Fonetik oʻzgarishlar, tovush o


Download 26.14 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2022
Hajmi26.14 Kb.
#244685
  1   2   3
Bog'liq
Fonetik oʻzgarishlar


Fonetik Hodisalar

Fonetik oʻzgarishlar, tovush oʻzgarishlari, fonetik jarayonlar nutq jarayonida soʻzning fonetik tuzilishida, tarkibida sodir boʻladigan oʻzgarishlar. Nutk jarayonida, talaffuzda tovushlar boshqacha aytilishi, tushib kolishi, baʼzan esa tovush orttirilishi, bir tovushning ikkinchisi tomonidan moslashtirilishi mumkin. Bunday Fonetik oʻzgarishlar tovushlarning kombinatorpozitsion (lot. combinare qoʻshmoq, birlashtirmok va positio holat, joylashish) oʻzgarishlari deyiladi. Kombinator oʻzgarishlar yonmayon tovushlarning oʻzaro taʼsirlashuvi natijasida yuzaga keladi va ularga quyidagilar kiradi: akkomodatsiya (lot. accomodatio moslashish) yonma-yon turuvchi 2 tovush (unli va undosh tovush) artikulyatsiyasining qisman moslashishi, muvofiq kelishi. Mas, til oldi unlilari (a, e, i) til orqa undoshlari (q, g' , x)ning talaffuz etilishiga muvofiklashib, orqaga siljiydi; assimilyatsiya (k,.), dissimilyatsiya (qarang), metateza (qarang), diereza (yun. diairesis — ajralish, boʻlinish) muayyan talaffuz sharoiti tufayli soʻz tarkibidagi tovushning tushib qolishi: pastqam>pasqam kabi. Soʻz oʻzagidagi yoki unga qoʻshilgan qoʻshimchalar tarkibidagi ayrim tovushlarning maʼlum fonetik qurshov yoki pozitsiya taʼsirida talaffuz etilmasligi natijasida sodir boʻladigan fonetik oʻzgarishlarga quyidagilar kiradi: prokop a (yunoncha: rgokore) — soʻz boshida unli yoki undosh tovushning tushib kolishi: yiroq>iroq, yilon> ilon kabi; sinkopa (yun. synkope qisqartirish) soʻz oʻrtasidagi tovushning tushib kolishi: oʻgʻil > oʻgʻlim kabi; apokopa (yun. arokore tugallanmani qisqartirish) soʻz oxiridagi unli yoki undoshning yoxud qoʻshma soʻzdagi 2qismning tushib kolishi: baland > balan, doʻst > doʻs; kilogramm > kilo, metropoliten > metro kabi. Tovush yoki tarkibiiy qismning tushib krlishiga olib keladigan sabablar qatoriga fonatsion energiyani tejash, ixchamlikka erishish kabi omillar ham kiradi. Bunda quyidagi F.oʻ. kuzatiladi: eliziya (lot. elisio siqish, siqib chiqarish) unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi 2 soʻzning qoʻshilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolishi. Mac, yoza oladi > yozoladi, ayta oladi > aytoladi; sandhi (sanskritcha sandhi aloqa, bogʻlanish) analitik shakllarning ixchamlashuvi natijasida sodir boʻladigan fonetik oʻzgarishlarga ishlar edi > ishlardi; aferezis (yun. aphaeresis) oldingi soʻzning oxirgi tovushi taʼsirida keyingi soʻz boshidagi tovushning tushishi: ne uchun > nechun kabi; gaplologiya, mas, tragikokomediya > tragikomediya; sinerezis (yun. syneresis) — soʻz oʻrtasida bir joyda kelgan ikki unlining biri kucheizlanib, nutkda tushib qolishi: saodat > so: dat, maorif > mo: rif kabi va boshqa Oʻzbek tiliga chet tillardan kirib kelgan oʻzlashma soʻzlarni turkiy soʻzlarning anʼanaviy fonetik tarkibiga moslashtirilishida ham bir qator Fonetik oʻzgarishlar sodir boʻladi. Bular: proteza (qarang), epenteza [yun. epenthesis (tovush) orttirish, qoʻshish] soʻz tarkibida aslida boʻlmagan tovush, harf, boʻgʻinning paydo boʻlishi; fikr > fikir, hukm — hukum; brigadir > birgadir, traktor > tiraktir; epiteza (yun. epithesis) — soʻz oxirida muayyan fonetik yoki morfologik taʼsir ostida shu soʻzda aslida boʻlmagan tovushning ortishi: tank > tanka, kiosk > kioska kabi. Reduksiya (qarang) ham nutqda muayyan fonemaning kucheiz talaffuz etilishi yoki tushib qolishi bilan bogʻliq Fonetik o'zgarishlardan biridir.

Nutq jarayonida tovushlar turli o’zgarishlarga uchraydi (ketdi-ketti, nonvoy-novvoy). Bunga fonemalarning turli ottenkalarda (variantlarda) namoyon bo’lishi sabab bo’ladi. ular dastlab ikkiga bo’linadi:

1. Kombinator o’zgarishlar – nutq jarayonida tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida ro’y beradigan o’zgarishlardir. Bunga assimiliyasiya, dissimilyasiya, akkomodatsiya, gaplologiya, sinerezis, eliziya kabi hodisalar kiradi.

2. Pozitsion o’zgarishlar – tovushlarning talaffuziga ularning so’zda tutgan o’rni, o’rg’uning ta’siri kabilarning sabab bo’lishi hodisasidir. Bunga reduksiya, proteza, epenteza, epiteza, prokopa, sinkopa, apokopa, metateza kabi hodisalar kiradi. Bu hodisalar fonetik jarayonda yakka va aralash holda ishtirok etishi mumkin.

Turkiy tillarning barchasi, jumladan, o’zbek tili uchun ham singarmonizm hodisasi xarakterli sanaladi. Ayniqsa, o’zbek tilining tarixiy bosqichlarida singarmonizm keng tarqalgan edi. Hozirgi o’zbek adabiy tili va unga asos bo’lgan shevalarda singarmonizm zaiflashib bormoqda, lekin qipchoq va o’g’o’z lahjalariga oid shevalarda bu hodisa hali ham mustahkam o’rin egallaydi. Singarmonizm – sin – o’xshash, xarmoni ohang (lotincha) so’zlaridan olingan bo’lib, tovushlar ohangdoshligi degan ma’noni ifodalaydi. Singarmonizm deyilganda tovushlarning bir-birniga uyg’unlashuvi tushuniladi. Tovushlarning uyg’unlashuvi unli va undosh tovushlarda kuzatiladi. (unli tovushlar un) So’z o’zagidagi unli tovushlar qo’shimchalardagi unli tovushlarni o’ziga moslashtirsa unlilar uyg’unligi deyiladi. Bular 2 xil bo’ladi: 1) tanglay singarmonizm; 2) lab singarmonizmi.

a) tanglay uyg’unligida unlilar qattiq va yumshoqlik, til oldi va til orqalik jihatidan moslashadi. Masalan: ketamiz, temirchilik; umrum, uyqum. Boshidagi ikki so’zda til oldi, keyingi so’zlarda esa til orqa unlilarining moslashuvi bor.


Download 26.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling