Fonetik hodisalar
Tovushlarning o‘rin almashinuvi (metateza)
Download 115.43 Kb.
|
Fonetik hodisalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Degeminatsiya-so‘z tarkibidagi geminatsiyaning yo‘qolishi, menning>mening, sizni>sizzi>sizi, qayer>qaer kabi.
- Адабиётлар: H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2005.
- Sh.Ranmatullayev. Hozirgi adabiy O‘zbek tili. Toshkent, 2007.
6.Tovushlarning o‘rin almashinuvi (metateza).
Bu hodisa ko‘proq jonli so‘zlashuvga, ayniqsa, shevalarga xos bo‘lib, adabiy tilda kam uchraydi, tuproq>turpoq (Toshkent shevasida), daryo>dayro (qopchoq lahjasi shevalarida), to‘g‘ramoq>to‘rg‘amoq (ayrim shevalarda) kabi. o‘rin almashinuviga uchragan tovushlar so‘z tarkibida bir-biriga yaqin yoki uzoq joylashgan bo‘lishi mumkin, shunga ko‘ra metatezaning ikki turi farqlanadi, a) kontakt metateza- yonma-yon joylashgan tovushlarning o‘rin almashuvi, tuproq>turpoq (pr>rp), ahvol>avhol (hv>vh) kabi. b) distant metateza - bir-biridan uzoqroqda joylashgan tovushlarning o‘rin almashinuvi, aylanayin>aynalayin (bunda ikkinchi bo‘g‘in boshidagi «l» bilan uchinchi bo‘g‘in boshidagi «n» tovushlari orasida «a» unlisi bor). Tarkibida metateza hodisasi yuz bergan ayrim so‘zlar hozirgi adabiy tilda me`yor darajasiga ko‘tarilgan, yog‘mir (etimologik shakli)>yomg‘ir (hozirgi adabiy tildagi shakli) kabi 7. Geminatsiya- ikkita bir xil undoshning so‘z tarkibida qavatlanishi, muddat, izzat kabi. Bunday qavatlanish ma`lum uslubiy maqsadlarda yuzaga keltirilishi ham mumkin, Masalan, maza, (bitta «z», bunda uslubiy bo‘yoq yo‘q.)- mazza (ikkita «z». So‘zning bu shaklida ma`no kuchaytirilgan). Yana qiyos qiling, yashamagur>yashshamagur, uchalasi>uchchalasi, rosa>rossa, juda>judda kabi. Geminatsiya hodisasi so‘z yasalishida ham uchraydi, achimoq (fe`l)- achchiq (sifat), isimoq (fe`l)- issiq (sifat), qotmoq (fe`l)- qattiq (sifat) kabi. Sifatlarning kuchaytiruv (intensiv) formalarida ham geminatsiya hodisasi uchraydi, oq>oppoq, sog‘>soppasog‘ kabi. Degeminatsiya-so‘z tarkibidagi geminatsiyaning yo‘qolishi, menning>mening, sizni>sizzi>sizi, qayer>qaer kabi. 8.Sinerezis-so‘z tarkibida yondosh qo‘llangan ikki unlining diftonglashuvi- bir cho‘ziq unli holiga kelishi, mutolaa>mutola, matbaa>matba, saodat>so,dat kabi. Bu hodisa ikki unli orasidagi undoshning tushib qolishi hisobiga yuz berishi ham mumkin, zahar>za,r, shahar>sha,r kabi. 9.Spirantizatsiya - ayrim portlovchi undoshlarning ikki unli orasida (intervokal pozitsiyada) sirg‘aluvchi undoshga o‘tishi, bora ber>boraver (b>v), kabob>kavob (b>v), po‘stloq>po‘stlog‘i (q>g‘), taroq> tarog‘i (q>g‘) kabi. Bu hodisada pozitsion omil (intervokal holat) bilan birga kombinator omil (unlilarning undoshga ta`siri) ham ishtirok etgan. Адабиётлар:
Download 115.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling