105 C) 35: 115 D) 30: 120 Download 111 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling