Foiz konsentratsiya
ZICHLIK QATNASHGAN MASALALAR!
Download 111 Kb.
|
Foiz konsentratsiya
ZICHLIK QATNASHGAN MASALALAR!
118. Natriy gidroksidning 300 ml (zichligi ρ=1,333 g/sm3) 30% li eritmasiga 200 ml suv qo‘shildi. Hosil bo‘lgan eritmada natriy gidroksidning massa ulushi qanday? A) 15% B) 20% C) 12% D) 25% 119. Sulfat kislotaning 30% li 100 ml eritmasiga (zichligi 1,223 g/sm3) 200 ml suv qo‘shildi. Hosil bo‘lgan eritmadagi H2SO4 ning massa ulushini aniqlang. A) 9% B) 11,4% C) 10% D) 14% 120. 400 ml suvga 200 ml konsentrlangan (ρ=1,4 g/ml, C=63%) HNO3 aralashtirilgan bo‘lsa, nitrat kislotaning foiz konsentratsiyasi qancha bo‘ladi? A) 20 B) 28 C) 26 D) 30 121. Zichligi 1,73 g/sm3 ga teng bo‘lgan 75% li eritmadan 4 l tayyorlash uchun suvsiz sulfat kislotadan qancha gramm olish kerak bo‘ladi? A) 2412 B) 2388 C) 2262 D) 5190 122. 70 ml benzolda massasi 1,8 g bo‘lgan naftalin eritildi. Benzolning zichligi 0,88 g/sm3. Naftalinning eritmadagi massa ulushini (%) hisoblang. A) 2,84 B) 1,50 C) 0,82 D) 2,21 123. Massa ulushi 0,16 bo‘lgan sulfat kislotaning (ρ=1,1 g/ml) 200 ml eritmasiga 30 gramm suv qo‘shilgandan keyin eritmadagi sulfat kislotaning massa ulushini (%) aniqlang. A) 16,08 B) 15,58 C) 14,58 D) 14,08 124. Benzol va toluolning zichligi 200C da 0,879 va 0,867 g/ml ga teng. 0,7 l benzol va 0,8 l toluol aralashtirilgan bo‘lsa, olingan eritmadagi har bir moddaning mol ulushlarini hisoblang. A) 0,46; 0,54 B) 0,51; 0,49 C) 0,5: 0,5 D) 0,72: 0,28 125. Massa ulushi 49,5% bo‘lgan atsetonning suvli eritmasi (ρ=0,99) dagi atsetonning hajmiy ulushini aniqlang. Atsetonning 250C dagi zichligi 0,786 g/ml. A) 0,42 B) 0,56 C) 0,48 D) 0,62 126. 55,5 ml atseton bilan 44,5 ml suv aralashmasidagi atsetonning massa ulushini toping. Atsetonning 250C dagi zichligi 0,786 g/ml. Eritma hosil bo‘lishida hajm o‘zgarishini hisobga olmang. A) 0,50 B) 0,45 C) 0,55 D) 0,60 127. KOH ning 18% li 400 gr eritmasiga tarkibida 0,5 mol KOH bo‘lgan 100 ml eritma (ρ=1,022 g/ml) qo‘shildi. Oxirgi eritmadagi erigan moddaning massa ulushini (%) aniqlang. A) 25 B) 20 C) 30 D) 35 128. Hajmi 1 ml bo‘lgan 25% li eritmadagi erigan moddaning massasi 0,458 g bo‘lsa, eritmaning zichligini toping. A) 1,832 B) 2,016 C) 1,082 D) 1,563 129. Mis(II) sulfat kristallogidrati CuSO4*nH2O tarkibida 59,7% kislorod bo’lsa, suvni mol miqdorini hisoblang? A) 5 B) 4 C) 7 D) 6 130. Hajmi 2 ml bo‘lgan 37% li eritmada erigan modda miqdori 0,762 g bo‘lsa, eritmaning zichligi (g/ml) ni aniqlang. A) 1,12 B) 1,07 C) 1,03 D) 1,14 131. 10% o‘yuvchi natriy eritmasi hosil qilish uchun 600 ml suvga necha ml 40% li NaOH eritmasidan (ρ=1,43 g/ml) qo‘shish kerak? A) 130 B) 140 C) 150 D) 200 132. Hajmi 1 l bo‘lgan va zichligi 1,011 g/ml bo‘lgan 3% li ortoborat kislota H3BO3 da necha gramm bor elementi mavjud? A) 4,42 B) 4,92 C) 5,12 D) 5,38 133. 1 l 10% li ishqor eritmasini (ρ=1,15) tayyorlash uchun qancha gramm natriy olish kerak? A) 115 B) 80 C) 46 D) 66 Download 111 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling