2-ilova.
1-mashq. 1.Gaplarni kuzatib, bo‘g‘inlarga ajrating. 2.Bo‘g‘inlarning tuzilishiga ko‘ra turlarini aniqlang. 3.Ochiq va yopiq bo‘g‘inlarni aniqlang. 4.Berkitilgan va berkitilmagan bo‘g‘inlarga ajrating. 5.Aniqlangan bo‘g‘inlar ishtirokida so‘zlar hosil qiling. Quyidagi grafik asosida tahlil qiling.
Iltimos
Senga balki ayon, balki noayon
Bir hayot hadisin aylayin bayon.
Mayli, suvlar kechgin, mayli, o‘tda yon,
Hargiz iltimosga kuning qolmasin.
Hargiz iltimosga kuning qolmasin.
Ta’nadir dunyoda yomondan yomon,
Non berib rangingni etgaydir somon.
Aqling butun bo‘lsa, to‘rt muchang omon
Hargiz iltimosga kuning qolmasin
Bo‘ri emas deysan odam odamga,
Ko‘zing kattaroq och, boqqil olamga,
Birov otamga der, birov onamga,
Hargiz iltimosga kuning qolmasin.
Saxovat axliga garchi yuz burdim,
Gohi dam hayratda lol qotib turdim,
Norning it oldida cho‘kkanin ko‘rdim,
Hargiz iltimosga kuning qolmasin.
Oh, do‘stim, demagil qaydan bu tuyg‘u
She’rim, sen uchun ham bo‘lolsin ko‘zgu.
Mening bir jaydari falsafamdir bu:
Hargiz iltimosga kuning qolmasin.
Bo‘g‘in_tasnifi_So‘zlar_va_uning_bo‘g‘inga_bo‘linishi____________________'>(A.Orip.)
Tarqatma material.
Bo‘g‘in tasnifi
So‘zlar va uning bo‘g‘inga bo‘linishi____________________
Bo‘g‘in
|
Bo‘g‘in modeli
|
Unli yoki undosh bilan tugashiga
|
Ikki tomoni undosh bilan o‘ralganiga ko‘ra
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |