Kontakt assimilyasiya – moslashayotgan tovushlarning ketma-ket joylashuvidir, yuqoridagi misollar.
Distant assimilyasiya – bir-biridan o’zoqda joylashgan tovushlarning moslashuvi: sichqon – chichqon, soch-choch.
Dissimilyasiya – so’z tarkibidagi bir xil yoki o’xshash tovushlardan birining noo’xshash tovushga aylanib qolishi hodisasi: birorta – bironta (ror - ron), qisqa-kista (ss - st). Bu hodisa assimilyasiyaning aksi hisoblanadi. uning assimilyasiya kabi bir necha ko’rinishlari mavjud:
Progressiv dissimilyasiya – bunda keyingi tovush o’zgaradi: zarur-zaril, nonni-nondi.
Regrissiv dissimilyasiya – bunda oldingi tovush o’zgaradi: maqtanmoq – maxtanmoq.
To’liq dissimilyasiya – bunda ikkita bir xil tovushdan biri noo’xshash tovushga aylanadi: kissa-kista, nonni-nondi.
To’liqsiz dissimilyasiya. Bunda qisman o’xshash tovushlarning artikulyasion xususiyatlaridan ayrimlarigina o’zgaradi. Masalan, uchta-ushta, maqtov-maxtov. Bu misollardagi (cht>sht, qt>xt) «ch» va «t»; «q» va «t» undoshlarining barchasi portlovchidir, ammo «t» ning ta’sirida «ch» sirg’aluvchi «sh» ga, «q» esa sirg’aluvchi «x» ga aylangan.
Kontakt dissimilyasiya – bunda yonma-yon to’rgan tovushlardan biri o’zgaradi: maqsad-maxsad, zarar.
Distant dissimilyasiya. Bunda dissimilyasiyaga uchrayotgan tovushlar bir-biridan uzoqroqda joylashgan bo’ladi: birorta-bironta.
Tovushlarning tushishi bilan bog’liq hodisalar ham nutqda ko’p uchraydi. Ularga quyidagilar kirradi:
Prokopa (ankopa) – so’z boshidagi tovushning tushib qolishi: yiring-iring, yirik-irik, YUsuf-Usuf. Prokopa asosan tarixiy jarayon maxsuli bo’lib, hozirgi o’zbek adabiy tilida uchramaydi.
Sinkopa – so’z o’rtasidagi tovushning tushib qolishi. Bu hodisa reduksiyaning davomi sifatida yuzaga keladi, ya’ni o’zak morfemaga affiks qo’shilishi natijasida, o’rg’u oxirgi bo’g’inga ko’chib, o’zakdagi unli kuchsizlanadi va tushib qoladi: burun-burnim, o’g’il-o’g’lim.
Apokopa – so’z oxiridagi tovushning yoki qo’shma so’z komponentlarining tushirib qoldirilishi: baland-balan, xursand-xursan, Toshkent-toshken, kilogramm-kilo.
Siperizis – so’z tarkibida yondosh qo’llangan ikki unlining diftonglashuvi – bir cho’ziq unli holiga kelishi: maorif – morif, saodat – so:dat, mutolaa – mutola.
Eliziya – unli tovush bilan tugagan so’zga unli bilan boshlangan so’zning qo’shilishi natijasida bir unli tovushning tushishi. Masalan, ayta oldi – aytoldi, Dili orom – Dilorom.
Nutq jarayonida tovushlarning bir-biriga ta’sir etishi natijasida tovush orttirilishi ham ro’y beradi. Tovush orttishining quyidagi turlari mavjud:
Proteza – so’z boshida tovush orttirilishi: ip-yip, ilon-yilon, rus-o’rus, stol-istol.
Epenteza – so’z o’rtasida tovush orttirilishi. Bu hodisa asosan boshqa tillardan o’zlashtirilgan so’zlar tarkibida yuz beradi. Bunda yonma-yon kelgan unlilar orasida bir undosh tovush, undoshlar o’rtasiga bir unli qo’shib aytiladi: doim-doyim, oila-oyila, hukm-hukum, faxr-faxir, radio-radiyo.
Epiteza – so’z oxirida tovush orttirilishi hodisasi: kiosk-kisoka, tank-tanka.
Do'stlaringiz bilan baham: |